Murojaatlar uchun

To`liq nomi:
“MILLIY G’OYA VA MAFKURA ILMIY-AMALIY MARKAZI”

Qisqa nomi:
“MILLIY G’OYA VA MAFKURA ILMIY-AMALIY MARKAZI”

BOG`LANISH:
Toshkent sh., Shaxrisabz k-si, 36-uy
e-mail: mgmiam@umail.uz
Telefon: 0371 – 239 15 87
faks: 0371 – 239 46 59

Ish kunlari:
dushanba – juma, 9:00 – 18:00

Markaz faoliyati masalalari bo‘yicha yagona tеlеfon raqami:

0371 – 239 15 87
ish vaqti: 9:00 – 18:00

 

2017 yil I chorak yakunlari bo’yicha yagona telefon raqamiga kelib tushgan murojaatlar monitoringi   

Kelib tushgan
murojaatlar
Muro-jaatlar
soni
Rahbariyat
muhokamasiga kiritilgan
Muro-jaatdan qoniqish bahosi Mas’ul xodimga
yo’naltirilgan
Muro-jaatdan qoniqish bahosi
Jismoniy shaxsdan

11

2

5

9

5

Yuridik shaxsdan

4

1

5

3

5

Jami:

15

3

5

12

5

2016 yil IV chorak yakunlari bo’yicha yagona telefon raqamiga kelib tushgan murojaatlar monitoringi   

Kelib tushgan
murojaatlar
Muro-jaatlar
soni
Rahbariyat
muhokamasiga kiritilgan
Muro-jaatdan qoniqish bahosi Mas’ul xodimga
yo’naltirilgan
Muro-jaatdan qoniqish bahosi
Jismoniy shaxsdan

7

3

5

4

5

Yuridik shaxsdan

5

2

5

3

5

Jami:

12

5

5

7

5

Markaz faoliyati masalalari bo‘yicha yagona tеlеfon raqami orqali murojaatlarni ko‘rib chiqish reglamenti

I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu tartib markaz telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi o‘rinlarda — «Yagona tеlеfon») orqali tushadigan murojaatlar bo‘yicha ish yuritish tartibini belgilaydi.
2. Markazga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish yagona tеlеfon tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
3. «Yagona tеlеfon» orqali kompaniya faoliyati masalalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilinadi.
4. « Yagona tеlеfon» orqali murojaatlar dushanba — juma kunlari (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.
II. « Yagona tеlеfon» orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish
5. « Yagona tеlеfon» orqali tushayotgan murojaatlar markaz ishlar boshqarmasi tomonidan qabul qilinadi.
6. « Yagona tеlеfon » orqali qo‘ng‘iroqlarga javob berishda mas’ul xodim:
familiyasini, ismini, otasining ismini, egallab turgan lavozimini aytishi;
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga «Yagona tеlеfon» markaz faoliyati masalalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolg‘on ma’lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilishi;
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga ushbu tartibning 9-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlarni ma’lum qilishni taklif etishi shart.
7. «Yagona tеlеfon» orqali tushayotgan murojaatlarni to‘plash va umumlashtirish uchun telefondagi so‘zlashuvlarni yozish funksiyasi bilan jihozlangan telefon apparatlaridan foydalaniladi.
8. Barcha murojaatlar elektron manbaga yoziladi va saqlanadi.
9. « Yagona tеlеfon » orqali murojaat qilishda fuqarolar familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, javob yuborilishi kerak bo‘lgan pochta manzilini, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamini ma’lum qilishi, shuningdek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.
10. « Yagona tеlеfon » orqali tushgan murojaatlar markaz rahbari o’rinbosari tomonidan umumlashtiriladi va ushbu tartibning 1-ilovasiga muvofiq qaydlov (nazorat) varaqasi to‘ldiriladi va devonxonaga ro‘yxatga olish uchun topshiriladi.
11. « Yagona tеlеfon » orqali murojaatini qaydlov (nazorat) varaqasi markaz rahbari yordamchisiga kelib tushgandan so‘ng elektron xujjat aylanish tizimiga kiritiladi va tegishli xodimga yo‘llanadi.
12. Ushbu Tartibning 9-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
III. « Yagona tеlеfon » orqali tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish
13. « Yagona tеlеfon » orqali tushgan murojaatlar masalasiga qarab tegishli bo‘lib va boshqarma xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.
Zarur hollarda murojaatda ko‘rsatilgan holat bo‘yicha fuqaroni jalb etgan holda joyning o‘ziga chiqib o‘rganilishi mumkin.
Murojaatni ko‘rib chiqishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, murojaatni ko‘rib chiqish muddatini uzurli sabablarsiz buzish, asoslantirilmagan, qonunga xilof qarorlar qabul qilish yohud fuqaroning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilish, shuningdek fuqarolar murojaatlari haqidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish, bunga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralarining qo‘llanilishiga olib keladi.
14. Ko‘rib chiqilishi markaz vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha « Yagona tеlеfon » orqali murojaatlar tushgan taqdirda, mas’ul xodim tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
15. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha shaxslarning xatti-harakatida jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan hollarda ish hujjatlarini markaz maxsus bo‘limiga taqdim etiladi.
16. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat siri yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir hisoblangan ma’lumotlar va agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa, boshqa axborotlar oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Fuqarolar murojaatlari markaz rahbari, uning o‘rinbosari rezolyutsiyasiga muvofiq Kompaniya ijroiya apparati mutaxassislari tomonidan joyiga bormasdan turib zarur hujjat va ma’lumotlar talab qilib olingan holda yoki bevosita joyiga chiqib ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qarori yoxud xatti-harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan murojaatlardan tashqari fuqarolarning boshqa murojaatlari markaz xodimiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
18. Markaz ijroiya apparatiga « Yagona tеlеfon » orqali fuqarolardan kelib tushgan barcha murojaatlar rahbar o’rinbosari tomonidan nazoratga olinadi.
19. Murojaatlar markazga kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirishlar talab etilmaydigan hollarda 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
murojaatni hal etish uchun maxsus tekshiruv o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar to‘plash yohud boshqa choralarni ko‘rish talab etilsa, ularni ko‘rib chiqish muddati istisno tariqasida kompaniya rahbariyati tomonidan muallif habardor qilingan holda, bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunda murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.
20. Fuqaro murojaatini ko‘rib chiqib undagi masalalar hal etilgandan so‘ng, qabul qilingan qarorlar haqida murojaat etuvchiga yozma ravishda javob xati yo‘llanadi.
Murojaatga og‘zaki javob berilgan va murojaat qilgan fuqaro o‘ziga javob xati yuborilishi shart emasligini yozma ma’lum qilgan hollarda bu haqida ro‘yxat kartochkasiga tegishli yozuv kiritiladi.
21. Murojaatni nazoratdan chiqarish maqsadida murojaatni ko‘rib chiqilishi jarayonida olingan materiallar asosida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq bergan rahbarga murojaatni ko‘rib chiqish natijasi haqida axborot beriladi.
Murojaat topshiriq bergan markaz rahbariyati tomonidan nazoratdan chiqariladi va shundan so‘ng murojaat yakunlangan hisoblanadi.
22. Murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq barcha hujjatlar rahbar yordamchisiga saqlash uchun topshiriladi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
23. Fuqarolar o‘zlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz rad etilishi ustidan o‘rnatilgan tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilishga haqlidirlar.
24. « Yagona tеlеfon » orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
25. Ushbu Tartibni buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Yagona ishonch tеlеfoni:
(0371) 239-46-59
ish vaqti:
9:00 – 18:00

2017 yil I chorak yakunlari bo’yicha yagona telefon raqamiga kelib tushgan murojaatlar monitoringi   

Kelib tushgan murojaatlar

Muro-jaatlar soni

Rahbariyat muhokamasiga kiritilgan

Muro-jaatdan qoniqish bahosi

Mas’ul xodimga yo’naltirilgan

Muro-jaatdan qoniqish bahosi

Jismoniy shaxsdan

4

2

5

2

5

Yuridik shaxsdan

2

2

5

0

5

Jami:

6

4

5

2

5

2016 yil IV chorak yakunlari bo’yicha yagona telefon raqamiga kelib tushgan murojaatlar monitoringi   

Kelib tushgan murojaatlar

Muro-jaatlar soni

Rahbariyat muhokamasiga kiritilgan

Muro-jaatdan qoniqish bahosi

Mas’ul xodimga yo’naltirilgan

Muro-jaatdan qoniqish bahosi

Jismoniy shaxsdan

7

5

5

2

5

Yuridik shaxsdan

3

1

5

2

5

Jami:

10

6

5

4

5

Markaz yagona ishonch tеlеfon raqami orqali berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish reglamenti

I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib markaz telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi o‘rinlarda — «Ishonch telefoni») orqali tushadigan fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish yuritish tartibini belgilaydi.
2. Markazga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish «Ishonch telefoni«ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
3. «Ishonch telefoni» orqali fuqarolarning ariza, taklif va shikoyat ko‘rinishidagi murojaatlari qabul qilinadi.
4. «Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlar dushanba — juma kunlari (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.
II. «Ishonch telefoni» orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish
5. «Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlar markaz rahbari yordamchisi tomonidan qabul qilinadi.
6. «Ishonch telefoni» orqali telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishda mas’ul xodim:
familiyasini, ismini, otasining ismini, egallab turgan lavozimini aytishi;
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga «Ishonch telefoni» fuqarolardan arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolg‘on ma’lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilishi;
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga ushbu Tartibning 9-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlarni ma’lum qilishni taklif etishi shart.
7. «Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlarni to‘plash va umumlashtirish uchun telefondagi so‘zlashuvlarni yozish funksiyasi bilan jihozlangan telefon apparatlaridan foydalaniladi.
8. Fuqarolarning barcha murojaatlari elektron manbaga yoziladi va saqlanadi.
9. «Ishonch telefoni» orqali murojaat qilishda fuqarolar familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, javob yuborilishi kerak bo‘lgan pochta manzilini, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamini ma’lum qilishi, shuningdek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.
10. «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlar markaz rahbari yordamchisi  tomonidan umumlashtiriladi va ushbu Tartibning 1-ilovasiga muvofiq qaydlov (nazorat) varaqasi to‘ldiriladi va devonxonaga ro‘yxatga olish uchun topshiriladi.
11. Fuqarolarning «Ishonch telefoni» orqali murojaatini qaydlov (nazorat) varaqasimarkaz rahbari yordamchisiga kelib tushgandan so‘ng elektron xujjat aylanish tizimiga kiritiladi va tegishli xodimga yo‘llanadi.
12. Ushbu Tartibning 9-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
III. «Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish
13. «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlar masalasiga qarab tegishli bo‘lib va boshqarma xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.
Zarur hollarda murojaatda ko‘rsatilgan holat bo‘yicha fuqaroni jalb etgan holda joyning o‘ziga chiqib o‘rganilishi mumkin.
Murojaatni ko‘rib chiqishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, murojaatni ko‘rib chiqish muddatini uzurli sabablarsiz buzish, asoslantirilmagan, qonunga xilof qarorlar qabul qilish yohud fuqaroning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilish, shuningdek fuqarolar murojaatlari haqidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish, bunga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralarining qo‘llanilishiga olib keladi.
14. Ko‘rib chiqilishi markaz vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha «Ishonch telefoni» orqali murojaatlar tushgan taqdirda, mas’ul xodim tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli xodimga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
15. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha shaxslarning xatti-harakatida jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan hollarda ish hujjatlarini markaz rahbari yordamchisiga  taqdim etiladi.
16. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat siri yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir hisoblangan ma’lumotlar va agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa, boshqa axborotlar oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Fuqarolar murojaatlari markaz rahbari, uning o‘rinbosari rezolyutsiyasiga muvofiq markaz mutaxassislari tomonidan joyiga bormasdan turib zarur hujjat va ma’lumotlar talab qilib olingan holda yoki bevosita joyiga chiqib ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qarori yoxud xatti-harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan murojaatlardan tashqari fuqarolarning boshqa murojaatlari kompaniya tasarrufidagi tegishli korxona va tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
18. Markaz ijroiya apparatiga «Ishonch telefoni» orqali fuqarolardan kelib tushgan barcha murojaatlar Ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinadi.
19. Murojaatlar markazga kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirishlar talab etilmaydigan hollarda 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
murojaatni hal etish uchun maxsus tekshiruv o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar to‘plash yohud boshqa choralarni ko‘rish talab etilsa, ularni ko‘rib chiqish muddati istisno tariqasida kompaniya rahbariyati tomonidan muallif habardor qilingan holda, bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunda murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.
20. Fuqaro murojaatini ko‘rib chiqib undagi masalalar hal etilgandan so‘ng, qabul qilingan qarorlar haqida murojaat etuvchiga yozma ravishda javob xati yo‘llanadi.
Murojaatga og‘zaki javob berilgan va murojaat qilgan fuqaro o‘ziga javob xati yuborilishi shart emasligini yozma ma’lum qilgan hollarda bu haqida ro‘yxat kartochkasiga tegishli yozuv kiritiladi.
21. Murojaatni nazoratdan chiqarish maqsadida murojaatni ko‘rib chiqilishi jarayonida olingan materiallar asosida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq bergan rahbarga murojaatni ko‘rib chiqish natijasi haqida axborot beriladi.
Murojaat topshiriq bergan kompaniya rahbariyati tomonidan nazoratdan chiqariladi va shundan so‘ng murojaat yakunlangan hisoblanadi.
22. Murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq barcha hujjatlar Ishlar boshqarmasiga saqlash uchun topshiriladi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
23. Fuqarolar o‘zlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz rad etilishi ustidan o‘rnatilgan tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilishga haqlidirlar.
24. «Ishonch telefoni» orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
25. Ushbu Tartibni buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

 

Ko’chirib olish uchun / pdf / 269 kb