“Elektron xukumat” tizimi doirasida o’tkaziladigan tadbirlar

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar

08.09.2016

2016 yil 7 sentyabr kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtirilgan Savolnomani to‘ldirish davomida yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi.

Amaliy seminarda markazning AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti Davlat organlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti yetakchi mutaxassisi Go‘zal Ismatullayeva qatnashchilarga qo‘yilgan vazifalar qanday yechishni amaliy tarzda tushuntirib berdi.

Amaliy seminarda quyidagi tushunchalar berildi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini  rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 355-son karoriga asosan har chorakda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini baholash NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtirilgan Savolnomalar asosida tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarga ko‘ra amlaga oshiriladi.

Mazkur tizim tashkilotlar faoliyatining oshkoraligi va ochiqligini oshirish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni samaradorlik natijalarini belgilab beradi.

Tizim AKT joriy etish sifati va bosqichini hamda tashkilotlarning asosiy faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan qamrab olinganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan.

Tashkilotlarning AKT joriy etish holatini baholash «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash metodikasi»ning Savolnomasiga kiritilgan ma’lumotlari asosida ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu savolnoma tashkilotlarda AKT joriy etish bo‘yicha belgilangan talablar asosida ishlab chiqilgan.

AKT joriy etish holatini baholash 2013 – 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reytingli baholanishi kerak bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.

AKT joriy etish holatini baholash quyidagicha amalga oshiriladi: ­

– Ekspert bahosi -tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari, axborot tizimlari hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan monitoring natijalari ekspertlar tomonidan to‘ldirilgan anketalar asosida shakllantiriladi;

-­ Taqdim etilgan ma’lumotlar bahosi – NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtirilgan Savolnomaga tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi;

– Ekspert bahosi ekspertlar guruhi tomonidan rasmiy veb-sayt tarkibiga qo‘yilgan talablarni tashkilotning Internet tarmog‘ida onlayn rejimidagi veb-saytida mavjud yoki mavjud emasligini, axborot tizimlari, ma’lumotlar bazasi va davlat axborot resurslari mavjudligi va holatini, axborot xavfsizligi holatini hamda AKT joriy etish rejalarini amalga oshirilishini aniqlash orqali shakllantiriladi;

– “Rasmiy veb- sayt va interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish” bo‘limini baholashda belgilangan turdagi ma’lumotlarni izlash usullarini oddiy foydalanuvchilar uchun qulayligi hisobga olinadi;

– Tashkilotlarning AKT joriy etish holati hisobot davri yakuniy natijalari asosida baholanadi.

Tashkilotlarda AKT joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimi  quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi:

– “Rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish” bo‘limini baholash metodikasi;

– Axborot tizimlari, axborot resurslar va elektron hujjat aylanishi bo‘limini baholash metodikasi

– Tashkiliy jihatdan baholash

«Rasmiy veb-caytning qonunchilik talablariga muvofiqligi» ko‘rsatkichi rasmiy veb-saytlar monitoringi mezonlari ro‘yxati bo‘yicha aniqlanadi.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha baholash natijalari Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi xodimlari tomonidan baholanadi.

Matbuot markazi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha еlektron hukumat tizimi bilan aloqalar

 

Markazda 2015 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kelishilgan chora-tadbirlar rejasi asosida ish olib borilmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qilish, hamda umumiy rahbarlik qilish markaz rahbari o‘rinbosari Sh.To‘rayev zimmasiga yuklatilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi 116-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga ma’lumotlar joylashtirish uchun markaz tomonidan axborotlarni taqdim etishga, kompaniya rasmiy veb-sayti uzdon.uz ni rasmiy veb-saytga qo‘yiladigan asosiy talablarga muvofiqlashtirish, kompaniya doirasida olib borilayotgan yangiliklarni muntazam joylashtirish, hamda majburiy bo‘lgan axborotlarni yoritish matbuot xizmati bosh mutaxassisi O. Bazarov zimmasiga yuklatilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan ariza va murojaatlarni nazorat qilish va ijrosini ta’minlash markaz rahbari o‘rinbosari Sh.To‘rayev zimmasiga yuklatilgan.

NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kompaniyaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risidagi axborotlarini joylashtirish, har chorakda ishonchli ma’lumotlarni kiritish matbuot xizmati bosh mutaxassisi O. Bazarov zimmasiga yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 378-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida markazning 3 ta xizmatlari bo‘yicha reglament ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish xolatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli qarorida belgilangan vazifalarni markazda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2015 yilda rasmiy veb-saytini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014 yil 27 martdagi 73-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalariga mas’ul xodimni TATU qoshidagi “Elektron hukumat” markazida malakasini oshirish 2016 yilga rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahakamasining “Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida  O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2015 yil 7 avgustdagi 232-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  markazga oid ochiq ma’lumotlar to‘plamini O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portaliga e’lon qilinishi masalalari bo‘yicha mas’ul etib matbuot xizmati bosh mutaxassisi O. Bazarov tayinlangan.

E’lon qilinishi mumkin bo‘lgan ochiq ma’lumotlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etish va ochiq ma’lumotlar ro‘yxati asosidagi tegishli ma’lumotlarni umumlashtirib O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portaliga yuborish va kompaniya veb-saytiga joylashtirish matbuot xizmati bosh mutaxassisi O. Bazarov zimmasiga yuklatilgan.

Markaz axborot kommunikatsiya tizimlarida axborotlarni muhofazalash va mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqildi. Markaz axborotlari muhofazasini ta’minlash maqsadida xodimlar majburiyati ishlab chiqildi va tanishtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-sonli, “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaroridaga asosan markaz xodimlarini  KSBT (Kompyuter Savodxonligini Baholash Tizimi) kompyuter texnologiyalari sohasidagi bilimlarning minimal darajasini aniqlashning on-layn sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimidan 2016 yil 1-choragida kompyuter texnikasidan, markaz axborot tizimlari va resurslaridan samarali foydalanishni, xodimlarni bilimlari va ko‘nikmalari darajasining ishda kompyuter texnikasidan foydalanish bo‘yicha malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida Attestatsiyadan o‘tkazish rejalashtrilgan