Maqolalar-

Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati

 18.01.2017

Olimlar, ziyolilar, mamlakat va millat kelajagi uchun chuqur qayg‘urganlarni yaqin-yaqingacha bir narsa qiynab kelardi: nega yoshlarimiz, umuman, fuqarolarimiz o‘rtasida kitobxonlik madaniyati pasayib ketdi, nima uchun yerdan ko‘kka ko‘taradigan, bizni barkamollik sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yorug‘lik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli ravishda anglatishga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot – kitobning qadri tushib ketmoqda? Ne sababdan ayrimlar kitob o‘qiganlarni zamondan orqada qolayotganlar qatoriga qo‘shib qo‘ymoqda?

Darhaqiqat, bu savollar barchamizni qiynar edi. Men shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016 yil 19 oktyabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasining VIII s’yezdidagi saylovoldi ma’ruzasida bildirilgan ayrim fikrlari xususida to‘htalmoqchi edim. Ma’ruzada bugungi kunda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tizimini keng rivojlantirmasdan turib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, barqaror taraqqiyotga erishish haqida so‘z yuritish mumkin emasligiga e’tibor berilgan.

“Ayni paytda, – deydi Shavkat Miromonovich, – axborot – kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga,  aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. (“XXI asr”, 2016, 20 oktyabr)

Gapning ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, ushbu fikrlar mamlakatimizdagi barcha ziyolilar, millat kelajagi, uning ma’naviy barkamolligi uchun tashvishda bo‘lganlarning yurak – yuragidagi gap bo‘ldi. Kitob barchamizga charog‘on yo‘lni ko‘rsatishini, ma’naviy olamimizni shakllantirishini, kelajakdagi yagona yagona to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishini bilsakda, uni o‘qimasak, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligini tushunsakda, ammo uni “kult” darajasiga ko‘tarmasak – bu holda bizning kitob to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz xato bo‘lmaydimi?

Ana shu fikrlar bilan oshno bo‘lib turganimizda, kechagina muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”(2017 yil 12 yanvar)gi farmoyishi e’lon qilindi. Mazkur farmoyish kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni va rolini yana bir yangi bosqichga ko‘targanligi bilan izohlanadi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda matbuot, noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo‘lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. 1677 ta matbaa korxonalari, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta hududiy birlik axborot-kutubxona markazi, tuman va shahar markazlaridagi ta’lim mussasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota’minot” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Farmoyishning ibratli jihati shundan iboratki, unda kitob mahsulotlari nashr etish, tarqatish, kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi holati, mavjud kamchilik, xatolar ro‘y-rost ochib berilgan. Ayniqsa, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagani, ta’lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar yetarli darajada mavjud bo‘lgan manbalar hisobidan jalb etilmayotgani, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotlarini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yuksak talablar darajasida emasligiga alohida e’tibor berilgan.

Mamlakatimiz rahbarining kitob, kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to‘g‘risida kuyunib gapirayotganliklarining chuqur falsafasi bor. Birinchidan, yuqorida qayd etilgani kabi, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, barchamizni o‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy zaminimizni mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash’ala hisoblanadi.

Shuning uchun ham bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko‘rsatuvchi muqaddas tushunchalar hisoblanadi. Arastu hakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan – Abu Rayhon Beruniygacha, Jaloliddin Rumiydan – Alisher Navoiygacha, Sohibqiron Amir Temurdan – Muhammadsharif Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsada ahamiyati yo‘qolmaydigan tadqiqotu kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berdi. Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o‘rganilishi, ular ilmiy-ma’rifiy bisotiga bot-bot murojaat qilishning sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufaylidir.

Sharqda axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiyning kitob haqidagi quyidagi firklariga bir quloq tutaylik: “Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob fasohat, balog‘atda, latofatda tengi yo‘q, munofiqlikdan holi hamrohdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi. Kitobdek do‘st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham “Kitob aql qal’asidir”, deganlar”. (Mashriqzamin-hikmat bo‘stoni. – Toshkent, 1997.- 39-bet)

Haqiqatdan ham, kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam beradigan kuchdir. Shuning uchun ham yurtimizda kitob bilan oshno bo‘lgan, kitobni suygan, kitob yozgan, kitobni muqaddas bilib, qorachig‘idek asraganlarni ziyoli deb ataganlar. Ziyoli-Nur tarqatuvchi, u o‘zining xatti-harakatlari, faoliyati bilan jamiyatni nurlantiruvchi, ma’naviy-ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchilar hisoblangan.

Bunga uzoq va yaqin tariximizdan misollar ko‘p. Masalan, ma’rifatparvar vatandoshimiz Ishoqxon Ibrat o‘z uyida kattagina, boy kutubxona tashkil qiladi va uni “Kutubxonai Ishoqiya”, deb ataydi. Ibrat arxividagi kitoblar ro‘yhati shuni tasdiqlaydiki, kutubxonada ta’lim-tarbiya va o‘qitishga oid o‘zbek, rus, turk, tatar, fors-tojik tillarida ko‘plab kitoblar bo‘lgan. Bu kutubxonadan nafaqat o‘zi, shuningdek, qishloq aholisi ham unumli foydalangan. Ishoqxon Ibrat o‘z maktabi o‘qituvchilarini kutubxonada saqlanuvchi kitoblar bilan ta’minlagan. Kutubxonaning maktab o‘qituvchilariga bag‘ishlangan qismida Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, “Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud axloq”, Rustambek Yusufbek hoji o‘g‘lining “Rahbari hisob” kabi ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanmalari saqlangan. Ibrat kutubxonasi doimiy ravishda kattalashib borgan. U kutubxona a’zolarining kitob olish va o‘qib bo‘lgach, uni topshirish daftarlarini ham tashkil qilgan, a’zolarning, ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishlarini Ishoqxonning o‘zi nazorat qilib borgan. (Ibrat. Ajziy. So‘fizoda.-Toshkent, 1999.-38 bet)

Ishoqxon Ibrat kabi ziyoli, ma’rifatparvar yurtimizda juda ko‘plab yetishib chiqishgan. Ularning barchasi o‘z kutubxonalariga ega bo‘lishgan. Bunday shaxsiy ziyo maskanlaridan oddiy xalq juda unumli foydalanishgan. Shu o‘rinda mazkur Prezident farmoyishidagi bir holatga e’tibor berish lozim. Bu-hududlarda yozuvchi, shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ‘ib qilish, kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chiqaruvchilar, kitob sotuvchilar hamda kitobxonachi va targ‘ibotchilar orasida turli tanlovlar o‘tkazish masalasidir.

Darhaqiqat, bu o‘ta zarur masala. O‘z shaxsiy kuzatuvlarim natijasida shuni aytishim mukinki, bugungi kunda oilaviy kutubxonasi bor yuzlab, minglab vatandoshlarimiz mavjud. Ularning kutubxonalarida shunday noyob, nodir kitoblar borki, ular juda kamyob va yagona nushada. Biz,”Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovini o‘tkazish orqali o‘sha nodir asarlar nafaqat mazkur oilaning, shuningdek, butun jamiyatning ma’naviy mulkiga aylanishini, ulardan qo‘ni-qo‘shnilar, soha mutaxassislari samarali foydalanishlarini istardik. Oilaviy kutubxona faqatgina uyning bezagi, uy egasining “ziyoliligi”ni bildiruvchi belgi bo‘lishini istamas edik. Shu ma’noda, oilaviy kutubxona tanlovida u yoki bu kitobning chiroyliligi, sahifalarning buklanmaganligiga emas, aksincha, uning qay darajada ko‘p o‘qilganligini anglatuvchi ko‘rsatkichlariga e’tibor berish lozimligini ko‘rgimiz keladi.

Endi bugungi kitoblar, ayniqsa badiiy asarlar hususida ayrim fikrlarni bayon etsak: ma’lumki, kitob umuman, badiiy asar kishilarning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy salohiyatini ma’naviy barkamolligini ta’minlashi lozim. Bunday asarlar, darhaqiqat, yaratilmoqda, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ularni o‘qishdan charchamayapti. Ammo, buguni asarlarning barchasiga ham shunday baho qo‘yish mumkin emas. Ayrim asarlar yaxshi niyatda yaratilayotgan bo‘lsada, ammo ular “teskari samara” bermoqda. Turli salbiy ko‘rinishlar, zo‘ravonlik, ur-yiqit, odamlarda “olomon fikrlash” darajasini ko‘tarishga urinish, fahsh, illatlarni targ‘ib etish kabi holatlar ba’zi asarlarda avj olayotganing guvohi bo‘lmoqdamiz.

Mutafakkir-allomalarimiz johillikning birinchi belgisi-go‘zallikni ko‘rmaslikdir, deydilar. Haqiqatdan ham shunday. Atrofimizda shuncha yangiliklar, yangilanishlar, islohatlar sodir bo‘lmoqda, odamlarimiz tafakkur tarzi o‘zgarmoqda. Ana shu ijobiy holatlarni badiiy jihatdan pishiq asarlar orqali xalqimizga, ayniqsa yoshlarimizga yetkazish juda to‘g‘ri bo‘lar edi.

Shu madaniyat, san’atda, ayniqsa badiiy adabiyotda zamonamiz qahramonini topish, uning obrazini yaratish, nazarimizda, o‘ta dolzarb masalalardan biridir. Prezident farmoyishida ko‘rsatilgan eng muhim masalalardan biri ham shunda. Ayrim zamonamiz qahramonini “ko‘rmaydilar”. Ammo, shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, bunday qahramonlar biz bilan birga, oramizda, ular har kuni jasorat ko‘rsatmoqdalar. Ayb – biz ularni ko‘rmaganligimizda. Angren-Pop temir yo‘lida Farhodning jasoratini takrorlagan, chegarani mustahkamlashda mardlik ko‘rsatgan, yangi texnologiyalar asosida fermerlik harakatining unumdorligini oshirayotgan, turli jahon arenalarida mamlakat bayrog‘ini baland ko‘tarayotganlar-bular zamonamiz qahramonlari emasmi?

Xalqimiz aynan ana shunday kitoblarni kutmoqda. Ayrim vatandoshlarimiz “hozirgi yoshlarga jiddiy badiiy asarlarni tavsiya etgan bilan, ular bunday kitoblarni o‘qimaydilar, chunki zamon o‘zgardi”, deyishmoqda. To‘g‘ri, zamon o‘zgardi. Ammo bizning o‘zbekligimiz o‘zgargani yo‘q. Shunday paytda, yoshlarimizning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ular ma’naviy ehtiyojini shakillantirish uchun nimanidir tavsiya etishni ba’zan unutayotganga o‘xshaymiz. Yoshlar ma’naviy ehtiyojini shakillantirish uchun ularga ma’noli asarlar tavsiya etishimiz lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o‘z farmoyishida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish lozimligiga alohida urg‘u bergan. Ho‘sh, kitobxonlik madaniyati deganda nimani tushunamiz? Bular, fikrimizga quyidagilardan iborat: o‘zining kasbiy-mutaxassislik hamda badiiy-ma’naviy barkamolligini oshirish uchun kitobni tanlay olish va o‘zi uchun zarurini o‘qish; kitob ustida ishlash malakasini obdon o‘rganib olish va unga chuqur amal qila bilish; kitobni mustaqil o‘qiy bilish; o‘qigan kitobning asosiy mazmunini talqin qila bilish, uning fusunkor olamiga kira bilish; o‘qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish; kitobning kerakli, zarur joylarini yon daftarchaga ko‘chirib olish, notanish bo‘lgan so‘zlarni esda saqlab qolishga intilish; muntazam ravishda o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; kitob bilan muomalada eng qadrdon do‘stingga munosabatda bo‘lganday e’tibor bilan qarash; kitobni yaroqsiz holiga keltirmaslik uchun undan to‘g‘ri foydalana bilish; kitobni shoshilmasdan, o‘ylab, diqqat-e’tibor bilan o‘qish malakasiga ega bo‘lish, kutubxna kartotekalari bilan ishlay bilishni o‘rganish; o‘qigan kitobni do‘stlar bilan o‘rtoqlashish, yaxshi kitobni ularga tavsiya qilib, uni boshqalar ham o‘qib chiqishiga erishish; har bir yaxshi kitobni ilm qal’asining kaliti deb bilib, uning boqiy umrini ta’minlash.

Nazarimizda, mazkur farmoyish O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy muhitini yanada barqarorlashtirishga, yoshlarimizda kitobxonlik darajasini oshirishga, pirovard natijada xalqimiz turmush tarzini yanada farovon qilishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda yoshlarimizning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ularning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish davrida “O‘zbek tili va adabiyoti” fanidan insho yozish bo‘yicha qo‘shimcha sinovni tashkil etish maqsadga muvofiq deb bilamiz. Gap shundaki, har yili kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni 550-600 ming atrofidagi yigit-qizlar bitirib, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga harakat qilishadi. Yozilishi tavsiya etilayotgan insho esa ularning badiiy asar o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatini, so‘zsiz oshiradi.

Ayni paytda, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun farmoyishda belgilangan sotsiologik so‘rovnomani o‘ta mas’uliyat bilan tashkil etish lozim. Bunday so‘rovnoma bir tomondan, yoshlarning kitobxonlik madaniyati darajasini aniqlasa, boshqa tomondan, jamiyat talab etayotgan muammolarni aniqlash, mavzular tanlashga imkon beradi. shuningdek, mutaxassislar, soha xodimlari “Yoshlarga tavsiya etilayotgan 100 ta asar” ro‘yxatini tuzish, unda milliy va jahon adabiyotining nodir durdona asarlarini o‘qishni tavsiya etish ham muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Kitob o‘qish barchamizning ma’naviy olamimizni boyitadi, so‘zlashuv madaniyatimizni oshiradi. Ayrim hollarda muqaddas o‘zbek tilimizdagi ayrim vatandoshlarimiz “xizmati” tufayli dag‘allashib, kambag‘allashib borayotganligining oldini olish uchun ham kitob o‘qish lozim. Vaholanki, bizning o‘zbek tilimiz dunyodagi eng boy tillar qatoriga kiradi. A.S.Pushkin butun ijodi davomida jami 21197 ta so‘z qo‘llagan bo‘lsa, Shekspir asarlari tilida jami 20 mingdan ortiq so‘z qo‘llanilgan. Ispan olimlari Servantesning ijodida 18 ming so‘z qo‘llanilgani haqida ma’lumot berganlar. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan so‘zlar soni esa 26000dan ortiq ekan. (Qodirov P. Til va el.-Toshkent, 2010-127 bet)

Ana shuncha milliy boyligimizni avaylab-asrash uchun ham kitob o‘qish lozim. Darhaqiqat, kitobxonlik madaniyatini oshirish davr talabi.

 

Tarix fanlari doktori

Professor                                                                           Abduhalil Mavrulov

 

 

Vatan himoyachilarini tarbiyalashda muzey ekspozitsiyalarining ahamiyati

(“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi misolida)

 03.01.2017

Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning xayrli ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.

Har bir millat, xalq va davlat o‘z tarixiga ega. Tarixni bilish zamirida esa buyuk falsafa jamlanganiga iqror bo‘lmay ilojimiz yo‘q. Xalqning kelajagi porloq bo‘lishida, shuningdek davlat istiqboli yo‘lida kuchli siyosat yurgizishda o‘tmishdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy jarayonlarni chuqur o‘rganish va anglash katta ahamiyatga ega.

Tarixiy xotira – milliy g‘urur va iftixor hissining zaminlaridan biri.U xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o‘zlikni anglash, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi.

Millat va elatlar asta-sekin, tarixan va tadrijan tashkil topadilar. Bu jarayon vaziyatga qarab, bir necha o‘n yildan boshlab, bir necha asrgacha cho‘zilishi mumkin. Ana shunday uzoq davr ularga o‘zlarini anglash, tilini, madaniyatini, urf-odatlarini, ma’naviyat-ma’rifat, an’analar va rasm-rusumlarni butun bir o‘zaro bog‘langan tizim holiga keltirish uchun kerak. Demak, millatning shakllanishi, ayni vaqtda millat tomonidan o‘z o‘tmishini, o‘z tarixini, ajdodlarining mehnati, qahramonligi, milliy ma’naviyat va madaniyatining barcha yo‘nalishlarining xilma-xilligini o‘rganishdir. Zero, inson borki, ota-bobosi, tug‘ilgan zaminining tarixini bilishga qiziqadi

Ma’lumki, O‘zbekiston o‘zining tabiiy boyliklari bilan birga ko‘hna tarixi, osori-atiqalari, madaniy merosi, urf-odatlari bilan ham boy o‘lkadir. YUqorida aytib o‘tilganidek, xalqlarning kelib chiqish tarixini o‘rganish jarayoni doimiy ravishda yangi dalillar, arxeologik topilmalar natijasida yangilanib boradigan uzoq jarayondir. Mazkur ma’lumotlarni tarixiy davrlar bo‘yicha muayyan tizimga solish esa, kamolotga yetishayotgan avlodga millat tarixi, taraqqiyoti va tiklanishining asosiy bosqichlari borasida muhim bilimlar berish imkonini yaratadi.

Insonlarning ma’naviy yuksalishi, milliy g‘oyani mustahkamlash, aholini milliy qadriyatlarga e’tiborli bo‘lishlarini tarbiyalashda muzeylarning alohida o‘rni bordir. Muzeylarni tarix, madaniyat va san’atning xazinasi deb ta’riflashadi. Ular turli-tuman noyob va qimmatbaho ashyolarni saqlaydi, tarixni o‘rganadi va ekspozitsiyalar orqali yosh avlodga namoyish etadi.

Muzeylarning jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida bajaradigan bir qator funksiyalari bor. Fikrimizcha, shulardan eng muhimi – uning ta’lim va tarbiya o‘chog‘i ekanligidir. Binobarin, muzeylar o‘z xalqi, uning ko‘p asrlik tarixiga muhabbat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va madaniy an’analar asosida ozodlik, mustaqillik, milliy davlatchilik uchun olib borgan asriy kurashlarining mohiyatini teran anglab yetgan fuqarolarni, barkamol avlodni, ayniqsa Vatan himoyachilarini tarbiyalashda ko‘mak beradi.

O‘rni kelganda shuni ta’kidlash kerakki, muzeyning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq funksiyalari, asosan, muzey ekspozitsiyalari va turli ilmiy-ma’rifiy ishlari orqali amalga oshiriladi. Muzey zallarida o‘tkaziladigan ekskursiyalar, ma’ruzalar, ilmiy maslahatlar fuqarolar, ayniqsa yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdagi o‘ziga xos usullar sifatida namoyon bo‘ladi.

O‘zbekistonning mustaqilligiga qadar o‘lkada faoliyat ko‘rsatgan muzeylar, asosan millatimiz turmush tarzining ayrim jihatlarinigina aks ettirgan, xolos. Ulardagi ekspozitsiyalar ham sho‘rolar tuzumi mafkurasini xalq ongiga singdirishga yo‘naltirilgan edi.

1991 yilda yuz bergan tarixiy voqyealar barcha sohalar singari O‘zbekistondagi muzeylar faoliyatida ham tub o‘zgarishlar qilinishiga turtki bo‘ldi.

Mamlakatimizdagi muzeylarning haqiqiy ma’naviy-madaniy tarbiya maskanlariga aylantirilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti birinchi Islom Karimovning 1998 yil 12 yanvarda e’lon qilgan “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish haqida”gi Farmoni katta ahamiyat kasb etdi.

Mustaqillik yillarida muzeylar tizimi salmoqli darajada o‘sdi. Xususan, 1991 yil boshida O‘zbekistonda 68 ta davlat muzeyi bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 89 taga yetdi. “O‘zbekiston tarixi”, “Temuriylar tarixi”, “Olimpiya shon-shuhrati” singari yangi davlat muzeylari barpo etildi.

Millatning tarixiy xotirasi qanchalik boy va mazmunli bo‘lsa, bu millat shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan, hamjihat bo‘ladi, o‘z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan ishlarni bajarishga intiladi. Birlashgan Milllatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida so‘zga chiqqanida Prezidentimiz Islom Karimov “Biz uch ming yillik tarixga egamiz” degan edi. Ana shunday ulkan tarixni bilish avlodlarning muqaddas burchi hisoblangan. Bizning vazifamiz ota-bobolarimiz qoldirgan merosni asrab-avaylab, uni yanada boyitishdir. Demak, dunyo hamjamiyatida mafkuraviy, g‘oyaviy kurashlar tobora avj olib borayotgan hozirgi vaziyatda fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarashni mustahkamlashda tarixiy xotira katta amaliy ahamiyatga egadir. U davlatimizning, xalqimizning manfaatlariga xizmat qilishi lozim. Bunday muhim va mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda esa, insonlar ruhiyatiga o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega bo‘lgan muzey ekspozitsiyalarining alohida o‘rni bor.

Poytaxtimizning mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish uchun “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bag‘rida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti birinchi I.A.Karimovning “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi 2001 yil 1 mayda qabul qilingan Farmonlariga muvofiq bunyod etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ham istiqlol g‘oyalariga asoslangan ana shunday tarbiyaviy maskanlardan biridir.

Aslida mazkur muzeyning aynan Toshkent shahridagi Bo‘zsuv sohilida barpo etilishi bejiz emas. Qariyalarimizning aytishlaricha, bir vaqtlar aynan shu yerda yolg‘iz yurishga kishi yuragi betlamas ekan. Shu qarovsiz yerda xalqimizning ne-ne asl farzandlari otilgan, bekafan, bejanoza ko‘mib tashlangan. Zulm va zo‘ravonlikka asoslangan beshafqat sho‘rolar tuzumi davrida milliy o‘zligini, millat qadr-qimmatini teran anglagan ma’rifatparvar vatandoshlarimizning jasadlari shu yerdagi tepalik va jarliklarda nom-nishonsiz qolib ketgan. Bu yerda millatimiz iftixori bo‘lmish Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo‘lpon singari ko‘plab ziyolilar shavqatsizlarcha qatl etilgan.

Mustaqillik yillaridagina ajdodlarimiz oldidagi insoniy burchimiz ado etildi. Shu bois, bu manzil qatag‘on qurbonlarining dil yarasi bitmagan, ko‘z yoshlari tinmagan, ayriliq dardu g‘ami bilan yashab kelayotgan qavmu qarindoshlari ziyorat qiladigan muqaddas qadamjoga aylandi.

2007 yil 31 avgustda Prezidentimiz I.A.Karimovning muzeyga tashriflari chog‘ida, ushbu muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, qatag‘on qurbonlari tarixi va achchiq qismatini yanada kengroq o‘rganish va ask ettirish maqsadida, unga qo‘shimcha bino qurish haqida aytib o‘tildi. Ajdodlarimizning an’analarini davom ettirish, hozirgi kunlarning qadriga yetishga, ekspozitsiyada  nafaqat bugungi  kun, balki kelajak uchun ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat va eksponatlarni ko‘rsatilishi lozimligini ta’kidlandi. 2008 yil 5 may kuni davlatimiz rahbarining “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror ijrosi natijasida muzeyda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Avvalgi konsepsiya bo‘yicha 6 ta bo‘lim kengaytirilib, yurtimizda chor istilosi va sobiq sovet tuzimi davrida amalga oshirilgan dahshatli qatag‘onlar tarixini hamda shahid ketgan vatandoshlarimizning nomi va xotirasini, insoniy haq-huquqlarini, milliy-madaniy merosimiz, betakror an’analarimizni qayta tiklash bo‘yicha istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarni o‘zida chuqur aks ettirgan, yangi-yangi arxiv hujjatlari, tarixiy ma’lumotlar, ilmiy sharh va izohlar, zamonaviy texnik vositalar bilan boyitilgan 10 ta bo‘limdan iborat yangi ekspozitsiya tayyorlandi.

Yurtimiz fuqarolari, yosh avlod, xususan Vatan himoyachilarining tarixga, tarixiy xotiraga bo‘lgan munosabatini kuchaytirgan holda milliy o‘zlikni anglashga, o‘z tarixidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otishga “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida hamma shart-sharoitlar yaratilgan.

Har bir Vatan himoyachisi halol, jasur, sergak jangchi bo‘lishga, so‘nggi nafasi qolguncha ona-Vatanining sadoqatli farzandi bo‘lib qolishga, O‘zbekistonning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligini himoyachisi bo‘lishga qasamyod qiladi. Ular ruhini ma’nan chiniqtirish, zimmalariga yuklatilgan muqaddas burchni sidqidildan ado etishlariga ko‘maklashishda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining ahamiyati kattadir.

Muzey “O‘rta Osiyo (Turkiston)ga qarshi Chor Rossiyasi tajovuzi va unga qarshi kurashlar” nomli bo‘lim bilan boshlanadi. Mazkur bo‘lim O‘zbekistonning mustamlaka davri tarixiga bag‘ishlanadi. Qariyb 50 yil davom etgan mustamlaka davri tinimsiz kurashlar davri bo‘ldi. Aynan shu sababli, istiqlol yo‘lida shahid ketgan ajdodlar haqidagi tarixiy haqiqatni aks ettirish, ular xotirasini abadiylashtirish muzey ekspozitsiyalarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Vatan himoyachilari uchun o‘z yurti, qolaversa dunyoda sodir bo‘lgan urushlar tarixini bilish juda muhimdir. Bu borada muzeyning “Ikkinchi jahon urushi arafasi va urush yillarida sovetlar hokimiyati tomonidan o‘tkazilgan etnik qatag‘onlar (deportatsiya)” nomli bo‘limida keltirilgan ma’lumotlar o‘ta foydalidir. Binobarin 1939-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng mash’um fojialardan biridir. Mardona va jasur o‘zbek halqi ham urushning birinchi kunlaridanoq bor kuchini fashizm ustidan g‘alabaga safarbar etdi. Urush Vatanimizning minglab o‘g‘lonlari hayotiga zomin bo‘ldi.

Muzeyning “Qatag‘on jarayonining 1940-1950 yillarda davom ettirilishi”, “1980 yillardagi qatag‘onlar: “Paxta ishi” kampaniyasi” mavzularidagi bo‘limlari bilan tanishgan yoshlar qatag‘on to‘lqini nafaqat ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ijodiy ziyolilarni, davlat arboblarini, balki ko‘plab oddiy insonlarni ham o‘z domiga tortganligi haqida haqqoniy va ayanchli ma’lumotlarni oladilar. Bu esa, Vatan himoyachilarining ongida o‘z xalqiga va yurtiga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytiradi, bugungi tinch-totuv, ozod turmushni muhofaza qilish uchun bor kuch-g‘ayratlarini safarbar etishga undaydi.

Muzeyda mustaqillik yillarida (1991 yildan keyin) amalga oshirilgan tarixiy ishlarga bag‘ishlangan alohida bo‘lim mavjud. Bu bo‘limda o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda o‘tmishda nohaq qoralangan yoki soxtalashtirilgan tarixiy adolat va milliy qadriyatlarning tiklanishi, istiqlol tufayli ochilgan imkoniyatlar yoshlar hayotida qanday yutuqlarga yo‘l ochib berganligi tarixiy dalillar asosida ko‘rsatiladi. Shu jumladan, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ma’naviyatimiz, tarixiy obidalarimiz, dinimizni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish yo‘lida olib borilayotgan ishlarni keng yoritish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur bo‘limdagi Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi singari yurtimiz tarixida chuqur iz qoldirgan sarkarda va hukmdorlar haqidagi tarixiy haqiqatlarning tiklanishi o‘z aksini topgan ekspozitsiyalar shubhasiz, yoshlardagi milliy va jangovor ruhni yuksaltiradi. Ular singari buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishga intilgan yurtning har bir o‘g‘loni jasur, uddaburon, epchil va haqgo‘y shaxs bo‘lishga harakat qiladi.

Qolaversa, muzeyga keladigan har bir yurtdoshimiz qalbi va ongida vatanparvarlik, o‘z xalqiga muhabbat va sadoqat hissini uyg‘otish, ayniqsa, yoshlarimizning bugungi dorilomon kunlar qadriga yetish, qatag‘on qurbonlari xotirasiga yuksak hurmat va ehtirom ila munosabatda bo‘lmoqlikka undash – ekspozitsiyalarning g‘oyaviy asosini tashkil qiladi.

Umuman olganda dunyo hamjamiyatida millatlarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ma’naviy dunyosini boyitish, o‘z xalqi, yurti va davlatiga sodiq shaxs va mardonavor himoyachi sifatida tarbiyalashda san’at va madaniyat koshonalari, xususan, muzeylarning alohida o‘rni bor. Binobarin,  muzeylar kishilarning dunyoqarashini kengaytiradi, tarixiy haqiqatni anglash, o‘tmish va bugunni qiyoslash, shu asosda, o‘z ertasini qurishda qanday aqidalarga suyanishini belgilab berishda katta rol o‘ynaydi.

 Xasanov Bahtiyor – “Qatog‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori,

tarix fanlari doktori,

Zikrullayev Murod – muzey ilmiy xodimi

 

 

Globallashuv sharoitida harbiy xizmatchilarning mafkuraviy immunitetini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari

 03.01.2017

 Mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish – barkamol avlod tarbiyasining muhim yo‘nalishidir. Bugungi insoniyat turli xil g‘oyalar va siyosiy kurashlar butun jahon miqyosida avj olayotgan, g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskinlashayotgan bir sharoitda yashamoqda. Bunday vaziyatda g‘oyaviy loqaydlik siyosiy kurashda shubhasiz mag‘lubiyatga olib keladi.

Ayniqsa, hozirgi globallashuv sharoitida mafkurasizlik yo‘lini targ‘ib etishni maqsad qilib olgan siyosiy kuchlar har qanday mafkuraviy yo‘ldan voz kechishni va mafkurasizlashgan toifalarning qalbi va ongiga o‘zlarining usti yaltiroq kosmopolitik g‘oyalarini singdirishga harakat qilishmoqda. Ular shu asosda turli toifadagi missionerlik, diniy-fundamentalistik, ekstremistik, terroristik mazmundagi g‘oyalar uchun yo‘l ochib berishga erishishadi. Bunday sharoitda ma’naviy tarbiyaning ikki muhim jihatiga e’tibor qaratishga to‘g‘ri keladi.

Birinchidan, g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, g‘oyaviy bo‘shliq yuza kelgan holatda bunday bo‘shliqni bunyodkor g‘oyalar bilan to‘ldirish masalasi;

Ikkinchidan, aynan harbiylar xizmatchilar qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasi. Bizning maqsadimiz ham mazkur ikki masalani yoritishga qaratilgan.

G‘oyaviy bo‘shliq qanday vujudga keladi? Bu masalada “Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati” kitobida shunday deb yozilgan: “muayyan sharoitda jamiyat, undagi toifa va qatlamlarning ongida sodir bo‘ladigan g‘oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati. Muayyan aqidalar, fikr va g‘oyalar zamon tanqidiga uchraganda yoki yangi paydo bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlar tomonidan inkor etilganda, davr talabiga javob beradigan g‘oya va mafkura to‘la shakllanib ulgurmagan hollarda jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq vujudga keladi”. Haqiqatdan ham mustaqilligimizning dastlabki yillarida biz eski totalitar kommunistik mafkuradan voz kechdik, ammo yangi milliy mafkuraning tamoyillari hali ishlab chiqilmagan edi. Shunday sharoitda yoshlarni qanday g‘oyalar bilan tarbiyalash masalasi ko‘ndalang turar edi. Bunday vaziyatda hali ongida mafkuraviy qadriyatlar shakllanmagan yoshlar g‘oyaviy bo‘shliq sharoitida ta’lim olardi. Bu g‘oyaviy muxoliflar uchun juda qulay sharoit edi. Ular bizning yoshlarimiz ongiga turli xil diniy-ekstremistik g‘oyalarni kirita boshlashdi. Bu jarayon bugungi globallashuv sharoitida yanada keskinlashdi.

G‘oyaviy muxoliflarimiz diniy ta’lim beruvchi turli xil hujralar tashkil etishdi, diniy maktablar ochishdi. Bu maktablarda nurchilar, vahhobiylar, salafiylar g‘oyalarini targ‘ib eta boshlashdi. YUqorida qayd etilgan maktablarda ilgari surilgan diniy-ekstremistik ruhdagi fikrlar mustaqilligimiz manfaatlariga zid keluvchi, mamlakatimiz hududida xalifalikka asoslangan teokratik davlat tuzumini o‘rnatishga da’vat etuvchi vayronkor g‘oyalardan tashkil topgan edi. Endi ana shu g‘oyaviy bo‘shliq o‘rnini bunyodkor g‘oyalar bilan to‘ldirishdek muhim vazifa ko‘ndalang bo‘lib turar edi. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini yaratishdek o‘ta muhim strategik vazifani o‘rtaga tashladilar. “Asosiy Qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, deyilgan. Hyech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi”. Milliy istiqlol mafkurasi nimalarga tayanadi degan masalaga Prezidentimiz shunday javob beradilar: “Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qilishi lozimligini hech qachon unutmaylik. Unda jamiyatimizdagi barcha kuchlar, harakatlar, jamoat tashkilotlari, aholi turli tabaqalarining o‘y-fikrlari, orzu-umidlari o‘z ifodasini topmog‘i lozim. U davlatimiz fuqarolarini ulug‘ maqsad yo‘lida qalban birlashtirishga ko‘maklashishi kerak”. Shuningdek, ushbu mafkuraning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida to‘xtalib, prezident  I.A.Karimov “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin” deb nomlangan asarida shunday deb qayd etadi: “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin.” – deb ta’kidladilar.

Xo‘sh yoshlarimizning, ayniqsa harbiy xizmatchilarimizning ongida mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish lozim? Bu savolga to‘g‘ri javob topish uchun yana Prezidentimiz asarlariga murojaat etamiz: “Men ko‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir ongli odamning voqyelikka o‘z munosabati, maqsad va intilishlari bo‘lishi tabiiy. … Ko‘p narsa, albatta, insonning o‘ziga va uning tarbiyasiga bog‘liq. Ammo bir haqiqatni chuqur anglab olish darkor: har bir odam, oila, qolaversa, butun el-yurtimizning baxtu-saodati, jamiyatimizning barqarorligi ko‘p jihatdan odamzot tayanib yashaydigan g‘oya va maslakning qanchalik to‘g‘ri va insoniyligiga, bu e’tiqod uning oilasi, farzandlari, xalqining ezgu maqsadlariga, hayotiy manfaatlariga nechog‘li mos kelishiga uzviy bog‘liqdir. …

Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, o‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir.”  Bu vazifalar mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalaridir.

Xo‘sh, mafkuraviy immunitetning o‘zi nima? Bu savolga “Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati” kitobida shunday fikr bildirilgan: “Mafkuraviy immunitet (lotincha – biror narsadan xalos qilish) – shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim.

Immunitet tibbiy tushuncha bo‘lib, u organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashga, turli tashqi ta’sirlardan, infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmuini ifodalaydi. Soddaroq qilib aytganda, immunitet – organizmning o‘z-o‘zini turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir.” Harbiy xizmatchilarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, bu xususiyatlar harbiy sohadagi ta’lim-tarbiya tizimida hisobga olinishi lozim. Bunday xususiyatlarga quyidagilar kiradi:

Birinchidan, mafkuraviy immunitet harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida shakllantirib borilishi lozim. Bunda suhbat, vatanparvarlik mavzusidagi baxslar, kinofilmlar tamosha qilish, muzeylarni va harbiy-vatanparvarlikka oid memorial yodgorliklarni ziyorat qilish, ma’ruzalar o‘qish shaklidagi usullardan foydalaniladi. Mafkuraviy immunitet tibbiy immunitetdan farqli ravishda tug‘ma bo‘lmay, shakllantirilib boriladigan tarbiyaviy jarayondir.

Ikkinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllantirishda siyosiy madaniyatga tayanish lozim. Siyosiy madaniyat uchta tarkibiy elementning birligidan xosil bo‘ladi. Birinchi element – siyosiy ong. Bu siyosiy bilimga, ma’lumotlarga ega bo‘lishdir. Ikkinchi element – siyosiy ishonch-e’tiqod. Bu olingan siyosiy bilimlarning haqqoniyligiga qat’iy ishonish. O‘zingiz ishonmagan narsaga boshqani ishontira olmaysiz. Siyosiy ishonch-e’tiqod uzoq vaqt mobaynida shakllanadi. Harbiylarga ham muntazam mafkuraviy tarbiya berish orqali mafkuraviy immunitetni vujudga keltirish mumkin. Uchinchi element – siyosiy faoliyat. Shaxsning siyosiy jarayonlarda, siyosiy munosabatlarda bevosita ishtirok etishi. Harbiylar esa mafkuraviy immunitetni boshqalarga ham singdirishida siyosiy amaliy faoliyatini ko‘rsatishadi. Xullas, siyosiy madaniyat – siyosiy bilimlar, siyosiy e’tiqod va siyosiy faoliyatning birligi sifatida shakllanadi. Siyosiy madaniyati shakllangan harbiy xizmatchiga mafkuraviy immunitetni singdirish oson kechadi.

Uchinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllatirishda harbiylarning huquqiy bilimlariga, huquqiy madaniyatiga ham tayanib ish yuritish lozim. Harbiy xizmatchi o‘zining vatan oldidagi huquq va burchlarini yaxshi anglay olishi, vatan ravnaqi uchun o‘zining hissasini qo‘shishni harbiy-vataparvarlik burchi deb bilishi lozim. Huquqiy bilimlar harbiylarning Konstitutsiyani, milliy va xalqaro qonunlarni qay darajada o‘zlashtirganliklari, O‘zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasi va Senatida  tayorlanayotgan qonunlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari bilan bog‘langandir. Shu sababli milliy va xalqaro qonunchilik, Konstitutsiyamiz va huquqiy bilimlar haqida harbiylar o‘rtasida muntazam suhbatlar olib borilishi lozim. Harbiylar harbiy nizom talablariga qat’iy rioya etishlari lozim. Bunday nizomlarni ham hozirgi kun talablariga javob beradigan tarzda takomillashtirish lozim. Bu nizomlarga mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalarini ham kiritish muhim ahamiyatga egadir.

To‘rtinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllantirishda jamoat tashkilotlarining o‘rni katta. Shu tufayli mafkuraviy immunitetni shakllantirishda harbiy-yoshlar orasida Kamolot yoshlar harakatining, siyosiy partiya va harakatlarning, harbiy xizmat faxriylari uyushmalarining, mahalla tashkilotlarining roli beqiyosdir. Bu tarbiyada ularning imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Beshinchidan, mafkuraviy tahdid shakllari hozirgi zamon globallashuv sharoitida keng miqyosda va juda katta tezlikda tarqalishi, shu tarzda dunyo xalqlari dunyoqarashi va ongiga destruktiv ta’sir ko‘rsatish ehtimolligi katta bo‘lganligi uchun mafkuraviy immunitetni ana shu xavf-xatar ko‘lamini hisobga olgan holda shakllantirish lozim. Ayniqsa, harbiy xizmatchilariga, ular turli millat va diniy e’tiqod vakillari bo‘lganligi sababli mafkuraqiy immunitetni differensial tarzda singdirish maqsadga muvofiqdir. Buning ma’nosi shuki, mahalliy oilada o‘sganlarga, yevropacha usulda tarbiya topganlarga, noislomiy e’tiqodga ega bo‘lganlarga alohida-alohida yondoshmoq kerak.

 Xikmatov Ikrom Raxmanovich-O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i, podpolkovnik

 

Armiya davlat tayanchi, tinchlik  kafolati

03.01.2017

 

Milliy armiyamiz safidagi sxizmat shu yurt, shu zamin farzandi uchun nafaqat konstitutsiviy burch, balkiengnufuzli va sharafli kasblardan biriga aylandi.

Milliy armiyamiz yoshlarning irodasini toblaydigan, ularga oila va maktabda olib ulgurmagan bilim va tarbiyani o‘rgatadigan, o‘z Vatani va xalqiga sadoqat, jasorat va matonat maktabiga, har birimiz uchun faxr va iftixor manbaiga aylanganligini alohida ta’kidlab o‘tish darkor.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarning aksariyati armiya saflarida qolib, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat o‘tash istagini bildirayotgani, oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlar tayyorlash maktablariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirayotgan yoshlar soni yildan-yilga ortib borayotgani – yuqorida bildirilgan fikr isbotidir.

Olib borilayotgan islohotlar jarayoniga e’tibor qaratsangiz, Qurolli Kuchlarda ma’naviy va axloqiy tarbiya,professional tayyorgarlikning o‘ziga xos tizimi yaratilganini anglaysiz. Ushbu tizimda harbiy xizmatchilarda yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.

Jumladan, vazirlik qo‘shinlaridagi jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, tarbiyaviy ishlar tizimi o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra ham aynan  harbiy xizmatchilar o‘rtasida milliy istiqlol mafkurasini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan.

Shaxsiy tarkibning ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy bilimlarini oshirib borish, ularda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy, ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalari – birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalardan biridir. Zero, bugungi askardan nafaqat jismonan baquvvat bo‘lib, murakkab texnikani puxta o‘zlashtirish, balki yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, qalbi va ongida yuksak ma’naviy, axloqiy fazilatlar ham mujassam bo‘lishi talab etiladi.         Bir so‘z bilan aytganda, faqat ona Vataniga sodiq, kimning avlodi ekanini xayoldan chiqarmagan, aniq maqsad va barqaror e’tiqod bilan yashaydigan harbiy inson Qurolli Kuchlarning tayanchi va suyanchi bo‘la oladi.

Prezidentimiz Islom Karimov «Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir» nomli asarida ma’naviy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, harbiy xizmatchilar ongiga milliy g‘oya tamoyillarini chuqur singdirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Qolaversa, Qurolli Kuchlarimiz, uning tarixi, bugungi hayoti qanday aks ettirilayotgani, yoshlarga qanday darslik va kitoblar orqali qay yo‘sinda ma’lumotlar berilayotganiga jiddiy e’tibor qaratish kerakligiga urg‘u berdi. Asarda el-yurtga sadoqatli, vatanparvar, ulkan hayot tajribasiga ega insonlarga tayanish, bu borada eng zamonaviy, ta’sirchan usul-uslublardan foydalangan holda ish olib borish lozimligi uqtirilgan. Xalqimizning ming yillar davomida shakllanib kelgan betakror qiyofasi, azaliy qadriyatlari va xislatlari aynan armiyada o‘z aksini topmoqda. Faxr va g‘ururla ayta olamizki, biz xalq bilan yakdil armiyani shakllantirish yo‘lidan dadil bormoqdamiz.

Milliy armiyamizni isloh qilish jarayonida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish borasida  amalga oshirilgan ishlarimizni tan olgan holda, bugun zamonning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan talablarni, mavjud bo‘lgan xavf-xatarlarni ayniqsa ma’naviy tahdidlarni, informatsion, g‘oyaviy va mafkuraviy xurujlarni inobatga olib, “fikrga qarshi fikr bilan, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” konsepsiyasiga tayanib tarbiyaviy ishlar samaradorligini va ta’sirchanligini yanada oshirishga, bu yo‘nalishdagi sayi-harakatlarimizni harbiy xizmatchilarimizning ma’naviy immunitetini shakllantirishga, milliy istiqlol mafkurasini targ‘ib qilishni takomillashtirishgashu bilan bir qatorda harbiy qism va bo‘linmalarda yuksak jangovar va safarbarlik tayyorgarligini, o‘quv-jangovar vazifalarni a’lo darajada bajarilishini, harbiy jamoalardagi yuksak harbiy intizom, sog‘lom ma’naviy-axlohiy muhit qaror toptirishga safarbar etishimiz kerak.

Bu borada zamon talablariga mos kelmaydigan quruq, siyqasi chiqqan va’zxonlikdan voz kechib, bugun biz boshimizdan kechirayotgan murakkab va mashaqqatli hayot haqiqatiga, 20 yil davomida bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘limiz va erishilgan yutuqlarimizga tayanib, harbiy xizmatchilarning fikrini, dunyoqarashini, faol hayotiy pozitsiyasini,  shakllantirishning eng zamonaviy, ta’sirchan usul-uslublaridan foydalangan holda ish olib borish lozim. Buning uchun eng zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan, yetakchi jamoat tashkilotlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat va san’at namoyandalarining kuch va imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim.

Bugungi murakkab va tahlikali zamonda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan turli xil xurujlar, yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yanada hushyor bo‘lishga da’vat etmoqda.

Binobarin, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, salbiy psixologik ta’sirlardan, «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash kabi jiddiy masalalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik darkor. Bugungi konferensiyada ham ushbu muammolarga alohida e’tibor qaratilgan.

Anjuman mavzusi dolzarb ekanligini ta’kidlab o‘tgan holda, yurtboshimiz o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida: «Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak» degan so‘zlarini takror eslab o‘tish o‘rinlidir.

Bugungi kunda harbiy professional bu faqat davlat bilan muayyan muddatga shartnoma tuzib hamda ma’lum miqdordagi pul ta’minotini oladigan, imtiyozlardan foydalanadigan shaxs emas, balki eng avvalo harbiy sohada aniq bilim, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lgan, shu bilan bir qatorda mustahkam hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan Vatanga, harbiy burchga sadoqatli shaxs bo‘lishi kerak. Buning uchun harbiy sohadagi ma’naviy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashimiz, askarlarimiz, harbiy xizmatchilar ongu tafakkuriga milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillarini chuqur singdirishimiz kerak.

Biroq, hayot bir joyda to‘xtab turmaydi. Biz o‘zgarar ekanmiz, hayot ham o‘zgarib boraveradi. Shu sababdan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ta’sirchanligini oshirish, tarbiyaviy ishlar mazmunini va samarasini muntazam tahlil qilib borish, tegishli tuzatish va aniqliklarni tezkor ravishda kiritib borish bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday talab ayniqsa axborot yetkazish shakllari, umuman olganda yalpi axborot xavfsizligi tizimiga shaxsiy tarkibning barqaror ma’naviy-ruhiy sifatlari, salbiy informatsion ta’sirga nisbatan g‘oyaviy immunitetini shakllantirish masalalariga ko‘proq taalluqlidir.

Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘z navbatida bunday yondashuv amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlarning konseptual asosiga aylanishi kerak. Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlari ishchi va xizmatchilari «ommaviy madaniyat», deb nom olgan xalqimizga yot g‘oyalarga berilib, manqurtga aylanib borishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaslik ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning ustuvor vazifasi deb qarashimiz lozim.

Xalqaro maydonda diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik kabi salbiy illatlarning insoniyat hayotiga tahdidi yanada kuchayishi, Markaziy Osiyo mintaqasi va umuman jahon miqyosida radikal qarashlarga ega har xil diniy oqimlar faoliyatining jadallashi, ushbu muammolar Mudofaa vazirligi tasarrufidagi bo‘linmalarni ham chetlab o‘tmaganligi, vazirlik qo‘shinlari orasida ekstremistik mazmunga ega g‘oyalarni targ‘ib etishga qaratilgan ayrim urinishlar kuzatilishi, din va uning azaliy qadriyatlari borasida yetarlicha bilimga ega bo‘lmagan ba’zi bir harbiy xizmatchilar adovat ruhidagi targ‘ibot ta’siriga qisman duchor bo‘lishi  bugungi kunda diniy ekstremizm  g‘oyalariga qarshi kurashish hamda harbiy xizmatchilarda ushbu yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari naqadar dolzarb ekanligini tasdiqlaydi.

 Mulabayev Nurmuhammad Xikmatovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari,   polkovnik

 

 

Ijtimoiy hamjihatlik – demokratik taraqqiyot belgisi

26.12.2016

Insoniyat tarixi turli millat va diniy e’tiqodga mansub odamlar yuz yillar mobaynida bir oila kabi inoqlikda yashaganlari borasidagi misollarni ham biladi. Asrlar davomida turli-tuman din, madaniyat va turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlar birgalikda yashab kelayotgan O‘zbekiston buning tasdig‘idir. Qadim zamonlardan yurtimizda zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo‘lgan. Mamlakatimizda VIII asrdan buyon islom dini mahalliy xalqlarning axloqiy qarashlari, huquqiy me’yorlari va urf-odatlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Aynan shu zaminda yuz yillar davomida dunyo madaniyatlarining katta miqyosdagi bir-birini boyitish jarayoni ro‘y bergan. Istiqlol yillarida bu jarayon yangicha sifat kasb etdi.

Shu o‘rinda Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan mamlakatimizda yashayotgan turli millat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan «Ko‘p millatli O‘zbekiston» mavzusidagi navbatdagi so‘rov xususida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Mazkur tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, yurtimizda millatlararo, dinlararo munosabatlar masalasida kelishmovchiliklar, ziddiyatlar yo‘qligiga fuqarolar qat’iy ishonadi. So‘ralganlarning aksariyati millatlar o‘rtasidagi birdamlik, tinchlik va barqarorlik mustaqil rivojlanishimizning kafolati ekanini, har bir fuqaroning millati, e’tiqodidan qat’i nazar, huquq va erkinliklari ta’minlangani O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning butun mamlakat, xalq manfaatini ifodalovchi, uzoqni ko‘zlovchi va oqilona siyosati samarasi ekanini ta’kidlashgan. Respondentlarning 95,8 foizi o‘zbekiston fuqarosi ekanidan faxrlanishini bildirgan bo‘lsa, 93 foizi yurtimizni o‘zining jonajon Vatani deb bilishini ma’lum qilgan. Bu davlatimiz tomonidan o‘zbekistonda yashayotgan barcha etnik guruhlar vakillari manfaatlari ishonchli himoya qilinadigan demokratik jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijasidir.

Respublikamizda turli elatlarning milliy markazlari bir-birlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, davlat tadbirlari va umumxalq bayramlarida faol ishtirok etayaptilar. Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan «O‘zbekiston – umumiy uyimiz», «Vatan bitta, Vatan yagona», «Bizning kuchimiz – birlik va hamjihatlikda» kabi festivallar millatlararo do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Dunyoning ayrim davlatlarida dinlararo, millatlararo ziddiyatlar kuchayayotgan hozirgi sharoitda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq yashayotgani,  mamlakatimizda millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, totuvlik va hamjihatlikning ta’minlangani, shubhasiz, istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan eng katta yutuqlarimizdan biridir.

Har bir millat o‘zining betakror madaniy, ma’naviy qadriyatlariga ega. Bunday millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashlari, birgalikda mehnat qilishlari, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o‘zaro muloqotda bo‘lishlari xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini tezlashtiradi. Adolatli milliy siyosatimiz barchamizning maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishga yordam beradi, umuminsoniy g‘oyalarning ustuvor bo‘lishini osonlashtiradi.

Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Millatlar o‘rtasida ijtimoiy hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor millatchilik va shovinizmning halokatli g‘oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi, milliy istiqlol g‘oyasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Oxir-oqibatda esa, mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka putur yetadi.

Aytish mumkinki, mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash jamiyatning ijtimoiy poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali davlatdir. Bunday davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikning muhim omillaridan biri millatlararo hamjihatlik va totuvlikdir. Bu g‘oya turli millatlar istiqomat qiladigan har qanday ko‘p millatli davlatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti va kelajak taqdirining barqarorligi bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi.

Ko‘p millatli davlat sharoitida millatlararo munosabatlarni takomillashtirmay, turli millat va elat vakillarining ijtimoiy jarayonlardagi to‘laqonli ishtirokini ta’minlamay turib, jamiyat hayotining har tomonlama yangilanishiga, modernizatsiya va demokratlashtirish jarayonlarining ildamlashishiga erishish mumkin emas. Tabiiyki, ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlash demokratik davlat sharoitida davlatning ichki va tashqi siyosatining izchil va kuchli bo‘lishini talab etadi. Demokratlashtirish pillapoyalaridan qadam-baqadam odimlab borilayotgani natijasida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo hamda dinlararo hamkorlik, totuvlik ta’minlanmoqda, ko‘pmillatlilik asoslari va baynalmilallik prinsiplari rivoj topmoqda.

O‘zbekistonning xalqaro maydonda yaqin va uzoq qo‘shnilarimiz bilan olib borayotgan do‘stona aloqalarini, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatini, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan qarama-qarshilik va to‘qnashuvlarni faqatgina siyosiy muzokaralar, tinchlik yo‘li bilan hal etish bo‘yicha yondashuv va qarashlarining mazmun-mohiyatini har birimiz teran anglashimiz lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», deb aniq belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», – deb ta’kidlangan.

Alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bugungi kunda respublikamizda 130dan ziyod millat va elat vakillari yashab kelmoqda. Respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining milliy-madaniy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish, ularning urf-odat va an’analari rivojiga har tomonlama sharoitlar yaratib berish maqsadida Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tuzilgani, milliy-madaniy markazlar faoliyatiga keng yo‘l ochib berilgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mustaqillik yillarida din sohasida ham chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va hech bir dinga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi. Diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarini qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatning avj olishiga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Tinchlik, barqarorlik, hamjihatlik mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va dinlararo muloqot borasida butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Respublikamizda istiqomat qilayotgan fuqarolar, qaysi dinga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, birgalikda, tinch va osoyishta sharoitda, yurtimiz ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Yurtimizda vijdon erkinligiga doir qonun asoslari yanada takomillashtirildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ijtimoiy hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishda Mustaqil O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida o‘ziga xos boy tajriba to‘plandi. Milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati va urf-odatlarini asrab-avaylash bilangina cheklanmasdan, balki barcha millat va ellatlarning umumiy birdamligiga, ular e’tiqod qilayotgan dinlarda bag‘rikenglik tamoyilini mustahkamlashga va umumiy maqsadlar yo‘lida jipslashishiga katta e’tibor berilmoqda.

Bugun biz o‘ta tahlikali va qaltis zamonda yashayapmiz. Yon-atrofimizda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek saqlashimiz suv va havodek zarur. Millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash bugun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buni har birimiz chuqur his etishimiz darkor. Zero, bugungi kunda dunyoning juda ko‘p mintaqalarida yuz berayotgan turli to‘qnashuvlar, ichki nizolar aynan separatizm, milliy ayirmachilik yoki ijtimoiy hamjihatlikning yo‘qligi oqibatida yuz bermoqda.

Millatimizdan qat’i nazar, barchamiz shu yurt taqdiriga birdek mas’ulmiz. Chunki shu aziz Vatan barchamizniki! Buni doimo yodda tutishimiz lozim.

Umidulla SATTAROV

Azizlar peshvosi

21.12.2016

Azaldan ilm-fan, madaniyat markazlaridan biri bo‘lib kelgan Termiz shahri haqidagi qimmatli ma’lumotlar arab geograflari Muqaddasiy (“Ahsanu-t-taqosim fi ma’rifati-l-aqolim”), Istaxriy (“al-Masolik va-l-mamolik”), Balazuriy (“Futuhu-l-buldon”) va boshqa qator mualliflar nodir asarlarida uchraydi. Ushbu manbalarda ta’kidlanishicha, Termiz IX asrda Movarounnahrning eng yirik va ma’mur shaharlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Fanning turli sohalari, xususan, tafsir, hadis, fiqh, aqoid, faroiz kabi ilmlar bo‘yicha Termizdan yetishib chiqqan ko‘plab allomalar Termi­ziy nisbasi bilan dunyoga tanilgan.

Prezidentimiz 2014 yilning 29 noyabrida Termiz shahriga “Amir Temur” ordenini topshirish munosabati bilan “Madinatu-r-rijol”, ya’ni “mardlar shahri”ga tashrif buyurib, bu azim shahar va undan yetishib chiqqan allomalar xususida, jumladan, bunday dedi: “Barchamiz uchun muqaddas bo‘lmish Termiz tuprog‘ida qanday ulug‘ alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar yashagani, ular Termiziy degan nom bilan islom dunyosida qanday yorqin iz qoldirganlari hammamizga yaxshi ma’lum.

Haqiqatan, bu tabarruk diyordan yetishib chiqqan buyuk alloma Hakim Termiziy, dunyodagi eng ishonchli oltita hadis to‘plamlaridan birini yaratgan mashhur muhaddis Abu Iso Termiziy, teran mazmunli asarlari bilan Sharqda nom qozongan adib Sobir Termiziy, islom falsafasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan Abu Bakr Varroq Termiziy kabi mumtoz zotlar nainki xalqimiz, balki butun musulmon olamining faxru iftixori hisoblanadi”.

Jahoniy ehtiromga sazovor bo‘lgan termizlik buyuk siymolardan biri Hakim Termiziy ular orasida alohida mavqyega ega. O‘rta asrlarga oid yozma manbalarda aksar hollarda muallifning faqat vafot etgan yili ko‘rsatilib, taval­lud sanasi keltirilmaydi. Jumladan, taniqli olim Hoji Xalifa “Kashfu-z-zunun” nomli mashhur asarining bir necha o‘rnida Hakim Termiziy vafotini 255/869 yil deb ko‘rsatgan. Bu raqam allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o‘rnatilgan qabrtoshdagi lavhalarda ham aks etgan. Hakim Termiziyning uzoq – 116 yoki 120 yil umr ko‘rgani e’tiborga olinsa, alloma sakkizinchi asr o‘rtalarida (taxminan 750-760 yil­lar oralig‘ida) tavallud topgani ayon bo‘ladi. Biroq, ba’zi zamonaviy tadqiqotchilar uning tavalludi va vafoti haqida batamom boshqa sanalarni ko‘rsatgan. Xususan, Hakim Termiziyning hayoti va ta’limotini atroflicha o‘rgangan misrlik taniqli olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim Termiziyni 205/820 yilda Termiz shahrida tavallud topib, 320/932 yil 112 yoshida vafot etganligini ta’kidlaydi.

Afsuski, Hakim Termiziyning bolalik va yoshlik yillari haqida hozircha aniq ma’lumot topilgani yo‘q. Uning ota-onasi haqidagi xabarlardan ma’lum bo‘lishicha, otasi Ali ibn Hasan o‘z davrida hadis va fiqh ilmi bilimdonlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Arab tarixchisi Xatib Bag‘dodiy mashhur “Tarixi Bag‘dod” asarida yozishicha, u musulmon olamining eng yirik markazlaridan sanalgan Bag‘dod shahriga kelib, mashhur olimu ulamolar bilan hadis ilmining turli masalalari bo‘yicha qizg‘in bahs va munozaralarda ishtirok etgan. Hakim Termiziy “Bad’u sha’ni Abi Abdulloh” va “Ar-Radd a’la-l-muattila” kabi asarlarida yozishicha, uning onasi va bobosi ham hadis ilmining yetuk bilimdonlaridan bo‘lgan. Bu ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, Hakim Termiziy ilm-ma’rifat yuksak qadrlangan, ziyoli xonadonda dunyoga kelib, ana shu ilmiy-ma’naviy muhit bag‘rida o‘sib ulg‘aygan. Ushbu omillar ta’sirida ma’naviy dunyosi va ilmiy tafakkuri shakllanib, kamolga yetgan. Ayniqsa, uning ilmiy kamolotida otasi Ali ibn Hasanning xizmati benihoya katta. Chunonchi, u farzandiga nafaqat mehribon va g‘amxo‘r ota, balki unga nisbatan talabchan murabbiy va ma’rifatli ustoz maqomida ham bo‘lgan. Bu xususda Hakim Termiziy o‘z kitoblaridan birida quyidagicha:

- Alloh taolo meni ustozim – otamdan judo qilganda sakkiz yoshda edim. Padarimning sa’y-harakatlari bois men ilm olishga shu qadar berilib ketdimki, kitob mutolaasi mening asosiy mashg‘ulotim bo‘lib qoldi. Vaholanki, o‘sha kezlarda tengqurlarim o‘yin-kulgi va vaqtixushlik bilan band bo‘lardilar. Volidimning ijtihodlari tufayli men shu yoshimda “Ilmu-l-osor” (“Hadislar ilmi”) va “Ilmu-r-ray” (“E’tiqod ilmi”)ni to‘la egallab olgan edim…

Ko‘rinib turibdiki, Hakim Termiziy yosh bo‘lishiga qaramasdan, kalom ilmi bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lgan va bu qiblagohi sharofatidan ekani Ali ibn Hasanning yetakchi ilm ahllaridan bo‘lganini anglatadi. Otasi vafotidan keyin Hakim Termiziy o‘z shahridagi nomdor olimlardan, asosan, tafsir, hadis va fiqh ilmlaridan saboq oladi. Uning termizlik muhaddislar Abu Muhammad Solih ibn Muhammad ibn Nasr Termiziy, Solih ibn Abdulloh Termiziydan hadis ilmini o‘rgangani haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilgan. Shundan so‘ngra, Fariduddin Attorning yozishicha, Hakim Termiziy ikki o‘rtog‘i bilan Bag‘dodga borib, ilm olishni niyat qilgan vaqtda to‘satdan onasi betob bo‘lib qoladi va unga: “Ey, o‘g‘lim, men bir mushtipar, zaifa ayol bo‘lsam, menga sendan bo‘lak boshpanoh bo‘lib yordam beradigan biror kimsa bo‘lmasa, mening butun borlig‘im faqat sen bilan bog‘liq bo‘lsa. Sen meni kimga tashlab ketmoqchisan?” – deb iltijo qiladi. Volidasining bu so‘zlari Hakim Termiziyga qattiq ta’sir qilib, ushbu safardan voz kechadi. So‘ngra, ushbu voqyeadan keyin talay vaqt o‘tgach, Hakim Termiziy Bag‘dodga borolmagani uchun g‘oyatda armon qilib, maqbaralardan birining yonida yig‘lab turganida uning yuzidan nur yog‘ilib turgan bir shayx paydo bo‘lib, undan nega yig‘layotganini so‘raydi. Hakim unga yuz bergan voqyeani gapirib beradi. Shunda shayx: “Istasang, men senga har kuni turli ilmlardan saboq beraman”, – deydi. Hakim bu taklifga darhol rozi bo‘ladi. Ana shu tahsil bir necha yil davom etadi va bu ustoz Xizr alayhissalom ekani ayon bo‘ladi. Uning bu saodatga erishishi volidai mushfiqasining duosi barokotidan bo‘lgan edi.

Bu hikoyatmi yo rivoyatmi, nima bo‘lsa ham, uning oilasi haqida muayyan darajada tasavvur beradi. Chunonchi, hikoyadan ma’lum bo‘lishicha, u ota-onasining yakkayu yagona farzandi bo‘lgan, onasining iltijosiga qaraganda, ularning oilasida Hakimdan boshqa unga qaraydigan kimsa bo‘lmagan. U o‘z onasiga mehribon bo‘lgani bois, uni boquvchisiz tashlab keta olmagan. Shuningdek, manbalarda uning oilaviy ahvoli, rafiqasining soliha, taqvodor, pokiza ayol bo‘lgani, oilada oltita farzand voyaga yetgani haqida ham ba’zi ma’lumotlar keltirilgan.

Hakim Termiziy ko‘plab ustozlardan ta’lim olgan. Uning birinchi ustozi, yuqorida zikr etilganidek, otasi Ali ibn Hasan Termiziy edi. Shuningdek, u Qutayba ibn Said Saqafiy Balxiy (767-854), sunnat va fazl sohibi deb e’tirof etiluvchi Solih ibn Abdulloh Termiziy Solih ibn Muhammad Termiziy, Sufyon ibn Vaqiy’ Ibn Jarroh, Abu Muhammad Ravosiy (vaf. 861), Hasan ibn Umar ibn Shafiq ibn Asmo’, Abu Ali Jarmiy Basriy (vaf. 845), Abu Homid Ahmad ibn Hizravayh Balxiy (vaf. 854), Xurosonning eng buyuk mashoyixlaridan, ilmi, futuvvati, zohidligi va taqvodorligi bilan alohida ajralib turgan Askar ibn Muhammad Hasiyn, Abu Turob Naxshabiy, YAhyo ibn Maoz Roziy (vaf. 872), asli Basra ahlidan YAqub ibn Shayba ibn Salt ibn Asfur Abu Sadusiy (vaf. 876) singari o‘z davrining benazir allomalari uning ustozlari sanaladi.

Hakim Termiziy amal qilgan o‘ziga xos sufiyona nuqtai nazar, uning tutgan fiqhiy yo‘li hadislarni rivoyat qilishda muhaddislarning an’anaviy yo‘llaridan bir qadar farq qilishi bilan ba’zi olimu ulamolarning e’tiroziga ham sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda aytish kerakki, Hakim Termiziyni muayyan bir sufiy maktabiga mansub etish ham qiyin, chunki u, yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, Xurosonning eng buyuk shayxlaridan sanalgan Abu Turob Naxshabiy va Ahmad ibn Hadravayh bilan yaqin munosabatda bo‘lgan, YAhya ibn Jalo’ Bag‘dodiy bilan hamkorlik qilgan, ayniqsa, Shom maktabining yirik shayxla­ridan biri Antokiyning asarlarini o‘zlashtirib, unga shogirdi darajasiga yetgan.

YUqorida bayon etilganlarga tayanib aytish mumkinki, alloma Hakim Termiziy o‘zining samarali ilmiy faoliyati jarayonida bir qancha bosqichni bosib o‘tgan. Binobarin, yozma manbalarga, birinchi navbatda, uning memuar tusdagi “Bad’i shaan Abi Abdulloh” nomli asariga tayangan holda muhaddisning hayot yo‘llarini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mum­kin:

Birinchi bosqich. Hakimning sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalik davri. Afsuski, biz uning ana shu davrdagi hayoti haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmasak-da, lekin taxmin qilish mumkinki, uning bola­lik yillari ko‘pchilik tengqurlariniki kabi odatdagiday har xil o‘yinlaru ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga boy bo‘lmagan. U o‘zini bolalik davridanoq ilmu ma’rifatning chigal so‘qmoqlarni yengib o‘ta­digan murakkab imtihonlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan har tomonlama tayyorlay boshlagan.

Ikkinchi bosqich Hakim Termiziyning sakkiz yoshidan to yigirma yetti yoshigacha bo‘lgan umrini qamrab oladi. Bu davrda uning afsonaviy ustozi bor imkoniyati va mahoratini Hakimni turli ilmlardan chuqur bilim olishiga sarflaydi, shunga astoydil rahnomalik qilib, unga o‘z inoyatini ko‘rsatadi. Garchand ushbu ustoz haqida aniq ma’lumotlar bo‘lmasa-da, u o‘z shogirdini faqat ilm yo‘liga, xususan, ilmu-l-asor va ilmu-r-ray kabi ilmlarni chuqur egallashiga qaratadi.

Ushbu ilmlar bilan shug‘ullanishni Hakim Termiziy hatto Makkaga – Baytulloh al-Haramga haj ibodatini ado etish uchun borayotganida Iroqda to‘xtab o‘tganida ham davom ettiradi. O‘sha paytda uning yoshi yigirma yettiga yaqinlashib qolgan edi. Aytish kerakki, aynan mana shu safarlar davomida turli olimlardan olgan bilimlari uning ilmiy hayotida sezilarli iz qoldirgan edi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, o‘z hayotining aynan shu bosqichida Hakim Termiziy hadis va fiqh ilmlariga alohida e’tibor bergan.

Hakim Termiziy hayotining uchinchi bosqichi Qur’oni karimni yod olish va uni teran o‘rganishdan iborat bo‘lgan. U Allohning kalomini yod olishga alohida ishtiyoq bilan kirishadi, kechani kunduzga ulab, uni yodlaydi, bu mashg‘ulotdan uning qalbi halovatu alohida zavq-shavqqa to‘ladi. U endi rabboniy ruhdagi asarlarga g‘oyatda berilib, ulardagi ibratli mav’izalar, oxirat ishlariga doir ma’lumotlar, tariqatga boshlovchi piri murshidlarning hikoyatlarini alohida qiziqish bilan o‘rganadi. Shu omillar ta’sirida aqliy yo‘nalishdan batamom ruhiy yo‘nalishga tavajjuh qiladi. Ana shu fikr-mulohazalarni jamlab, bu bosqichni Hakim Termiziy hayotidagi burilish davri deb atasak, ayni haqiqat bo‘ladi. Binobarin, o‘sha davrda u ibodatga batamom berilib ketadi. Uning o‘z ta’biri bilan aytganda, toki uning qo‘liga Antokiyning kitobi tushgunga qadar shu yo‘sinda hayot kechirgan, keyin esa Antokiyning fikrlaridan ta’sirlanib, o‘z nafsini riyozatu mashaqqatga tashlagan.

Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, tariqat yo‘liga kiruvchi solik biror piri murshidning etagidan ushlashi, unga muridlik qilishi, ma’lum muddat uning xizmatini qilib, tarbiyatida bo‘lmog‘i zarur. Shundagina u o‘z maqsadiga erishadi. Hakim Termiziy bu ta’limotga nisbatan boshqacha fikrda bo‘lganmi? Ha, uning fikricha, solikning ruhiy kamolotga yetmog‘i, eng avvalo, uning o‘ziga, jiddu jahdi, sa’y ko‘shishi, riyozatining sidqidildan ekani va uning uchun riyo­zat odatiy tusga aylanganiga bog‘liq.

Aslini olganda, Hakim Termiziy o‘z hayotida muayyan piri murshidning etagidan ushlamagan. Tariqatda uning kamolot cho‘qqisiga erishishida asosan Antokiyning “Qalblar davosi” kitobi yetakchi rol o‘ynagan. Shuning uchun ham, u murid tarbiya qilish, o‘z maslakdoshlarini orqasidan ergashtirib yurish kabilar bilan mashg‘ul bo‘lmagan. Hakim Termiziyda garchi muridlar bo‘lmagan esada, uning fikr-mulohazalariyu g‘oyalarini asrlar osha avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib kelgan o‘lmas asarlarining mavjudligi beqiyos darajadagi ilmiy-ma’naviy boylikdir. Buyuk alloma tariqat ilmining ta’limotlariga, yo‘l-yo‘riqlariga o‘zining bebaho asarlari va shogirdlari orqali aniqliklar kiritgan va o‘z navbatida, bu shogirdlar buyuk ustozining ishlarini davom ettirgan.

Aana shu jarayonlarda u o‘z tariqatini yaratdiki, natijada, kechalari uning atrofida ko‘plab izdoshlari va maslakdoshlari to‘planib, bahsu munozaralar uyushtiradi, duo va tazarrular bilan o‘z shuurlarini izhor qiladi. Aftidan, ayni munozaralar chog‘ida aytgan chuqur mazmun-mohiyatga ega bo‘lgan sufiylik ta’limoti haqidagi oshkora bayonotlari sababli diniy masalalarning ba’zi jihatlari, tasavvuf ilmlariga doir fikrlari ayrim olimlarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Natijada, Hakim Termiziy ustida gap-so‘zlar ko‘payib, uni havoyi gaplarga berilishda va bid’atda ayblay boshlaydilar. Ular tomonidan Hakim Termiziyga nisbatan bildirilgan e’tirozlarni umumlashtirib, quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. Hadis roviylari nazdida, Hakim Termiziy hadisshunos olim emas, uni rivoyatchilar toifasiga ham kiritib bo‘lmaydi. U o‘zining kitoblarida mavzu (soxta) hadislardan foydalangan, ularda hatto taniqli roviylar rivoyat qilmagan xabarlar ham uchraydi.
  2. Faqihlar e’tirozlariga ko‘ra, go‘yoki u ilmu-sh-sharia (shariat ilmi)ga ko‘pchilik ilm ahli qabul qilmaydigan zaif fikrlarni kiritgan.
  3. Mutasavviflar ilgari surgan qarashlarga binoan, u haqiqatga xilof ayrim masalalarda ayblanadi.

Oxir-oqibat, yuqorida zikr qilingan toifalarning harakatlari shu darajaga borib yetdiki, ayblovchilar Balx hokimiga xabar yuborib, Hakim Termiziyga nisbatan “adolat” o‘rnatishni so‘raydilar. Natija­da, Balx hokimi Allohga muhabbat haqida gapirmaslik xususida Hakim Termiziyning va’dasini olib, odamlarni tinchlantiradi. Mavridi kelganda aytish kerakki, bu zayldagi asossiz ayblovlardan nafaqat Hakim Termiziy, balki o‘sha davrdagi qator mutasavviflar ham chetda qolmagani haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilgan. Tarixchilar Tojuddin Subkiy, Sullamiyning yozishicha, olimning “Xatmu-l-anbiyo” va “Ilalu-sh-sharia” asarlarida valiylar haqida va shariatning ayrim masalalariga doir fikrlari sabab u ona shahri Termizdan chiqib ketishga va bir necha yillar Balx va Nishopurda yashashga majbur bo‘lgan.

Lekin ma’lum vaqtdan keyin mintaqada siyosiy vaziyat o‘zgarib, hokimiyatga ilm ahliga xayrixoh hukmdorlarning kelishi tufayli alloma Hakim Termiziy ona vataniga qaytadi, u o‘z salohiyati va fazilatiga munosib hurmat-e’tibor ko‘radi. Uning muxlislariyu shogirdlarining soni kundan-kunga oshib boradi. Shundan keyingina odamlar u haqda tarqatilgan mish-mishlarlar nohaq ayblovlardan boshqa narsa emasligini tushunib yetadi va unga nisbatan o‘z hurmatu ehtiromini namoyon qiladi. Mazkur bosqichdagi samarali faoliyati mobaynida, ehtimol, keyinchalik, olimlar “al-hakimiya va-t-termiziya” degan nom bilan atalgan alohida tariqatga asos solgan bo‘lsa, ajab emas. Hakim Termiziy­ning o‘zi ham bu davr haqida to‘xtalib, unda ko‘plab shogirdlari va izdoshlari paydo bo‘lganini ta’kidlaydi. Chunonchi, ushbu davrda uning shogirdlarining soni ko‘payib, mav’izayu ma’ruzalari yuksak kamolotga yetishdi, obro‘-e’tibori oshib, shonu shuhrati chor atrofga tarqaldiki, hatto yaqin o‘tmishda unga qarshi bo‘lgan guruhlar ham o‘z hurmatini bildira boshladi. Hakim Termiziyning shogirdlari ko‘p bo‘lganiga qaramay, tarix sahifalarida ular ism-shariflarining ba’zilari saqlanib qolgan, xolos: Abu Muhammad YAhyo ibn Mansur Qoziy (vaf. 960), Abu Mansur Ali ibn Abdulloh ibn Xolid Zuhliy Hiraviy, Abu Ali Hasan ibn Ali Jurjoniy, Ahmad ibn Muhammad ibn Iso, il­miy salohiyati va donishmandligi bois o‘z ustozi kabi Hakim degan yuksak laqabga sazovor bo‘lgan Abu Bakr Muhammad ibn Umar Hakim Varroq, Muhammad ibn Ja’far ibn Muhammad ibn Haysam ibn Umron ibn Burayda (vaf. 971) shular jumlasidandir.

Hakim Termiziy ilmiy faoliyatining keyingi ikki bosqichi g‘oyatda barakali bo‘lgan. Aynan shu davrda u keng omma bilan muloqot o‘rnatdi, atrofida ko‘p sonli shogirdlar va izdoshlar to‘plandi va eng muhimi, uzoq yil­lar davomida shakllangan qarashlari, fikr-mulohazalari va hayotiy tajribalari asosida o‘zining ko‘plab o‘lmas asarlarini yaratdiki, bu asarlar buyuk bir ma’naviy meros sifatida islom madaniyati, ayniqsa, tasavvuf ilmi taraqqiyotida salmoqli o‘rin egalladi.

Uni kamdan-kam olimlarga nasib qiladigan ko‘plab laqablar, jumladan, “ash-shayx”, “al-olim”, “al-alloma”, “muhaddis”, “az-zohid”, “al-hofiz”, ayniqsa, aksar hollarda, “al-imom” deb ataganlar. Bundan tashqari, Hakim Termiziy “al-muazzin” degan laqabga ham ega bo‘lgan. Albatta, ushbu laqablar uning ilmiy salohiyati g‘oyat yuksak bo‘lgani va bu hol ilmu irfon namoyandalarining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lganidan dalolat beradi. Binobarin, Ter­miziyga berilgan “al-Hakim” laqabining mazmunini talqin qilib, ba’zilar unga “tabib” deb ma’no bergan va shunga ko‘ra Termiziyni buyuk tabib deb hisoblagan. Aslida, “ta­bib” va “hakim” so‘zlari o‘rtasida muayyan umumiylik mavjud. Tabiblar, hakimlar haqidagi muhim qomusiy kitoblardan biri – Ibn Jaljalning “Tabaqotu-l-atibbo va-l-hukamo”ga murojaat qilinsa, unda “Buqrot” bobida bunday deb yozilgan: “Tabib bo‘lgan kishi ruhoniyati toza fazilatli, birodarlariga shafqatli, shakli chiroyli, kiyinishi ozoda, o‘z kasbini yaxshi egallagan, hakim, ya’ni aqli komil, hamma narsani hisobga oladigan va idrok etadigan bo‘lishi shart”.

Misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning yozishicha, Hakim Termiziy to‘rt yuzdan ortiq asarlar yaratgan bo‘lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. Eng muhimi, allomaning bizgacha yetib kelgan asarlari uning ilmiy merosining muhim qismini tashkil qiladi. Ulardan payg‘ambar alayhissalomning hadislariga bag‘ishlangan “Navodiru-l-usul fi ma’­rifat axbor Rasul” (“Rasululloh xabarlarini bilishning nodir usullari”) asarini aytish kerak. Bu asar, shuningdek, “Salvatu-l-orifin va bo‘stonu-l-muvahhadin” (“Oriflar ovunchog‘i va Allohning yagonaligiga ishonuvchilar bo‘stoni”) nomi bilan ham ataladi. 291 hadisdan iborat ushbu kitobda Hakim Termiziy o‘z mazhabiy qarashlarini mufassal sharhlagan. Mazkur asarning bir qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida, boshqa bir qo‘lyozmasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharq qo‘lyozmalari markazida (№ 10842) saqlanmoqda. Keyingi yillarda allomaning tasavvufga oid ikki asari nashr etildi. Ulardan biri “Kitob haqiqati-l-odamiya” (“Insoniyat haqiqati to‘g‘risida ki­tob”) va ikkinchisi “Adabu-n-nafs” (“Nafs odobi”)dir. Hakim Termiziy asarlarining aksariyati qo‘lyozma holda jahonning Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istambul va London kabi yirik shaharlaridagi qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanayotir.

Hakim Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlaridan biri “Xatmu-l-avliyo” (bu asar Hujvuriyning “Kashfu-l-mahjub” asarida “Xatmu-l-valoyat” shaklida kelti­rilgan) bo‘lib, unda tasavvuf tarixida birinchi marotaba “valoyat – valiylik” nazariyasiga va buning asosida “al-Hakimiya” maktabiga asos solingan. Uzoq yillar davomida yo‘qolgan kitoblardan hisoblangan “Xatmu-l-avliyo”ni 1965 yili Livanning poytaxti Bayrutda Parij ilmiy tadqiqotlar markazi islomiy madaniyat bo‘limi a’zosi Usmon Ismoil YAhyo nashr ettirdi. Valiylikning haqqoniyligi, shuningdek, uning nubuvvat va risolat bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlari muqaddima va 29 faslda savol-javob tarzida ta’lif etilgan “Xatmu-l-avliyo” kitobining bosh mavzusi hisoblanadi.

Unda Haqqulloh valiyligi, Xudoning da’vati va bandaning ijobati, avliyo va nabiylik ilmi, xotamu-l-avliyo va hotamu-l-anbiyo, nubuvvat va valoyat, avliyo alomati, shaytoniy xavotirlar va ilohiyning bekor qilinishi, muqarriblar (ahlu-l-qurba), bashorat, Qur’on va ruh, avliyo ahvolini inkor etuvchilar, saodat, muhabbat, ilohiy sirlar, hidoyat etilgan va tanlangan insonlar, jazba va zamon, soxta avliyo, amallar va darajalar kabi tasavvufda muhim sanalgan ko‘pdan-ko‘p masalalar ilmiy asosda teran tahlil etilgan.

Bu kitob valoyat masalasini birinchi marotaba mukammal nazariya va ajoyib maqolalar turkumi shaklida taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. U, aytish mumkinki, tasavvuf tarixida hakimiylar deb atalmish bir guruh mashhur sufiylar, xususan, Termiz va Balx atrofida shakllangan tasavvuf ahli uchun ma’naviy vasiyatnoma yoxud ta’lim dasturi sifatida xizmat qilgan. Bu asarning ovozasi o‘sha davr islom olamiga, Misru Tunisdan, Eronu Movarounnahrgacha, Halabu Shomdan Kichik Osiyogacha yetgan edi. Allomaning payg‘ambarlik va valiylik xususidagi, ayniqsa, uning tasavvufda valiylikning muhim o‘rni haqidagi qarashlarini keyinchalik islom olamida mashhur bo‘lgan buyuk faylasuf Ibn Arabiy (1165-1240) yanada rivojlantirdi. Hatto ushbu masalaga bag‘ishlangan qator asarlarida Ibn Arabiy Hakim Termiziy risolalaridan butun-butun sahifalarni so‘zma-so‘z ko‘chirib keltirgan hollari ham uchraydi.

Hakim Termiziy o‘sha davrda yashab (ayniqsa, IX asrda) faoliyat ko‘rsatgan ko‘plab buyuk muhaddislar kabi payg‘ambar alayhissalom hadislarini to‘plab, muayyan bir mavzu bo‘yicha maxsus asarlar yaratmagan bo‘lsa-da, ba’zi asarlarida mo‘min-musulmonlar uchun g‘oyatda foydali bo‘lgan e’tiqod, ibodat va muomalotga, shuningdek, odob-axloq va zohidlikka oid turkum hadislar keltirgan. E’tiborlisi, ana shu hadislar so‘ngroq qator muhaddislar asarlaridan ham o‘rin olgan. Ayni vaqtda, Hakim Termiziy hadis rivoyat qiluvchi roviylarga nisbatan qo‘shimcha talablar ham qo‘yganini aytish lozim: Buyuk muhaddis Imom Buxoriy roviylarga rostgo‘ylik, taqvo va omonat (ishonch) kabi shartlarni qo‘ygan bo‘lsa, Hakim Termiziy roviylar ma’no va ta’vilni ham mukammal bilishi shart deb hisoblagan.

Hakim Termiziy fiqh ilmini biluvchilarni, o‘zidan avval o‘tgan allomalardan farqli o‘laroq, ikki toifaga bo‘ladi: biri – ahkom masalalarini puxta egallagan qonunshunos mutaxassis; ikkinchisi – qalb bilan tushunib yetuvchi va idrok etish darajasiga yetgan haqiqiy faqih.

Kalom ilmiga Hakim Termiziy asarlarida alohida e’tibor berilgan bo‘lsa-da, biz uni yirik mutakallimlar safiga qo‘sha olmaymiz. Uning qator asarlarida islom faylasuflari (mutakallimlar) bilan bo‘lib o‘tgan bahsu munozaralar haqida talay ma’lumotlar uchraydi. Alloma o‘zining o‘tkir ilmiy mulohazalari bilan ba’zi mutakallimlarning xato-kamchiliklarini ochib tashlab, ularga nisbatan asosli, tanqidiy munosabatini bildirgan. O‘zidan ilgari o‘tgan tasavvuf olimlarining faoliyati ham Hakim Termiziyning sergak nazaridan chetda qolmagan, albatta. U ilgari surgan g‘oyalarga ko‘ra, eng yaxshi sifatlar – Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarni adolat bilan sharhlash; fiqh masalalariga g‘oyatda maqbul, mantiqiy nuqtai nazardan yondashuvchi kishilar – bular faqat mutasavviflar degan xulosaga keladi. Ayni vaqtda alloma bunday vaziyatlarda ehtiroslarga berilmay, beg‘araz, xolisona yo‘l bilan yondashish orqali islomga beminnat xizmat qilish mumkin deb hisoblagan.

Shunday qilib, Hakim Termiziy o‘zining ham Qur’oni karim ma’nosini talqin qilish, hadislarni sharhlash va fiqhiy masalalarga amal qilishda tasavvuf yo‘lidan borganligini ta’kidlaydi, tasav­vuf yo‘li kishi vijdoniga – qalbiga orom beradigan yagona yo‘l, deb talqin qiladi. Ana shu ta’limotni yaratgan Hakim Termiziy IX-X asrda islom dini ta’limotlarini ilmiy asosga tayangan holda yanada teranroq talqin qiluvchi, benazir shariat arboblaridan biri sifatida butun musulmon olamida shuhrat qozondi.

Hakim Termiziy to‘g‘risida aytilgan Alisher Navoiyning: “Muhammad bin Ali Hakimi Termiziy – ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Abdullohdur. Mashoyixi kibordandur va Abu Turob Naxshabiy va Ahmad Hizravayh va Ibni Jalla bila suhbat tutubdur va ko‘p hadisi bor va zohir karomati va tasonifi (yozgan asarlari) bor. Ul jumladin “Xatmu-l-viloya” kitobi va “Nahaj” kitobi, “Navodiru-l-usul” va bundan o‘zga ham kitoblari bor va zohir ulumida ham kutubi bor va bir tafsir (“Qur’on tafsiri”) ham ibtido qilg‘ondur. Ammo itmomig‘a (oxiriga) ular vafo qilmaydur…” hamda Xoja Bahouddin Naqshbandiyning: “Aziz avliyolarning peshvosi Xoja Muhammad ibn Ali Hakim Termiziyning ruhoniyotiga tavajjuhim tushganda, har safar menga ta’rif va tavsifdan xoli tasavvuf namoyon bo‘ladi”, – deb uning ruhoniy olamidagi yuksak martaba va maqomlari alohida lutf bi­lan ta’rif etilgan fikrlari ushbu so‘zlarni tasdiqlaydi.

Hakim Termiziy shaxsi, qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosiga munosabat istiqlol tufayli tubdan o‘zgardi. Uning bizgacha yetib kelgan asarlari ilmiy asosda tadqiq qilinmoqda, alloma xotirasiga bag‘ishlab tashkil qilingan kurash bo‘yicha xalqaro turnir 1993 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda va bu xayrli an’ana bundan keyin ham davom etishi shubhasiz.

Buyuk mutafakkir abadiy qo‘nim topgan maskan – Termiz shahri yaqinidagi Hakim Termiziy yodgorlik majmuasi muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning shaxsan tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan batamom qayta ta’mirlanib, hozirda yuksak me’morchilik namunasini o‘zida mujassam qilgan muhtasham ziyoratgohlardan biri sifatida, nafaqat yurtimiz ahli, balki xorijiy mehmonlarda ham katta taassurot qoldirmoqda.

Ubaydulla UVATOV, tarix fanlari doktori, professor

Ergash DAMINOV, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bosh mutaxassisi

.

O’qituvchining  ma’naviy qiyofasi

21.11.2016

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganiga keyingi yilda 20 yil to‘ladi. Odatda bunday sharoitda o‘tgan davrga bir nazar tashlanadi, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar sarhisob qilinadi. Tahlil qilish natijalari esa bizni yangi marralarga yetaklaydi, mavjud muammolarni hal etishga undaydi.

Darhaqiqat, mustaqilligimizning muazzam 25 yilida qay sohada bo‘lishidan qat’iy nazar erishgan barcha yutuqlarimiz zamirida ushbu dastur turibdi. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu haqida shunday degan edi: ”Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan eng katta ish haqida so‘rasa, men hech ikkilanmasdan Kadrlar tayyorlash dasturini qabul qilganimiz va amalga oshirganimiz, deb javob bergan bo‘lardim. Mazkur dastur ustida men juda ko‘p ishladim. Mana, bugungi kunda u o‘z hosilini beryapti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Men hozirgi vaqtda zamonaviy maktablarimiz, litsey  va kollejlarimiz, oliy o‘quv yurtlarimizda ta’lim-tarbiya olib, ilm-fan, kasb-hunar cho‘qqilarini egallab, hayotga hal qiluvchi kuch bo‘lib kirayotgan bolalarimiz timsolida buning amaliy tasdig‘ini ko‘raman va bunday farzandlarimga ishonaman” (Karimov I. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir.-Toshkent,2015-263 bet)

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda o‘qituvchi-murabbiylar oldiga katta vazifalar qo‘yildi, zero ta’lim-tarbiyaning sifati samaradorlik darajasi eng avvalo ularning iste’dodi, o‘z kasbiga nisbatan mehr-muhabbati, zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni anglab yetishiga bog‘liq. Shu o‘rinda mustaqillikning ilk yillarida maktablar, umuman, barcha ta’lim muassasalarida ahvolning o‘ta og‘irligi, o‘qituvchilarning “qorin g‘ami”da ishdan bo‘shab ketishlari, pirovard natijada ta’lim tizimining mutlaqo izdan chiqish xavfi paydo bo‘lganligini eslashimiz muhimdir.

Mana, o‘sha kunlar ham o‘tib ketdi. Bugun bundan 19 yil avval maqsad qilgan “portlash effekti” yuz berdi. O‘zbekistonda ta’lim tizimi mutlaqo yangi shakl va mazmunda shakllandi. Uning tajribasi xalqaro miqyosda o‘rganilmoqda. Ta’lim tizimidagi “portlash effekti” ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy mafkuraviy sohalarda ham aynan shunday “effekt”ni paydo qilmoqda.

Ushbu jarayon o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmadi. Bunda ko‘plab omillar ishtirok etgan bo‘lsada, ammo, asosiy vazifa, yuk pedagog-o‘qituvchilar zimmasiga tushdi. Bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki qanchalar darajada ta’lim muassasasining moddiy ta’minoti yaxshi bo‘lmasin, o‘quv laboratoriyalar, zamonaviy axborot kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmasin, agarki bu jarayonda o‘qituvchining ishtiroki talablar darajasida bo‘lmasa mazkur ishning natijadorligi past bo‘laveradi.

Shuning uchun ham ta’lim tizimining markazida uni harakatga keltiruvchi, yo‘naltiruvchi, ijodiy quvvat beruvchi – muallim hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda mehnat qilayotgan o‘qituvchi-pedagoglar o‘z salohiyati, bilim darajasi bilan o‘zlarining bundan 20-25 yil avvalgi kasbdoshlaridan tubdan farq qiladilar. Bugungi o‘qituvchining sifatlari to‘g‘risida fikr bildirganda avvalo ularning o‘z sohasini mukammal o‘rganishga bo‘lgan intilishini, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish yo‘lidagi tinimsiz izlanishlarini, o‘z malakalarini muttasil ravishda takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini alohida ta’kidlash lozim. Haqiqatdan ham o‘qituvchi bugun o‘z hududidagi eng ziyoli, eng obro‘li, eng faol, barchaga o‘rnak bo‘ladigan Shaxsga aylandi. Ular tashabbuskor, o‘z ustida tinmay ishlaydi, davlat siyosatini to‘g‘ri tushunadi, eng muhimi, ular mamlakat va millat taqdiri uchun zarur mutaxassislar ekanliklarini tushunadilar.

Ayni payda, ko‘p yuz ming kishilik o‘qituvchi-muallimlar orasida o‘zining tom ma’nodagi ma’naviy qiyofasini topa olmayotgan, tobora tezlashib borayotgan zamon talablaridan ortda qolayotganlar ham borligini esdan chiqarmaslik muhimdir. Yana hujjatlarga murojaat qilaylik. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi, demokratik xarakterdaligi, ta’lim tizimining dunyoviyligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mazkur hujjatda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lganlargina pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egaligi qayd etiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda-pedagogning ijtimoiy- madaniy,mafkuraviy qiyofasi chizib borilgan.

Ta’limning turli tizimlari o‘qituvchi-murabbiylari bilan bo‘lgan uchrashuvlar, suhbatlar chog‘ida, afsuski, ayrim domlalarimiz talab etilgan “qiyofa”ga erishmaganliklarini ko‘rish mumkin. Aslida bundaylar barcha davrlarda va jamiyatlarda “mehnat qiladilar”, borliklarini sezdirib turadilar. Shu o‘rinda ulug‘ shoir CHo‘lponning “Adabiyot nadir?”, deb nomlangan maqolasidagi quyidagi fikrga murojaat qilishni ma’qul ko‘rdik: “Bizni ulamo va eshonlarimiz to‘n kiymoqdan, avomlarimiz choyxonalarga chiqib choy ichmoqdan  va ziyolilarimiz esa Ovro‘po kiyimlaridan va qiymatlik papiro‘slaridan lazzat olurlarki, “adabiyot nima?” desang, javobida yuqorida aytilganiga “ya’ni, masalan”dan boshqa javoblari yo‘qdir. Mana shuning uchundirki, kundan-kunga ruhimiz tushib, keladirg‘on istiqbolimizga umidsiz qarab, boshqa millatlar kabi shod va umidli yashamaymiz va bizda shodlik ruh bo‘lmagani uchun bir ishni qilamiz deb endi o‘ylaganimizda o‘y yo‘q-fikrlar chochilib, aqllarimiz parishon bo‘lib ketar” (CHo‘lpon. Adabiyot nodir.-Toshkent,1994-37 bet)

Buyuk mutafakkir CHo‘lponning  ushbu fikrlarida, shubhasiz, katta haqiqat bor. Ayrim ziyolilarimiz, xususan, o‘qituvchi-murabbiylar bilan  gaplashganda aynan CHo‘lpon so‘zi bilan aytganda “fikrlar chochilib” ketganligini, bu narsa esa “aqllarimizning parishon bo‘lishi”ga olib kelayotganini ko‘rish mumkin. Abdurauf Fitrat esa o‘zining chuqur tahliliy-tanqidiy asari – “Hindistonda bir farangi va Buxaroli mudarrisning jadid maktablari hususida qilgan munozarasi”da “kim tarbiyasizning qo‘lida katta bo‘lsa, u tarbiyasiz o‘sadi” (Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild.-Toshkent,2000.-90-bet), degan fikrni olg‘a surdi.

Ho‘sh, nima uchun biz buyuk ijodkorlar – CHo‘lpon va Fitratlarning yuqoridagi fikrlariga diqqatni qaratdik? Maqsad bitta-bugungi O‘zbekistonda o‘z kasbiga mehr qo‘yib, barcha ma’suliyatni zimmasiga olgan yuz minglab o‘qituvchi-murabbiylar orasida, afsuski kam bo‘lsada uchrab turadigan ba’zi “ziyolilar”ning ma’naviy qiyofasi qaysi omillar asosida shakllanishi lozim ekanligini eslatib qo‘yish xalos. Zero, har qanday jamiyatda uning eng nufuzli, barcha taqlid qiladigan, o‘rnak oladigan kishisi-o‘qituvchi-murabbiydir. O‘zbekistonda esa bu narsa alohida ahmiyatga ega.

Ho‘sh, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi qanday shakllanadi, uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat, ushbu jarayonda ustuvor ahamiyat beriladigan yo‘nalishlar nimalardan tarkib topadi?

Fikrimizcha bugungi o‘qituvchi ma’naviy qiyofasini eng avvalo jamiyat, uning qonuniyatlari, barpo etilayotgan mamlakat hakidagi bilimlar bilan to‘ldirish lozim. Demokratik, huquqiy, insonparvar davlat bilan totalitar-mustabid, ma’muriy – buyruqbozlikka asoslangan mamlakatni, dunyoviy davlatning diniy davlatdan farqini bilmasdan, mamlakat konstitutsiyasi, uning asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning  asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi kabi masalalar to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmagan o‘qituvchini ma’naviy jihatdan yetuk Shaxs deyish qiyin. Ayniqsa 2010 yil noyabr oyida qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ni, uning barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan ochiq demokratik huquqiy davlat barpo etish, inson, uning manfaatlarini himoya etish borasidagi ahamiyatini anglab yetmasdan har qanday kishi o‘zini ma’naviy jihatdan shakllangan, deyishga haqqi yo‘q. Bu narsa, ayniqsa, o‘qituvchi-murabbiylarga ko‘proq tegishli hisoblanadi.

Shu ma’noda o‘qituvchining  zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlarni chuqur, har tomonlama o‘rganishi talab etilishini qayd etish lozim. Ayniqsa, tarix, falsafa, adabiyot, madaniyatshunoslik, ma’naviyat asoslari kabi fanlar o‘qituvchi ma’naviy qiyofasini shakllantirishning muhim omilidir. Ming afsuslar bilan tan olib aytish lozimki, Alisher Navoiy va Bobur g‘azallarini yod olmasdan, ularni tahlil etish darajasiga yetmasdan filologiya fakultetlarini bitirib, “O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi” degan ixtisoslikka egalar kammi?

Shu nuqtai nazardan, men o‘qituvchi ma’naviy qiyofasini shakllantirishda milliy madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, an’anlarimizni chuqur va puxta o‘zlashtirish ustuvor ahamiyatga ega ekanligini qayd etmoqchiman. Buning uchun, fikrimcha, dastlabki metodologik-konseptual manba sifatida 2014-yil 15-16 may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya hujjatlari, ayniqsa, mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mazkur anjumandagi ma’ruzasi bilan  tanishish muhimligini eslatishni lozim topdim.

Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi matematik, astronomlar, Abu Ali ibn Sino kabi tabib-donishmandlar, Nizomiddin Shomiy, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi tarixchilar, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Faxriddin Roziy singari faylasuflar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Zaxriddin Muhammad Bobur, Mahmud Qoshg‘ariydek adiblar, tilshunoslarning asarlari bilan oziqlanmasdan turib o‘qituvchi o‘z ma’naviy olamini shakllantirishi qiyin. Ho‘sh, yuqorida nomlari tilga olingan buyuk zotlar, mutafakkirlarning bizga qoldirgan buyuk merosi nimadan iborat? Eng avvalo o‘z vatani va xalqiga sodiqlik, adolatli jamiyat barpo etish, komil insonni tarbiyalash o‘rta asrlar Sharq allomalarining ma’naviy-ahloqiy qiyofasini tashkil etgan. Ana shu an’analarning davom etishi esa bugungi zamonaviy o‘zbek o‘qituvchisi – murabbiyining eng ustuvor maqsadi bo‘lishi lozim.

O‘qituvchining ma’naviy qiyofasi tizimida e’tiqod masalasi alohida o‘ringa ega. Ma’lumki, e’tiqod inson o‘zi tanlagan maqsadini, ishongan qadriyatini tafakkur tarzi orqali yengilmas kuchga aylantirish vositasi hisoblanadi. E’tiqod o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, shakllanmaydi. Nazarimizda, inson e’tiqodini shakllantirishga ko‘mak beruvchi quyidagi omillarni e’tiborga olish to‘g‘ri bo‘lardi: bilim, g‘oya, tajriba, ehtiyoj va hissiyot. Ushbu omillarning mushtarakligi, shubhasiz, insonda yuksak e’tiqodni shakllantiradi. Insoning kuchi, qudrati uning e’tiqodida bilinadi.

O‘qituvchi ma’naviy qiyofasining muhim bo‘lagini ham e’tiqod tashkil etadi. E’tiqod kelishuvchanlik, moslashuvchanlikni inkor etadi. Shu ma’noda o‘quvchi o‘qituvchining faqat va faqat o‘z e’tiqodiga suyangan holda bergan bilimigagina ishonadi. O‘qituvchining e’tiqodi teran fikr, voqyea-hodisalarni ilmiy jihatdan tahlil etish asnosida yuzaga kelgan xulosa natijasida shakllanadi. Darsda, rasmiy davralarda mustaqillik, ozodlik to‘g‘risida saboq berib, ko‘chada, norasmiy davralarda sovet davrida gugurtning bir tiyinligini, Moskvaga samolyot chiptasi narxi 56 so‘m ekanligini gapirishi bunday “domla”ning nafaqat sovet davrini qo‘msashi, ayni paytda, uning e’tiqodsizligidan darakdir. Bugungi o‘quvchi oq bilan qorani, to‘g‘ri bilan noto‘g‘rining farqini juda tez ilg‘aydi. E’tiqodi sust o‘qituvchining gapiga u ishonmaydi, undan bezadi.

O‘qituvchining e’tiqodini bezaydigan yana bir muhim omil bor. Bu uning go‘zal fe’l-atvoridir. Fe’l-atvor inson tomonidan egallangan bilim bilan bevosita bog‘liq bo‘lsada, ammo u ko‘proq ajdodlar merosi, ota-ona, oila tajribasiga ham bog‘liqdir. Husayn voiz Koshifiy insondagi go‘zal fe’l-atvorning nishonasini 10 narsada ko‘radi. Ular quyidagilardan iborat: birinchi nishonasi – yaxshilik; ikkinchisi – insofli bo‘lish; uchinchisi – boshqa odamdan ayb qidirmaslik; to‘rtinchisi biror kishida nojo‘ya harakat ko‘rsa, uni yaxshi yo‘lga boshlash; beshinchisi – bir odam o‘z aybiga iqror bo‘lib uzr etsa, uzrini qabul qilish; oltinchisi – boshqalar uchun mashaqqatni o‘z ustiga olish; yettinchisi – faqat o‘z manfaatini emas, o‘zgalar va jamiyat manfaatini ham hurmat qilish; sakkizinchisi – ochiq yuzli, shirin so‘zli bo‘lish; to‘qqizinchisi – muloyim va tavozeli bo‘lish; o‘ninchisi – muhtojlarning hojatlarini chiqarish. (Durdonalar xazinasi. – Toshkent, 1999. 8-bet).

Shubhasiz, yuqorida sanab o‘tilgan xislatlar har bir insonning, ayniqsa, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasini to‘ldirib turishi muhimdir. O‘qituvchining yutug‘i o‘zi bergan bilimning qumga singib ketgan suv kabi yo‘qolishini emas, aksincha, uning real hayotdagi ro‘yobini ko‘rishidadir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, kimki, jumladan, o‘qituvchi o‘z fikri, mulohazasi, g‘oyasining real kuchga aylanganligini o‘z o‘quvchisining bilimi, to‘g‘ri hatti – harakati, tevarak – atrofga munosabatida ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lsa, unday kishini o‘z maqsadiga erishgan sifatida baholash mumkin. Konfutsiyning shogirdlaridan biri Zijang o‘z ustozidan inson o‘zining ta’limotini qay yo‘sinda hayotga tadbiq etishi mumkinligini so‘raydi. Ustoz esa shunday javob beradi: “So‘zlaganda samimiy va rostgo‘y bo‘lsang, harakatlaringda mehribon va ehtiromli bo‘lsang, hatto yovvoyi xalqlar mamlakatida ham ta’limotingni tadbiq eta olasan. So‘zlaganda samimiy va rostgo‘y bo‘lmasang, harakatlaringda mehribon va ehtiromli bo‘lmasang, hatto o‘zingning yeringda ham ta’limotingni yurgaza olmaysan”. (Konfutsiy. Suhbat va mulohazalar. – Toshkent, 2014.-145-bet)

O‘qituvchining ma’naviy qiyofasi, ta’bir joiz bo‘lsa, aytish kerakki, mamlakat va millatning taqdirida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bu gap bejiz aytilmadi. Gap shundaki, o‘qituvchi o‘z e’tiqodi, o‘zining savob va foydali ishlarga safarbarligi nuqtai-nazaridan turli e’tiqodli, dunyoqarashli, ba’zan bir-biriga zid fe’l-atvorli yoshlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ana shunday holatda undagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik, yangilikka intilish kabilar yosh yigit-qizlarning kelajakdagi taqdiriga ta’sir etadi. Bas, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasida yaxshilik, ezgulik, adolat, haqiqat kabi ijobiy sifatlar jamlangan ekan, u avvalo har bir bolada Shaxsni ko‘rishi lozim. Iqtidorsiz, iste’dodsiz bolaning o‘zi yo‘q. Ma’naviy jihatdan boy o‘qituvchi qiyinchiliklar bilan bo‘lsada, u yoki bu yosh yigit-qizda, bolada uning iste’dodini ochishga o‘zini yo‘naltira, safarbar eta olsagina, bu yo‘lda jasorat ko‘rsata olsagina u vijdoni oldida o‘zini pok hisoblashi mumkin.

Biz bu yerda jasorat to‘g‘risida bekorga so‘z yuritmadik. Odatda jasorat so‘zi insonning jismoniy hatti – harakatlari, mehnat jabhasida, urushlardagi faoliyatini belgilovchi mezonlardan biri. Lekin, jasorat so‘zini ma’naviy hayotdagi o‘rni juda katta ekanligini esdan chiqarmaslik muhim. Bekorga mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu dunyodagi eng buyuk jasorat sifatida ma’naviy jasoratni qayd etmagan. “Biz – degan edi I.Karimov, – boy tarix, yuksak madaniyat, buyuk ma’naviyat vorislarimiz. Qadimiy tariximizni har tomonlama o‘rganib, shunday xulosaga kelish mumkinki, eng qaltis va tahlikali davrlarda mamlakatimizga umid va ishonch bergan, uni yovlarga qarshi kurashga undagan, ajdodlarimizni ilmiy kashfiyotlar, harbiy zafarlarga, ma’rifat mash’alini baland ko‘tarib jaholatga qarshi chiqishga chorlagan beqiyos kuch ham aynan ma’naviy jasorat tuyg‘usidir”. (Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 2008. – 163-bet)

Ushbu fikrlarning tubida ayni haqiqat yotibdi. Demak, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi uning ma’naviy jasorati asosida shakllanadi. Tor darajada o‘ylash, fikrlash, ijtimoiy faolsizlik, yangilikka qiziqishning sustligi, haqiqatni anglab yetishdagi sabrsizlik – bularning bari ma’naviy jasoratni so‘ndiradi. Shu ma’noda respublika va jahon miqyosidagi fan olimpiadalar, tanlovlarda o‘quvchisi g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilar, har kuni o‘z shogirdlariga ilm-fanning yangiliklarini o‘rgatishga, ularda cheksiz millatparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishga o‘zini mas’ul deb bilgan har qanday ustoz – muallim aslida ma’naviy jasorat ko‘rsatgan insondir.

Fikrimizcha o‘qituvchi – muallim ma’naviy qiyofasining shakllanishiga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri bu – uning o‘ziga qo‘yadigan talabidir. Qachonki inson o‘ziga yuksak talablar qo‘ymas ekan, unda o‘zidan qoniqish hissi paydo bo‘laveradi. Talab har birimizda sog‘lom ehtiyojni yuzaga keltiradi. Shu ma’noda kimki o‘ziga yuksak talablar qo‘ysagina u o‘zining tom ma’nodagi mukammalligiga erishishi mumkin. Bu gapning mazmuni shundan iboratki, bugungi dunyo tobora o‘zgarib bormoqda. Globallashuv hayot sur’atlarini tezlatib yubordi, mamlakatlar taqdirida bir-biri bilan bog‘liqlik jihatlari ko‘payib ketmoqda. Bir mamlakatning muammosi tezlikda boshqa mamlakat muammosiga aylanmoqda. Shu tarzda yashash, tirikchilik muammosini hal etish, tinchlik – xotirjamlikni ta’minlash uchun go‘yoki musobaqalar boshlangandek. Haqiqatdan ham shunday.

Bunday musobaqada xafsalasizlik qilgan, o‘zining bugungi holatidan qoniqqan har qanday davlat, millatning kelajagini tasavvur etish qiyin emas. Ana shunday sharoitda mamlakat va millatning taqdiri ko‘p jihatdan bugungi dunyo manzarasidan habardor yoshlarni tarbiyalaydigan o‘qituvchining ma’naviy qiyofasiga bog‘liq. Bugun o‘qituvchi o‘zining professional-kasbiy mahorati yetishmay qolayotganligini anglab yetsa, o‘zi ta’lim-tarbiya bergan o‘qituvchisining bilim saviyasi past ekanligini bilsa, jamiyatda muayyan muammolarning mavjudligiga o‘zining shaxsiy mas’ulyatsizligini sezsa- shundagina u o‘z ma’naviy qiyofasini shakllantirish uchun o‘ziga yuksak talablar qo‘ya oladi.

O‘qituvchi bugun o‘ziga yuksak talabni qo‘yishga haqqi bor. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar tufayli jahon andozalari darajasida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish imkoni tug‘ildi. Bunday muassasalarning moddiy-texnik bazasi yaratildi, ularning o‘quv-laboratoriyalar bilan ta’minlanishi toboro yaxshilanib bormoqda. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodi yaratildi. Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi. Endigi asosiy vazifa esa o‘qituvchining o‘ziga qo‘yadigan talabi bilan bog‘liq.

Aslida bunday talab ham o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Buning uchun har bir o‘qituvchida tashabbusga intilish, ijtimoiy faollik, Vatan va millat taqdiriga o‘zining mas’ulyatini sezish bilan birga ichki ijodiy qudrat ham bo‘lishi lozim. Nemis mutafakkiri Gyote shunday deydi: “Inson botinida ijodiy qudrat mavjud: u kashf etilishi lozim bo‘lgan narsani topishga qadir. Bu qudratni u yoki bu tarzda namoyish etmagunimizcha, u bizga tinchlik bermaydi” (Gyote. Hikmatlar. – Toshkent, 2010. – 10-bet). Haqiqatdan ham shunday. Biz ko‘pincha “Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir”, degan o‘zbek xalq maqolini bilamiz-u unga doim amal qilmaymiz. Gap shuning ustida ketmoqdaki, shunday o‘quvchilarimiz borki, ularda bitmas-tuganmas energetika, qobiliyat bor. Ba’zan, o‘qituvchilarning faolsizligi natijasida undagi mazkur sifatlar ochilmay qoladi. Ana shunday paytda o‘qituvchining ijodiy qudrati zarur bo‘ladi. Bunday qudrat aslida o‘qituvchining ma’naviy qiyofasiga kuch bag‘ishlaydi, uni yanada nurlantiradi. O‘qituvchining ijodiy qudrati o‘quvchining iste’dodini ochishga kalit, yo‘q hisoblanadi.

O‘qituvchining ma’naviy qiyofasi hususida fikr bildira turib uning faoliyatida ijod masalasi alohida o‘rin egallashini aytmaslik xato bo‘ladi. Ha, darhaqiqat, o‘qituvchi ijodkor. Ijod qilish, kashf etish, yangilik yaratish inson tabiatidagi eng katta mo‘’jiza hisoblanadi. Inson yopiq jamiyatda ijod qila olmaydi. Shu ma’noda sovet mustabid tizimi sharoitida, ya’ni yopiq jamiyatda uning a’zolari, ayniqsa o‘qituvchilar o‘zlarining ijodkorlik kuchidan mahrum bo‘ldilar, moddiy manfaatlarga intilib yashashga ustuvor ahamiyat berildi.

Umuman, insonning, hususan, o‘qituvchi-murabbiylarning ma’naviy qiyofasi jamiyatda tarkib topgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy muhitga ko‘p jihatdan bog‘liq. Odatda mustabid jamiyatlarda, yuqorida qayd etilgani kabi, yopiq muhitlarda Millatning eng ziyoli qatlami hisoblangan qismi o‘qituvchilar faoliyati mafkuraviy jihatdan kuchli nazoratda bo‘ladi. Bu narsaga barchamiz guvohmiz. Ammo, mustaqillik yillarida jamiyatning o‘zi o‘qituvchi ma’naviy qiyofasini shakllantirishdan manfaatdor bo‘lmoqda. Bu – ochiq jamiyatning talabi hisoblanadi.

Bugun, mustaqillikning chorak asrini nishonlayotgan shu pallada o‘qituvchi-muallimning tom ma’nodagi ma’naviy qiyofasi shakllanib bo‘ldi. Uning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Millat va Vatan manfaatini o‘z manfaati bilan uyg‘unlashtirish, yuksak e’tiqod va fuqarolik pozitsiyasi, ochiqlik, ijtimoiy faollik, yoshlar iqtidori va iste’dodini ochishdan manfaatdorlik, o‘zining kasbiy mahoratini oshirishga moyillik va boshqalar.

Buyuk mutafakkir shoirimiz Mir Alisher Navoiy shunday degan edi: “Ilmda zamonasining yagonasi bo‘lsa-yu, johillarga qarshi kurashmasa, bundan nima foyda?” (Alisher Navoiy. Hikmatlar. – Toshkent, 2014. – 118-bet). Juda to‘g‘ri o‘ylab topilgan fikr. Bugun O‘zbekistonlik o‘qituvchi-murabbiylar ham ilmda zamonasining ilg‘orlari, ham o‘z bilimlarini millat va mamlakat kelajagi bo‘lgan yoshlarga berishdan manfaatdor bo‘lgan insonlardir. Aslida ularning ma’naviy qiyofasi O‘zbekistonning bugungi kundagi qiyofasining, toboro o‘zgarib, rivojlanib borayotgan mamlakatimiz qiyofasining aksidir.

Tarix fanlari doktori, professor  

Abduxalil  Mavrulov

Ustoz va shogird: manfaatlar uyg‘unligi

20.10.2016

Bu dunyoda nima ko‘p – ixtisosliklar, mutaxassisliklar ko‘p. Ularni sanab adog‘iga etmaysan. Ijtimoiy taraqqiyot, ilm-fanning rivoji shu darajaga etdiki, avvalari bizning hayolimizga kelmagan, bir-biridan turfa sohalar paydo bo‘lmoqda. Bundan ikki ming yil avval faqatgina falsafa degan fanning o‘zigina bo‘lgan bo‘lsa, bugun shu falsafaning o‘nlab sohalari yuzaga keldi. Bu – bitta gap.

Ikkinchi gap ana shu oddiy sohalar, ilm-fann yo‘nalishlari bo‘yicha hizmat qilayotganlar, ter to‘kayotganlar bilan bog‘liq. Ularni biz oddiy so‘z bilan Ustoz va SHogirdlar deb ataymiz. Bu yorug‘ jahonda qancha ishlab chiqarish, kasb-hunar, ilm-fan sohasi bo‘lsa, ularning barida o‘z ustozi va shogirdi bor. Darhaqiqat, oddiygina, soddagina nom bilan tilga olinadigan bu so‘zlar o‘ta muqaddas, ayni paytda, juda katta mas’ulyatni o‘z bo‘yniga oladigan tushunchalar hisoblanadi.

Biz bugungi kunda, O‘zbekiston davlat mustaqilligining 25 yillik bayramini nishonlayotgan davrlarimizda istiqlol tufayli muqaddas nomlari tiklangan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi yirik davlat arboblari,Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk ilm daxolari, Alisher Navoiydek mutafakkir shoirlarimizning ham o‘z ustozlari borligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu atamaning nechog‘lik katta ahamiyatga ega ekanligini yana ham terangroq anglaymiz. Haqiqatdan ham, biz bugun ushbu muborak nomlarni eslar ekanmiz, ularni ilm-fan, siyosat, kasb-hunar yo‘lida ilk qadam tashlashlariga ko‘mak bergan ustozlari bo‘lgan ekanliklari unutmasligimiz lozim.

Ushbu satrlarni yoza turib o‘tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmidagi voqealarni esladim. O‘sha davrlarda “domla”, “ustoz” degan muqaddas so‘zlar ham qatag‘on qilindi. Ayniqsa diniy ma’rifat kuchli siquvga olindi. Maschitlar, madrasalar berkitildi, ular turli xil maqsadlarda foydalanildi. “Din afyun” deb e’lon qilinishi oqibatida odamlarni yaxshilikka boshlovchi ustozlar faoliyatiga chek qo‘yila boshlandi.

Ayniqsa, maktab o‘qituvchilarining ahvoli og‘irlashdi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, deb nomlangan asarida o‘sha voqealarni “qadriyatlarning qadrsizlanishi”, deb baholangan edi. Bu – o‘ta to‘g‘ri tashxis edi. CHunki, qadriyatlarning qadrsizlanishi eng avvalo o‘sha davr siyosiy maddohlarining diniy-ma’rifiy merosimizga qilingan xurujlarida yaqqol ko‘ringan edi. Qolaversa, adolatsiz siyosat, tirikchilik g‘ami, ertangi kunga ishonchning yo‘qolishi – bularning bari ilm-fan sohasidagi qator yirik olim-ustozlarning, ta’lim tizimida mehnat qilayotgan minglab, o‘n minglab ustoz-o‘qituvchilarning o‘z kasbini tashlab ketishga majbur qilgan edi.

Mamlakat mustaqillikka erishgan ilk kunlardanoq Islom Karimov jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi buyuk kuch ustozlar ekanligini bot-bot takrorlay boshladi, ularga faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratila boshlandi. SHu o‘rinda 1997 yilda qabul qilingan kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘grisida”gi Qonunni eslamaslik mumkin emas. O‘shanda mamlakatning birinchi rahbari Islom Karimov o‘qituvchi-ustozlarga yuksak baho berib, ularning fidokorona mehnatisiz hech qanday ijtimoiy taraqqiyot, rivojlanish, yuksalish, ta’lim sohasida “portlash effekti” bo‘lishi mumkin emasligini qayd etdi.

Eng muhimi, 12 yillik majburiy, bepul ta’lim joriy etildi. Har bir yigit-qizga 2-3 tadan mutaxassislik olish imkoniyati yaratildi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ixtisoslikka erishish uchun katta pul sarflab, harakat qilish lozim bo‘lib turgan bir davrda, O‘zbekistonda har bir yosh yigit-qizga o‘z qiziqishiga qarab bepul ta’lim, mutaxassislik berilishi juda katta imtiyoz edi. YOshlarimizga hunar olish, mutaxassislikka ega bo‘lish imkoniyatining yaratilishi, ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerakki, fenomen hodisa edi.

Aslida, hunar egallash o‘zbek milliy harakterining muhim jihati hisoblanadi. Mir Alisher Navoiy bu haqda shunday deydi: “Olamdan g‘amsiz o‘tay desang ilmu hunar o‘rgan. Dunyodan kamolatga etishmay o‘tish hammomdan toza bo‘lmay chiqishning huddi o‘zi” (Alisher Navoiy. Hikmatlar. Toshkent, 2014. – 80 -bet). Darhaqiqat, hunar insonni ulug‘laydi, uni yuksaklikka ko‘taradi. Hunarning esa katta kichigi, obro‘lisi, obro‘sizi bo‘lmaydi. SHuning uchun ham har doim hamma o‘z kasb-korining ustasi bo‘lishga harakat qilishadi.

Ana shu kasb-hunarni o‘rgatuvchi odatda ustoz nomi bilan ataladilar. Aslida ustoz so‘zi kishilarga kasb-hunar o‘rgatuvchi, unda yuksak insoniylik sifatlarini shakllantiruvchi ma’nolarni bersada, ayni paytda, o‘zbek milliy qadriyatlarida ustoz otadek ulug‘ maqomga ega. “Eti sizniki, suyagi bizniki”, degan ibora ham aslida o‘zbek milliy qadriyatlariga xos. Ustozga mehr ko‘rsatish, uning hurmatini joyiga qo‘yishda bu dunyoda o‘zbekka etadigani yo‘q.

Bundan tashqari, ustoz so‘zi shunchalik qadrli va e’zozliki, u ko‘plab holatlarda pir, domla, imom, shayx kabi atamalardan kam ahamiyatga ega emas. SHu nuqtai nazardan, ustozning ham qator mas’ulyatlari borligini yoddan chiqarmaslik lozim. Buni diniy ma’rifatda ko‘pincha ustoz ruknlari ham deyish mumkin. Keling, yaxshisi, buni Husayn Voiz Koshifiyning 500 yildan beri axloq-odob dasturi sifatida katta qiziqish bilan foydalanib kelinayotgan asarlarida bayon etgan shayxlik ruknlari asosida ko‘rib chiqaylik.

Mutafakkirning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud Javonmardlik tariqati” asarida shunday yoziladi: “Agar shayxlik rukunlari nechta, deb so‘rasalar, ettita deb aytgil. Birinchidan, Komil ma’rifat egasi bo‘lsin, ya’ni o‘zini tanigan bo‘lsin. Ikkinchidan, o‘tkir farosatli, odamshunos kishi bo‘lib, bir nigoh tashlash bilan muridning qobilyatini ilg‘ay olsin. Uchinchidan, etuk ruhiy ma’naviy quvvati bo‘lsin, toki murid (tariqat yo‘lida adashsa), unga ma’naviy madad berib, mushkilini oson qilolsin, to‘g‘ri yo‘lga solsin. To‘rtinchidan, etarli darajada erkin odam bo‘lsin, ya’ni hech narsaga muhtojligi bo‘lmasin. Beshinchidan, ixlosi mustahkam bo‘lib, riyo va tama’ni tark etsin, mol va mansab deb birovga sarg‘aymasin, egilmasin. Oltinchidan, rostlik va beg‘araz do‘stlikni shior qilsin, haq so‘zni har erda, har qanday sharoitda ayta olsin, gapirganda ikkiyuzmachilik qilmasin. Ettinchidan, qalbida shafqat nuri porlab tursin, murid manfaatini va umum manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ysin” (Husayin Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy. Ahloqi Muxsiniy. – Toshkent, 2011. – 35-bet.).

O‘zbek milliy madaniy qadriyatimizda ustozga ehtirom juda kuchli ekanligini avval aytgan edik. Haqiqatdan ham, ustoz buyuk maqomga, o‘lchab bo‘lmaydigan obro‘-e’tiborga ega zot hisoblanadi. Bekorga ushbu ulug‘ zotga komil ma’rifat egasi, mushkullarni osonlashtiruvchi yo‘lni tanlovchi, o‘z shogirdiga ruhiy-ma’naviy kuch bag‘ishlovchi maqomi berilmagan.

Umuman, ustoz-shogird an’anasi insoniyat yaratilibdiki, o‘zini namoyon etib kelmoqda. CHunki, inson bor ekanki, u adashadi, o‘ziga to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishda qiynaladi, to‘g‘ri maslahatga muhtojligi seziladi.  Ana shunday holatda ustozning o‘rni yaqqol ko‘rinadi. Xitoylik faylasuf Konfutsiy ustoz har doim to‘rtta illatga qarshi kurashishi lozimligini ta’kidlaydi. Birinchidan, ustoz asossiz taxmin-gumonlarga berilmasligi, ikkinchidan, u yoki bu fikrga uzil-kesil da’vo qilmasligi, uchinchidan, rasmiyatchilikka va o‘jarlikka berilmasligi, to‘rtinchidan, faqat o‘z shaxsini o‘ylamasligi lozim.

Konfutsiy ustozning ijtimoiy portretini juda ishonarli va chiroyli tarzda shakllantira olgan. YAn YUan nomidan shunday deydi: “Ustozning ta’limotiga boshimni ko‘tarib qancha boqsam, shuncha baland bo‘lib ko‘rinaveradi. Qancha ichiga kirib borsam, shunchalik chuqurlashib boraveradi. Bir qarasam xuddi ro‘paramda turganday bo‘ladi va to‘satdan yana orqamga o‘tib qoladi. Ustoz bizni qadam – baqadam ilhomlantirib boradi. U mumtoz asarlar yordamida bilimimni boyitadi, axloq qoidalari bilan harakatlarimini jilovlaydi. Men olg‘a qadam tashlashni to‘xtatmoqchi bo‘lamanu, lekin bor iste’dodimni berib tugatmaguncha bunday yo‘l tuta olmayman. Ustozning yo‘li xuddi qarshimda turgan baland bir qoyaga o‘xshaydi. Men unga tirishib-tirmashib chiqib olishni istaymanu, lekin buning uddasidan chiqa olmayapman.” (Konfutsiy. Suhbat va mulohazalar. –Toshkent, 2014.-85-bet)

YUqorida keltirilgan iqtibos ustoz zotining buyukligidan darak beradi. Haqiqatdan ham, tom ma’nodagi ustoz o‘z shogirdlarini ilhomlantiradi, ularga maqsad tanlash, bunday maqsadga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. SHu o‘rinda har qanday sohada bo‘lishidan qat’iy nazar ustozning shogird oldidagi mas’uliyati to‘grisida ayrim fikrlarni bayon etishni muhim deb hisoblaymiz. Xo‘sh, bu mas’uliyatli jihatlar nimalardan iborat? Fikrimizcha, ularning ayrimlari quyidagilardir:

  • ustoz tom ma’noda o‘z sohasini mukammal egallagan, uning ikir-chikirlarigacha biladigan;
  • o‘zi egallagan bilim darajasi, to‘plagan tajribasidan hech qachon qoniqmasligi, ularni yanada oshirishdan manfaatdor;
  • o‘z shogirdlariga nisbatan o‘ta talabchan, ayni paytda g‘amxo‘r va mehribon bo‘lishi, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish ustida tinmay mehnat qiladigan;
  • o‘z shogirdining kelajakda egallagan sohasining mohir bilimdoni bo‘lishiga qat’iy ishonadigan, bu yo‘lda u bilan hamnafas bo‘lishga tayyor;
  • o‘z shaxsiy manfaatini shogirdlar manfaatidan ustun qo‘ymaydigan, ularning har bir xatti-harakati, yangilik sari intilishini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlaydigan;
  • shogirdga ma’naviy-axloqiy jihatdan o‘rnak bo‘lishga qodir, o‘zining insoniy sifatlari bilan boshqalardan mutlaqo ajralib turadigan, o‘z nafsini tiyib turish qurbiga ega bo‘lishi lozim.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar tufayli ustozlarning ijtimoiy mavqei o‘sdi. Ta’limga e’tibor, barpo etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan yuz minglab ustoz-murabbiylar o‘z qadr-qimmatlarini topmoqdalar. Ular uchun maxsus orden, medallar, unvonlar joriy etilmoqda, eng muhimi, ularning xalqimiz orasidagi ijtimoiy nufuzi tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonda ma’rifatli, insonparvar, huquqiy jamiyat barpo etishning ilmiy jihatdan asoslangan strategiyasi aslida ana shu ustoz-murabbiylarning obro‘yini oshirmoqda, zero bunday jamiyat intellektual jihatdan yuksak bilimga ega bo‘lgan yoshlarni shakllanishini talab etmoqda.

Masalaning boshqa jihati ham mavjud bo‘lib, bu narsa o‘sha ustoz-murabbiylarning mustaqillikni mustahkamlashdagi, yangi jamiyat barpo etish yo‘lidagi intilishlari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, har qanday intilish inson tomonidan va jamiyat tarafidan qo‘yiladigan talabga bog‘liqdir. Bu – bejizga aytilayotgan gap emas. CHunki, mustaqillik yillarida O‘zbekiston har sohada, ayniqsa ta’lim sohasida marralarni juda yuqori ko‘tardi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarning O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari bilan uyg‘unlashuvi natijasida misli ko‘rilmagan marralar belgilandi, ijtimoiy mo‘ljal aniqlandi.

Bunday marralar va mo‘ljallar ustoz zotiga qo‘yiladigan talablarni ham kuchaytirib yubordi. Ulug‘ nemis mutafakkiri Gyote bu haqida shunday deydi: “Kimki ko‘p narsaga erishmoqchi ekan, o‘ziga yuksak talablar qo‘yishi kerak” (Gyote. Hikmatlar.-Toshkent, 2010. – 54-bet). O‘zbekistonning bugungi kundagi holati shundan darak beradiki, barcha, ayniqsa ustoz-muallimlar o‘zlariga haddan ortiq talablar qo‘ymoqdalar. Xorijiy tillarni o‘rganish, axborot kommunikatsiyalarining sir-asrorlarini ishlab chiqarishga, ta’lim jarayonlariga joriy etish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish – bularning bari ustozlarning o‘z oldiga qo‘ygan yuksak talablari asosida yuz bermoqda. Eng muhimi – ustoz-murabbiylarning o‘ziga qo‘ygan yuksak talablar manfaatlar uyg‘unligiga mos kelmoqda. Ana shu holat O‘zbekistonda eng muqaddas so‘z – ustoz nomining ulug‘ligini ta’minlamoqda.

Endi ikki og‘iz shogird to‘g‘risida fikrlashsak. Xo‘sh, shogird kim? U qanday tanalandi-yu uning ustoz va jamiyat oldida qanday mas’uliyatlari bor? Ushbu savollarni o‘z oldimga qo‘ydim-u, ammo unga munosib javob topish o‘ta qiyinligini sezib turibman. Avvalo, men “ustoz” so‘zini eshitishdan maroqli holat yo‘qligini ta’kidlagim keldi. YOsh yigit – qizlar endigina kollej, institut, universitetlarni bitirib, ishlab chiqarishda javlon urayotgan yosh mutaxassislarning  YOshi ulug‘laru, tajribali hamkasblariga nisbatan “ustoz” so‘zini ishlatishlari meni xursand qiladi.

SHogird – biror-bir o‘zi qiziqqan, ixlos qo‘ygan sohani mukammal o‘rganishga ahd qilgan, bu yo‘lda barcha qiyinchiliklarni bosib o‘tishga o‘zini safarbar etgan inson hisoblanadi. SHogird kasb-hunar, ta’lim – tarbiyaga ehtiyojmand ekanligini o‘zi ongli ravishda anglagan bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda, albatta, ota-onaning kuyunchakligi, o‘z farzandining kelajagidan havotir olishi kabi omillar o‘ta zarur hisoblanadi. Ammo, fikrimizcha, shogirdlik maqomini olishdan birinchi navbatda o‘sha shogirdning o‘zi manfaatdor bo‘lishi e’tiborlidir. Ustoz maqomiga erishish qay darajada murakkab, mashaqqatli va ayni paytda, sharofatli bo‘lsa, “munosib shogird” bo‘lishning ham mas’uliyatlari mavjud. Fikrimizcha, har shunday shogird eng avvalo pok e’tiqodga ega bo‘lish lozim. Xo‘sh, shogirdning pok e’tiqodi nimadan iborat? Uning pok e’tiqodi asosini ustozdan oladigan bilim, tajribasi jamiyat va millat uchun foyda keltirishi, o‘zining moddiy va ma’naviy rivojlanishiga poydevor barpo etishi, o‘zining shaxsiy va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirishga undaydigan ko‘nikmalar egallashi tashkil etishi lozim.

Bu o‘ta murakkab jarayon. Bu hayotda yuqorida ta’kidlangan pok e’tiqodga ega bo‘lmasdan, uning talablariga javob bera olmasdan, yuzi shuvit bo‘lib, ustozdan voz kechgan qanchadan-qancha “shogird”larni ko‘rmadik! SHu ma’noda shogirdlik mas’uliyat ekanligini yana bir bor eslatgimiz keldi. “Agar shogird nima orqali matlubi-maqsadiga etdi, deb so‘rasalar, xizmati orqali deb aytgin,-deydi Xusayn Voiz Koshifiy. –Agar xizmatining binosi nimaga qurilgan, deb so‘rasalar, rohatni tark etish va zahmatni chekish asosiga, deb aytgin. Agar shogirdlikning ruknlari nechta deb so‘rasalar, to‘rtta deb ayt. Birinchidan, mard bo‘lib ishga kirishish, ya’ni futuvvat yo‘lini mardona qabul qilish. Zero kirishmasdan, qo‘rqib turish, orqaga surish va yo‘ldan qaytishdan ko‘ra yomonroq… Ikkinchidan, sidqidildan xizmat qilish. Uchinchidan – ko‘ngilni va tilni bir-biriga muvofiq tutish, ya’ni to‘g‘ri gapirib, to‘g‘ri a’mol qilish. To‘rtinchisi – nasihatga quloq solish va ustozdan eshitganni yodda tutib, unga amal qilish. Agar shogirdlikning odobi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb ayt. Avvalo shuki, qabulga kirganda yoki ustozni ko‘rganda birinchi bo‘lib salom berish. Ikkinchidan – ustozning oldida oz gapirish. Uchinchisi – boshini oldinga egib turish. To‘rtinchisi – ko‘zni har tomonga yugurtirmaslik. Beshinchisi – agar masala so‘ramoqchi bo‘lsa, oldin ustozdan ijozat olish. Oltinchisi – ustoz javob aytganda e’tiroz bildirmaslik. Ettinchisi – ustoz oldida boshqalardan g‘iybat qilmaslik. Sakkizinchisi – o‘tirib turishda hurmatni to‘liq saqlash” (Xusayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai Sultoniy. Ahloqi muhsiniy. – Toshkent, 2011. – 43-bet)

Ayni paytda yana shu narsani ta’kidlash lozimki, ustoz-shogird masalasi deyarli barcha mamlakatlar va millatlarga xos. Ustoz-shogirdlik jarayoni vorisiylik tamoyiliga ega. Ammo, ushbu masalada g‘arb va sharq dunyosida ayrim farqlar mavjud. Jumladan, g‘arb mamlakatlarida ushbu tizimda asosan kasb-hunar o‘rgatish, bilim berishga ustuvor ahamiyat berilsada, shogirdning ma’naviy olamini shakllantirish, unda yuksak axloqiy sifatlarni rivoj topishiga e’tibor kamroq. SHuning uchun ham mazkur masala g‘a’rbda ko‘proq ijtimoiy hayotning moddiy jihatlarini qamrab oladi. Sof insoniy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalar ikkinchi darajali ahamiyatga ega.

Bizda esa bu masala mutlaqo, kotseptual jihatdan farq qiladi. Jumladan ta’lim tizimida o‘quvchi yoki talabaning bilim darajasi muhim ahamiyat kasb etsada, ayni paytda uning ma’naviy tomonlari ham doimiy diqqatda turadi. Intellektual jihatdan yuksak rivojlangan, qator xorijiy tillarni bilsada, ammo milliy qadriyatlarimizga nomunosib hatti-harakat qilgan har qanday shogird bizda shaxs sifatida qadrlanmaydi. Bu aksioma. Bunday shaxsni jamiyat to‘g‘ri qabul qila olmaydi.

Bu borada O‘zbekistonning yo‘li to‘g‘ri ekanligini bugungi kunda dunyo ekspertlari, mutaxassislari ham e’tirof etmoqdalar. Jumladan, 2012 yil Toshkent shahrida ta’lim va yoshlar intellektual rivojlanishi masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada bu masala yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. YA’ni, insonning qo‘sh qanoti mavjud bo‘lib, uning bir tomonini ta’lim tashkil etsa, ikkkinchisi tarbiyadan iborat. Ularning uyg‘unligi esa intellektual jihatdan rivoj topgan va ma’nan shakllangan shaxsni tarbiyalashga imkon beradi.

Bu bejiz emas, zero bugungi dunyoning globallashib borishi, integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi, turli mafkuraviy, g‘oyaviy, ma’naviy tahdidlarning ortib borishi barchamizdan ma’naviy jihatdan kamol topgan avlodning shakllanishini talab etmoqda. Bu esa tarbiyaga e’tiborni taboro oshirmoqda. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar jahon hamjamiyatini qiziqtirmoqda. Ushbu holat ustoz-shogird tizimida tarbiya masalasini birinchi o‘ringa chiqarmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ustoz-shogird tizimini yaratish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu narsa ayniqsa ta’lim sohasida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda. Ustozlar o‘zlarining nimalarga qodirligini anglab etadigan shogirdlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratayotgan bo‘lsalar, shogirdlar o‘zi erishgan yutuqlardan qoniqish hosil qilish bilan uzoqqa borib bo‘lmasliklarini, ustozning tarbiyasi, bilimi, nasihatlari orqali dunyoni va o‘zini ongli ravishda anglash mumkinligini tasavvur etmoqdalar. SHu o‘rinda ustoz va shogird tizimining muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlovchi yana bir qator omillar to‘g‘risida fikr bayon etishni ixtiyor etdik. Gap shundaki, birinchidan, ushbu tizim uzoq ming yilliklar davomida mavjud bo‘lib kelayotgan bo‘lsada, ammo uning mukammal, tugal konsepsiyasi yaratilmagan. SHubhasiz, bu oson jarayon emas. SHu nuqtai nazardan, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim sohasidagi vazirliklar, idoralar, ilmiy muassasalar hamkorligida “Ustoz-shogird Konsepsiyasi”ni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu borada bizda ko‘plab tajriba to‘plangan, ustoz va shogirdning mas’uliyatlari aniqlangan, belgilangan maqsaddan kutilayotgan natijani tasavvur eta olamiz. Bunday konsepsiyani yaratishda turli sohalarda, ishlab chiqarishda to‘plangan tajribalardan unumli foydalanish samara beradi.

Ikkinchidan, ustoz-shogird tizimida shogirdning ijtimoiy-psixologik xolatiga alohida e’tibor berish lozim. Ustozning yoki shogirdning tasodifan, anglashilgan holda tanlanishi ular taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun ham ustoz va shogird munosib tarzda tabiiy tanlanishi lozim. Bunda, ayniqsa, shogirdning ijtimoiy-psixologik portretini yaratish muhim o‘rin egallaydi. SHogirdning bunday portreti provard natijada uning shaxsi, avlodi, xarakteri, xulqi, qiziqishlari, intelektual salohiyati, istedodi, temperamenti, yaqinlari, ruhiy holati, salbiy sifatlari kabi turfa savollarga javob berish kerak. Bunday portret ustoz-murabbiylarning ushbu shogird bilan ishlash jarayonida qo‘l keladi. Ularning harakatlarini muvofiqlashtiradi, turli ko‘ngilsizliklar, tasodiflardan ogoh etadi. SHogirdni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda, uning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda, shubhasiz, bunday ijtimoiy-psixologik portret ijobiy rol o‘ynaydi. Aks holda, yaxshi o‘rganilmagan shogird ko‘plab qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. “O‘z homiysidan ayb qidiruvchi, – deydi buyuk Alisher Navoiy, – piriga murtod murid va otasiga haramzoda o‘g‘ildir” (Alisher Navoiy. Hikmatlar. – Toshkent, 2014. – 41-bet)

Nazarimizda bunday ijtimoiy-psixologik portret nafaqat ta’lim muassasalarida, shuningdek, ishlab chiqarishning barcha sohalarida, hunarmandchilik, maishiy sohalarda joriy etilishi maqsadga muvofiq. Ushbu portretda shogirdning qanday kitoblar xarid qilishi, o‘qishidan tortib, do‘stlari kim ekanligi-yu, nima uchun aynan o‘shalar do‘st ekanligigacha bo‘lga savollarga javob topish imkoniyati yaratilishi lozim.

Uchinchidan, O‘zbekistonda ustoz-shogird tizimi ming yillar davomida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsada, ammo uning tarixi mukammal tarzda yaratilmagan. SHu ma’noda, etuk olim-mutaxasislar, tarixchilar tomonidan “O‘zbek milliy qadriyatlari tizimida ustoz-shogird masalasi” mavzuida maxsus tadqiqot o‘tkazish muayyan foyda keltirar edi. Bu narsani mutasaddi va manfaatdor tashkilotlar tomonidan maxsus grant loyihalari ajratish asnosida amalga oshirish muayyan samara beradi, deb o‘ylaymiz.

To‘rtinchidan, barchamizga ma’lumki, ta’lim tizimida, ayniqsa, oliy ta’lim sohasida “Murabbiylik instituti” joriy etilgan. Unga binoan akademik guruhlar ma’muriy yo‘l bilan o‘qituvchi-murabbiylarga “taqsimlab” berilgan. Bu tizim muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirib chiqarmoqda. Masalan, ustozga uning xarakteri, qiziqishlari mos kelmaydigan, muhitga ruhiy jihatdan moslasha olmaydigan shogirdlar taqsimlab berilmoqda. Aslida esa bunday talaba boshqa ustoz bilan ishlashni hushlaydi.

SHu ma’noda, talabaning birinchi kurs yarim yilligi natijalari asosida erkin ravishda ustoz tanlashiga imkon yaratish maqsadga muvofiq, deb bilamiz. Bunda bir tomondan shogird o‘zi istagan ustoz bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, ikkinchidan, ayrim o‘z ustida ishlamaydigan, ilmiy pedogogik nufuzi past pedogoglarning “g‘ayrat qilishi”ga mas’uliyati oshadi. Bu narsa ta’lim tizimida musobaqaviy-ijodiy muhitni vujudga keltiradi.

Beshinchidan, ta’lim tizimida ustoz-shogird munosabatlarida muvaffaqiyat qozonganlarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishni zarur, deb bilamiz. Albatta, ayrim ta’lim muassasalari, idora, muassasalarda yuksak natijalarga erishgan ustoz va shogirdlar moddiy va ma’naviy jihatdan taqdirlanmoqdalar. Ammo bu holni umummilliy tizimga solish lozim.

Albatta, insonni harakatga soluvchi omillar ko‘p. SHulardan biri manfaatlardir. Ustoz va shogird tizimi ham manfaatlar asosiga qurilgan. Ammo bu manfaatlar ko‘proq ma’naviy mazmunga ega. SHogirdning yutug‘ini ko‘rishdan ham kattaroq baxt yo‘q. Ayni paytda shogird uchun o‘z muvoffaqiyati tufayli ustoziga bergan xursandchilikdan mamnun bo‘lishdan ham yuqoriroq daraja yo‘q. Tom ma’nodagi ustoz-shogirdchilik jamiyatni yanada mustahkamlovchi omildir.

 Tarix fanlari doktori, professor  

Abduxalil Mavrulov

 

AMIR TEMURNING XASTALIGIGA OID ARXIV XUJJATI

Jamshid Adilov

 O‘zbekiston Milliy Arxiv fondining tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zR ITTH MDA jamg‘armasida Amir Temurning xastaligiga oid “Statya “Bolezn Timura” nomli hujjat uchraydi. Ushbu hujjat 250-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 9-ish saqlov birligi ostida saqlanmoqda. Hujjat tarkibiga ko‘ra ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi professor Sergey Andreevich Molchanov qalamiga mansub “Bolezn Timura po dannыm rentgenologicheskogo issledovaniya” deb nomlangan xulosalardan iborat bo‘lib, uning hajmi o‘n ikki varaqni tashkil etadi. Hujjatning ikkinchi qismi Amir Temurga tegishli bo‘lgan suyaklarning rentgenogrammalarini o‘z ichiga olgan o‘n bitta ilovadan iborat.

Ushbu hujjat haqida batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, uning xulosalar qismi 1963 yil 27 fevralda Toshkent shahrida yozilgan (1) bo‘lib, aftidan, bu tibbiy xulosalarning qoralama nusxasi bo‘lsa kerak. Tibbiy xulosalarni yuqorida ta’kidlangan O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor S.A. Molchanov yozgan. Unda Amir Temurning xastaligi va uni keltirib chiqargan sabablarni aniqlashga harakat qilgan. S.A. Molchanov 1941 yilning iyunida O‘zbekiston SSR hukumati qarori bilan Samarqandga uyushtirilgan ekspeditsiya natijasida Toshkentga olib keltirilgan Amir Temurning suyaklarini o‘rganib chiqqanligini ta’kidlab o‘tadi (1).

S.A Molchanovning yozishicha, Amir Temurning suyaklari ekspeditsiyada ishtirok etgan M.M. Gerasimov tomonidan Toshkentga keltiriladi. 1941 yil 3 sentyabrda Toshkent Davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi – J.A.) “Rentgenologiya” kafedrasida S.A. Molchanovning o‘zi tomonidan ushbu suyaklarning rentgenogrammalari yaratiladi (1). Aynan shu rentgenogrammalar asosida berilgan xulosa hujjatning birinchi qismini tashkil etadi.

S.A. Molchanovning ta’kidlashicha, Amir Temurning o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idagi xastalik sabablarini aniqlash maqsadida, uning suyaklari rentgenogrammasi amalga oshirilgan. Bu orqali Amir Temur xastaligining rentgenologik simptomlarini aniqlash va natijada xastalikka tashxis qo‘yilishi lozim edi (1). Tadqiqot davomida S.A. Molchanov Amir Temurning o‘ng tirsak va o‘ng tizza suyaklarda bo‘g‘imlarning jarohatlanganligi alomatlari yaqqol namoyon ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Tadqiqotchi o‘ng tirsak bo‘g‘imi rentgenogrammasida tirsak bo‘g‘imi suyaklarining to‘liq ankilozi aniq ko‘zga tashlanib turishi va o‘ng qo‘l suyaklari tirsak bo‘g‘imida qo‘shilib ketganligini qayd etadi (1). S.A. Molchanovning taxminiga ko‘ra, o‘ng tirsak bo‘g‘imining to‘liq ankiloziga ushbu tirsak bo‘g‘imi suyaklarining yarador bo‘lishi sabab bo‘lgan. SHuningdek, o‘ng elka suyagida ham ankilozlangan bo‘g‘im yaqinida uncha katta bo‘lmagan suyak shikasti mavjud ekan (1).

Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda S.A. Molchanov o‘ng elka suyagining shikastlanishi va o‘ng tirsak bo‘g‘imi ankilozi Amir Temur tomonidan olingan jarohatlar natijasida vujudga kelganligini taxmin qiladi. Tadqiqotchi, shuningdek, Amir Temurning chap qo‘li suyaklari va bo‘g‘imlarida hech qanday jarohatlar va patologik o‘zgarishlar yo‘qligini e’tirof etadi (1).

Xususan, u o‘ng tizza bo‘g‘imi suyaklari sog‘lom chap oyoqqa nisbatan sezilarli darajada ingichkaroq ekanligi va o‘ng tizza suyaklarida kuchli osteoporoz yaqqol ko‘rinib turganlini ta’kidlaydi. Ushbu osteoporozni keltirib chiqargan sabab, o‘ng tizza bo‘g‘imining yaralanishi va buning natijasida kam harakatlanganligi bo‘lishi mumkinligi S.A. Molchanov tomonidan taxmin qilinadi (1: 9-6). O‘ng tizza bo‘g‘imining yaralanishi va ushbu yaralanish taxminan, infeksiya tushganligi sababli og‘irlashishi o‘ng tizza bo‘g‘imining chuqur destruktiv (tuzilishining buzilishi – J.A.) o‘zgarishiga sabab bo‘lganligi fikrini ilgari suradi (1: 9-6). S.A.Molchanov o‘ng tizza bo‘g‘imida keskin o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishini e’tirof etgan holda, bo‘g‘imning son va katta boldir suyaklari epifizlari keng nuqsonli o‘zgarganligini ta’kidlaydi. Bunda deformatsiyaga uchragan son va katta boldir suyaklarining bo‘g‘im oxiri e’tiborga molik. O‘ng tizza bo‘g‘imidagi son va katta boldir suyaklari epifizlarining bo‘g‘im yuzasi notekis, kungurador va tikansimon holda suyak bo‘shlig‘iga bo‘rtib chiqqan. Aftidan, bo‘g‘imga son va katta boldir suyaklari g‘ovak moddasining ochilib qolgan to‘sinlari turtib chiqqan. Shuning uchun tizza bo‘g‘imini tashkil etuvchi suyaklarning chetlari notekis, egri-bugri bo‘lib qolgan.

Amir Temur jarohatiga ta’rif berar ekan, S.A. Molchanov: “O‘ng tizza bo‘g‘imining yaralanishi natijasida ushbu bo‘g‘imning to‘liq ankilozi vujudga kelgan. Ushbu patologik jarayonga son va katta boldir suyaklari hamda tizza qopqog‘i tortilgan bo‘lsa-da, kichik boldir suyagi sezilarli o‘zgarishsizdir. Son epifizi sohasidagi patologik o‘zgarishlardan – ikkita mayda suyak siniqlari, balki, yarador bo‘lish oqibatida vujudga kelgan sekvestrlar ko‘zga tashlanadi,” (1: 9-7) – deb ta’kidlaydi. Ushbu holatga S.A.Molchanov: “Aftidan, Amir Temurda yarador bo‘lish oqibatida o‘ng tizza bo‘g‘imida suyak to‘qimalarining destruksiyasi vujudga kelgan bo‘lsa kerak. SHuningdek, jarohatga yallig‘lantiruvchi infeksiya ham qo‘shilganligini inkor qilib bo‘lmaydi, bu xol esa yaralangan tizza bo‘g‘imining ahvolini yanada og‘irlashtiradi,” (1: 9-7) – deb ta’rif beradi.

Umuman, Amir Temurning suyak qoldiqlarini o‘rganishda ko‘pgina noaniqliklar uchraydi. Ularga ilmiy asoslangan javoblar topish esa tarixchilarning vazifasidir.

FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zR ITTH MDA, 250-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 9-ish, 11-varaq.
  2. YAbluchanskiy N.I., Lisenko N.V. Osteoporoz. V pomoщ prakticheskomu vrachu, Xarkov: XNU, 2011. – S. 172.
  3. Asqarov A.A., Zohidov H.Z. Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya lug‘ati. – T. O‘ZDAVMEDNASHR, 1964. – B.74

 

AMIR TEMUR USTUXONINING RENTGENOLOGIK TAHLILI

Jamshid Adilov

 

Sovet davrida Amir Temurning suyak qoldiqlarini o‘rganishda soxtalashtirishlar ko‘zga tashlanadi. Mafkura, hatto tibbiyot xulosalariga ham ta’sirini o‘tkazishga harakat qilgan.

Professor S.A.Molchanov o‘z tadqiqotida Amir Temur o‘ng tizza bo‘g‘imida qanday patologik jarayon kechgan, degan savolga suyak rentgenogrammalarining to‘liq differensial diagnozini o‘tkazish yordamida javob topishga harakat qiladi. Bunda u Amir Temurning jarohatlangan o‘ng tizza bo‘g‘imida quyidagi kasalliklar bo‘lishi mumkinligini hisobga oladi: bo‘g‘im zaxmi, osteomielit, silli artrit va yarador bo‘lish natijasida vujudga kelgan travmatik shikastlanishlar (1: 9-8).

Ushbu taxminiy fikrlarni rentgenologik tadqiqot orqali tekshirar ekan, S.A.Molchanov avvalo Amir Temurning o‘ng bo‘g‘imi zaxm bilan og‘rigan degan taxminga ko‘plab qarshi faktlar borligini ta’kidlab o‘tadi. Xususan, u zaxm bo‘g‘imlardan ko‘ra suyaklarda ko‘proq tarqalishini, bo‘g‘im zaxm bilan og‘riganda epifizlarning g‘ovak moddalarida gummalar paydo bo‘lishi kuzatilishini e’tirof etadi. SHuningdek, zaxm alomatlari faqat bir bo‘g‘im so‘ngida mavjud bo‘ladi va bunda suyak usti o‘smalari vujudga kelishini, odatda bunday osteoperiostitlar ikki bo‘g‘im oxiridan faqat birini zararlashini ta’kidlaydi (1: 9-8).

“Temurda esa, – deydi S.A. Molchanov, – tizza bo‘g‘imidagi jarohat va nuqsonlar ikkala bo‘g‘im suyagini – son va katta boldir suyagini qoplagan va hech qanday suyak usti o‘smalari mavjud emas. Bu esa zaxmga qarshidir” (1: 9-8). S.A. Molchanov fikrini davom ettirar ekan, zaxm bilan og‘riganda bo‘g‘imlarda osteoporozning bo‘lmasligini, Amir Temurda esa son va tovon suyaklarida o‘tkir osteoporoz mavjudligini, bu esa Amir Temur tizza bo‘g‘imi zaxm bilan og‘rimaganligini isbotlashini ta’kidlaydi (1: 9).  Rentgenogrammadagi jarohatlangan o‘ng tizza bo‘g‘imidagi ikkita kichik g‘ovak sekvestrlarning mavjudligi zaxm va osteomielitdan ko‘ra sil jarayoni foydasiga talqin qilinishi mumkin. CHunki zaxm va osteomielitda sekvestrlarning shakli o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi (1: 9). 1941 yildagi ekspeditsiya rahbari T.N. Qori-Niyoziy o‘z xotiralarida bu haqda: “O‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘i mayib bo‘lib (Amir Temurning qo‘l va oyog‘i nazarda tutilyapti – J.A.), prof. N.A. Bogorazning rentgen yordami bilan tekshirishiga muvofiq (N.A. Bogorazning tekshiruvi qachon va qaerda amalga oshirilganligi haqida ma’lumot berilmagan – J.A.), Temur yigitligida suyak tuberkulezi bilan kasal bo‘lgan” (2: 246), – deb yozggan. Vaholanki, S.A. Molchanov: “Sekvestrlar Temur boshidan kechirgan og‘ir yaralanish natijasidagi suyak siniqlaridan ham paydo bo‘lishi mumkin edi. Qolaversa, o‘ng tizza bo‘g‘imining og‘ir yaralanishini yallig‘lantiruvchi infeksiya yanada murakkablashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan. Bu hol rentgenogrammada aniqlangan, jarohatga qo‘shimcha tarzda suyak epifizlari va bo‘g‘imning chuqur ikkilamchi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas” (1: 9-9), – deb ta’rif beradi. S.A. Molchanov yallig‘lanish yaralanish jarayonida vujudga kelgan suyak siniqlarining tarqalib ketishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini e’tirof etadi. Tizza bo‘g‘imida sil jarayoni yuz bermaganligiga qarshi yana bir xolat – bu sil kasalligi bo‘g‘imlarda ko‘pincha inson yoshligida paydo bo‘lishi va bu tezda ma’lum bo‘lishidir. Vaholanki, Temurning yoshligida bunday kasallik bilan og‘rigani haqida ma’lumotlarning yo‘qligi S.A. Molchanov tomonidan ta’kidlab o‘tilgan (1: 9-10).

Izlanishlariga xulosa yasar ekan, S.A. Molchanov: “Temurning o‘ng tizza bo‘g‘imi suyak tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar oyog‘ining jarohatlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik tizza bo‘g‘imi ikkilamchi ta’sirga ham uchragan. Temurning ikki bo‘g‘imi – o‘ng tirsak va o‘ng tizza bo‘g‘imlaridagi o‘zgarishlar bevosita jarohatlar natijasidir. SHuningdek, yaralangan o‘ng tizza bo‘g‘imiga infeksiya tushganligini inkor qilib bo‘lmaydi. Bu hol kasallikni va uni aniqlashni qiyinlashtirgan. Temurning kuchli va baquvvat organizmi ushbu xastalikni enga olgan” (1: 10-11), – deb ta’kidlaydi. Biz esa o‘z navbatida S.A. Molchanovning ushbu tadqiqoti masalaga ob’ektiv yondashganligi, tarixiy muammoga tibbiyot metodlarini qo‘llaganligi hamda ulardan samarali va oqilona foydalana olganligi bilan diqqatga sazovorligini ta’kidlaymiz. SHuningdek, o‘z davri uchun dadil xulosalar chiqarganligi bilan ham e’tiborga molik. Zero, S.A.Molchanov tibbiyot xodimi sifatida o‘sha davrda tarixni tadqiq etishning rasmiy yondashuvlaridan yiroq bo‘lgan nisbatan ob’ektiv mulohazalar bildira olgan.

Fikrimizcha, yuqorida ta’kidlangan arxiv hujjatiga tanqidiy yondashgan holda, unda qayd etilgan ma’lumotlarning ahamiyatli jihatlaridan Amir Temurning hayoti va faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda samarali foydalanish mumkin.

 FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

  1. O‘zR ITTH MDA, 250-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 9-ish, 8-varaq.
  2. Q o r i – N i yo z i y N. Hayot maktabi (Esdalik lavhalari). Qo‘shimchalar bilan qayta ishlangan 3-nashri. – T.: “FAN”, 1970. – B. 246.
  3. O‘zR ITTH MDA, 250-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 9-ish, 9-varaq.
  4. O‘zR ITTH MDA, 250-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 9-ish, 10-varaq.
  5. O‘zR ITTH MDA, 250-jamg‘arma, 1-ro‘yxa t, 9-ish, 11-varaq.

O‘tganlarni xotirlash va keksalarni qadrlash baxti barchamizga nasib etsin!

 03.05.2016

2016 yil mustaqil O‘zbekiston tarixi solnomalarida alohida qayd etilishi shubhasiz. Chunki bu yil ona Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ yigirma besh yillik sanasini nishonlaymiz. Bu yil bir ortga nazar tashlab o‘tgan yigirma besh yillik tariximizda amalga oshirgan ishlarimizning sarhisobini qiladigan yildir. Ona Vatanimiz 25 yillik tarixan qisqa, ammo amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra ulkan davrni bosib o‘tmoqda. Bu davr mobaynida yurtimizning tobora chiroy ochib, obod bo‘lib borayotganligi, jahon ayvonida o‘zining ovoziga, e’tibor va e’tirofiga sazovor bo‘layotganligi, xalqaro maydonda Vatanimiz qudrati va obro‘yi kundan kunga ortib borayotganligi, ijtimoiy-iqtisodiy sohada joriy etilayotgan keng qamrovli dasturlar o‘zining mohiyat e’tibori bilan nafaqat xalqimiz turmush tarzida, balki, ularning ongu shuurida, tafakkurida ham  yangicha dunyoqarash, yangicha fikrlash, yangicha hayot tarzini shakllantirmoqda. Kishilar, avvalo yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda.

Xozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida yuz bergan har qanday voqeadan, bu haqda odamzod dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topadi. Bunga sabab globallashuv jarayoni bo‘lib, uning xayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotgani bilan bog‘liqdir. Shu bilan birga, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzok, qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va xududlar bilan chambarchas bog‘lanib borayotgani, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini anglash bilan bog‘liq. Hayotimizga tobora chukur kirib kelayotgan globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lib, bu jarayonda mustaqillikni asrab-avaylash, himoya kilish, mustahkamlashning muhim omili ogohlikdir. Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin.

Bugun hech kimga sir emaski, axborotlashgan jamiyatda yashayotgan insoniyat toboro murakkab bir davrni o‘z boshidan o‘tkazmoqda. Zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan ayrim manfaatdor kuchlar siyosiy qurol sifatida foydalanishi kuzatilmoqda. Mantiqan olib qaraganda bugungi dunyodagi urushlar jang maydonidagi jismonan mahv etishdan ko‘ra dahshatliroq bo‘lgan axborot maydonidagi ma’nan yo‘q qilishga tomon ko‘chib o‘tdi. Endi asir tushgan Jo‘lomonlarni manqurtga aylantirish uchun sochini taqir qilib olib, boshiga yangi so‘yilgan tuya terisini kiygazish shart emas, internet va kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi, turli ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter o‘yinlari va OAV orqali targ‘ib qilinayotgan “ommaviy madaniyat” namunalari orqali osongina insonning ruhiyatini izdan chiqarish, manqurtga aylantirish mumkin bo‘lib qoldi. Va bunday ma’nan zararlangan, irodasi sust, milliy g‘urur va vatan tuyg‘usidan judo bo‘lgan kishilardan o‘z xalqiga, ota-onasiga, aka-uka, opa-singlisiga qarshi qurol sifatida foydalanish mumkin. Buni biz yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida bo‘layotgan turli rangli inqiloblaru, taloto‘plar orqali guvohi bo‘lmoqdamiz. Bugungi dunyodagi bunday salbiy holatlardan, qonli to‘qnashuvlardan to‘gri xulosa chiqargan holda Vatan, xalq taqdiriga befarq bo‘lmagan, shu yurt farzandiman degan kishi daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga etishi va asrab avaylashi uchun jiddu-jahd bilan harakat qilmog‘i talab qilinadi.

Bu ayniqsa yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, mana shu tuproq-meniki, bu erda ota-bobomning xoki poklari yotibdi. Agar shu musaffo osmon, mana shu yorug‘ hayot uchun, ona-Vatanim uchun men kurashmasam, men jonimni fido qilmasam, kim kurashadi, degan hayotiy e’tiqod bilan yashashga o‘rgatishimiz lozim.

Zero, shunday hayotiy qoida bilan yashagan fuqarolar hech qachon turli mafkuraviy xurujlar ta’siriga berilmaydi. Daxldorlik tuyg‘usi va ma’naviy olami yuksalib boradi.

Ma’lumki inson va xalq ma’naviyatining uzviy tarkibiy qismlaridan biri bu tarixiy xotiradir. Tarixiy xotira bor ekan, xalq o‘zining buyuk kechmishi, betakror madaniy va ma’naviy merosi, qadriyat va an’analarini doimo yodda saqlaydi. Tarixiy xotira bizga o‘tmishdagi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini beradi. Tarixiy xotira ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi bo‘lishi bilan birga, kishida buyuk ajdodlardan faxrlanish va g‘ururlanish tuyg‘ularini ham shakllantiradi. Davlatimiz rahbari har yili 9 may kuni poytaxtimizda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimlar chog‘ida ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusida ta’kidlaganlaridek, tarixiy xotira – bu umr mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga daxldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy xalqalar kabi bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib bugungi kun uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash demakdir. Jumladan, 2015 yil 9 maydagi intervyusida shunday degan edi: “Men har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosimda xalqimiz o‘rtasida mashhur bo‘lib ketgan “O‘zbekistonga tinchlik va omonlik kerak” degan iborani takrorlayman. Biz bugungi kunda ayni shu maqsadga javob beradigan siyosatni olib bormoqdamiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz.

Agar davlat kimningdir ishorasiga yo buyrug‘iga qarab yoki uning siyosatini o‘ziga ma’qul topib, o‘zinikini emas, aynan uning manfaatlarini ko‘zlab siyosat olib boradigan bo‘lsa xato qiladi. Bunday biryoqlama siyosatni sovet davrida, kerak bo‘lsa, undan keyingi davrlarda ham ko‘pgina qo‘shni davlatlar misolida ko‘rdik”.  [ Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: “O‘zbekiston”, 2015. 276-bet]

Inson xotira bilan tirik. Xotira tufayli inson o‘zligini anglaydi. Tarixni yaxshi bilgan anglagan inson hech qachon bugungi kundagi o‘zgarishlarga befarq qarab turmaydi. Tarix atalmish buyuk murabbiyning saboqlari doimo kishini xushyor va sergak bo‘lishga undaydi. O‘tkinchi hoyu-havas va dabdabayu-as’asalarga uchmaydi. Har xil buzg‘unchi g‘oya va yovuz kuchlar o‘ziga bo‘ysundira olmaydi. Tarixdan saboq olgan inson doimo o‘z qadrini yuksak tutadi va himoya qila oladi.

O‘tganlarni xotirlash, tiriklarni qadrlash ham tarixiy xotira tuyg‘usi orqali amalga oshadi. Ayniqsa, haqqoniy tarix inson irodasini toblaydi, ruhini chiniqtiradi.

Xotira muqaddas. Prezidentimiz Islom Karimov bundan 26 yil muqaddam (1990 yil 5 iyunda) sobiq hukmron tuzumning katta minbaridan turib so‘zlagan “O‘tmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan” nomli ma’ruzasida tarixga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, urush va mehnat faxriylarini qadrlash, azaliy urf-odat va an’analarni avaylab-asrash kabi o‘ta muhim masalalarni dadillik bilan o‘rtaga qo‘yib shunday degan edi: “Biz o‘z tariximizni yo‘qqa chiqara olmaymiz. Bu tariximizda ham qahramonona, ham fojiali sahifalar ko‘p bo‘ldi. Axir, keksa avlodlarning, ota bobolarimizning kurashi va mehnatini inkor etib bo‘ladimi? … Biz, haqiqatan ham, ulardan qarzdormiz. Chunki ular bardosh bergan ko‘pdan-ko‘p qiyinchiliklar ularga berilayotgan nafaqalar bilan qoplanmaydi… Bundan buyon ham ularga yordam berishga harakat qilaveramiz”. [ Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: “O‘zbekiston”, 2011. 165, 217 – 218-betlar]

Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan istiqlolning ilk yillaridan boshlab hamma sohalarida tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, boy merosi, muborak xotirasini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tarishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini, ma’naviy olamini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Shunday ahamiyatga molik o‘zgarishlardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomondan 1999 yil 2 martda qabul qilingan “9 mayni Xotira va qadrlash  kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Farmonini tilga olish o‘rinlidir. SHu tarixiy hujjat asosida mamlakatimizda 17 yildan buyon “9 may Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelmoqda. Vatan, xalq, millat kelajagini o‘ylab yashagan, shu yo‘lda aziz jonini fido etgan ajdodlarimizning pok xotirasiga hurmat bajo keltirish, el-yurt uchun, uning tinch va osuda farovon hayoti uchun xizmati singgan insonlarni qadrlash, yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashda shubhasiz bu bayramning ahamiyati beqiyosdir.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ajdodlar xotirasiga hurmat ramzi sifatida 1999 yil Toshkent shahrida “Xotira maydoni” me’moriy majmuasi barpo etilib, uning ayvonlarida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan mard va jasur yurtdoshlarimizning nomlari zarhal  harflar bilan yozilib qo‘yildi. Keyinchalik bunday me’moriy majmualar mamlakatimizdagi barcha viloyatlarda qurildi.

Bunday maskanlarni ziyorat qilgan har bir kishining ko‘z oldida Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan bobolarimizning xotirasi, ularning qahramonliklari gavdalanadi. Uning qalbida ularga nisbatan minnatdorlik va hurmat – ehtirom tuyg‘usi junbushga keladi. Ulug‘ bobolarimizning xotirasi yanada mustahkamlanadi. Bugungi kunda hayot bo‘lgan urush qatnashchilariga ehtiromi yanada ortadi.

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan erishilgan g‘alaba ko‘plab mamlakatlarda nishonlanadi. Ammo hamma ham o‘sha mudhish kunlar mashaqqatini eslash va o‘tganlarni xotirlash bilan kifoyalanmaydi. Ba’zi davlatlar undan o‘zgacha siyosiy maqsadlarni ko‘zlab foydalanishi kuzatiladi. Ammo biz bu kunni o‘tganlarni xotirlash, tiriklarni qadrlash va e’zozlash kuni sifatida nishonlaymiz.

Xotira va qadrlash kuni bu oddiy kun emas, bu kun bizga Prezident Islom Karimov 2015 yil 9 maydagi intevyusida ta’kidlaganidek “jang maydonlarida qurbon bo‘lgan ota-bobolarimiz qandaydir tepalik yoki qandaydir “ulug‘ dohiy” uchun emas, avvalo, o‘z yurti, ota-onasi, sevgan yori, farzandlari uchun jon bergan”ligini eslatib turadigan ulug‘ kundir.

Shu bilan birga, 9 may Xotira va qadrlash kunida nafaqat Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va qurbon bo‘lgan ota-bobolarimizni eslash balki, bugungi tinch, osoyishta hayot uchun jon fido qilgan barcha insonlarni yod etish bilan ham ahamiyatlidir.

Zero, ona Vatanimizning yaqin 200 yillik tarixining katta qismi dastlab rus chorizmi istilosi, keyinchalik esa 70 yillik mustabid sovet tuzumi davriga to‘g‘ri keldi. Bu davrda mustamlakachi ma’murlar tomonidan xalqimiz boshiga cheksiz azob-uqubatlar yog‘dirildi. Xalqning eng sara farzandlarini ham jismonan, ham ma’nan yo‘q qilish uchun barcha manfur usullardan, ig‘vo-yu fitnalardan, zo‘ravonliklardan foydalanildi. Hukmron bolsheviklar tomonidan o‘tgan asrning 20-yillarida milliy istiqlol kurashchilari “bosmachi” deb e’lon qilingan bo‘lsa, xalqning ma’rifatga undagan jadid namoyondalariga “millatchi”, “panturkist” degan yorliq yopishtirdilar. Ularni yolg‘onlariga uchmagan oddiy xalqni yo‘q qilish uchun esa 30-yillarga kelib “quloq” kampaniyasi uyushtirildi va 1930-33 yillarda 5,5 mingdan ko‘proq xo‘jaliklar o‘z uylaridan, kindik qoni to‘kilgan muqaddas vatanlaridan badarg‘a qilindi.

30-yillardagi qatagon davrida respublikamizdagi dindorlarning asosiy qismi uzoq Sibir o‘lkalaridagi lagerlarga jo‘natildi. Masjidlar berkitilib, ularning aksariyati otxonalarga, omborxonalarga aylantirildi.

Sovet tuzumining qatag‘on siyosati tufayli istiklol va erk kuychilari, o‘zbek xalqining Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi atoqli shoir-yozuvchilari istibdodning begunoh qurboni bo‘ldilar. 1937-38 yillarda 40 mingdan ortiq xalqning sara ziyolilar jazoga tortildi. Ularning 6920 nafari esa otib tashlandi. Ular o‘z xalqini o‘ylagani, kuylagani, ularning hasrati, dardu g‘ami tashvishi bilan yashagani uchun, ularning muammolarini o‘z muammosi deb kuyunganligi, bu muammolarni hal qilish uchun jonini jabborga berib kurashganligi sababli ularning xammasiga “xalq dushmani” degan soxta ayb qo‘yildi. 20—30-yillarda qatag‘on qilinib, otishga hukm qilinganlarning oila a’zolari, karindoshlari va hatto ular bilan tasodifan uchrashganlar yoki ularning biror yaxshiligini ko‘rganlar ham jazolangan.

Shunday og‘ir damlarda Ikkinchi jahon urushi xalqimiz uchun yana bir og‘ir sinov bo‘ldi. Bu urushda 6,5 million O‘zbekiston aholisining 1,5 millionga yaqini bevosita qatnashdi va ularning har uch nafaridan biri urushdan qaytmadi. Yurtimizdagi biror bir xonadon qolmadi-ki, urushning og‘riqli ta’sirini, yaqinlarini yo‘qotishdek fojiani o‘z boshidan o‘tkazmagan bo‘lsa, qanchadan – qancha bolalar o‘z ota-onalaridan ayrilib tirik etim bo‘lib qoldi, yosh-yosh kelinlar hali kelinlik baxtini his qilmay tul bo‘lib qoldi, ota-onalar o‘zining  o‘n gulidan bir guli ochilmagan tog‘ni ursa talqon qiladigan o‘g‘illaridan, jigargo‘shalaridan ularning diydoriga to‘ymay, baxtini ko‘rmay ajraldilar. Ular umri davomida boshiga tushgan musibatlar sababchisi bo‘lgan fashizmni la’natlab o‘tdilar. Shu bilan birga, yana qanchadan – qancha yurtdoshlarimiz mayib-majruh holda yurtlariga qaytdilar.

Shunday og‘ir paytlarda ham o‘zbek xalqi front va front ortida fidokorona mehnat qildi. Mislsiz jasorat va mardlik namunalarini ko‘rsatdi. Tunu-kun mashaqqatli mehnat qilib insoniyatning fashizm balosidan qutulishida munosib hissa qo‘shdilar. Ana shunday azob-uqubatlarni boshdan kechirgan xalkimiz uchun Ikkinchi jahon urushi yana bir dahshatli sinov buldi. Bu urushda o‘zbekistonlik jangchilarning ko‘rsatgan qahramonliklari haqida ko‘plab kitoblar yozilgan, badiiy va hujjatli kinofilmlar suratga olingan. Biz bu o‘rinda faqat bir nechta misol bilan kifoyalanamiz.

Moskva uchun bo‘lgan janglarda o‘zbek qizi Zebo G‘anievaning jasorati tillarda doston bo‘ladi. Bu qiz Moskvadagi Teatr san’ati institutida o‘qir edi. Urush boshlangach, u frontga otlanadi. Tez orada u mohir mergan va razvedkachi bo‘lib etishadi. Uning harbiy qismi Moskva-Volga kanali bo‘yida joylashgan edi. Bu mergan qiz 1942 yilning 25 mayigacha 23 ta fashistni er tishlatadi, 16 marta razvedkaga borib, dushman to‘g‘risida qimmatli malumotlar olib keladi. 1943 yilning avgustida Demyanskda bo‘lgan jangda u og‘ir yaralanadi, 33 marta jarrohlik operatsiyasiga bardosh berib, o‘zbek ayollariga xos mustahkam chidam va bardosh fazilatlarini namoyon etadi. Moskva ostonalarida o‘zbekistonlik merganlar Ishoqov 354 fashistni, Abubekov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar va zobitini er tishlatadi. 1753 nafar o‘zbekistonlik jangchi „Moskva mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlanadi.

Stalingradda jang kilgan namanganlik zobit Mamasoli Jabborov 1942 yil noyabrda o‘zi boshqarayotgan motoo‘qchilar rotasi bilan chekinib borayotgan dushmanning ikkita polkiga shiddatli xujum qilib, 400 ta soldat va zobitni qirib tashlaydi, 230 tasini asirga tushiradi va anchagina kurol-aslahani o‘lja kilib oladi. Buxoro viloyatidan urushga borgan mergan yigit Xayit Xo‘jamatov dushmanning 300 dan ortiq askar va zobitini yuq kiladi.

Bu qahramonliklar haqida so‘z yuritib muhtaram Yurtboshimiz “Ularning 338 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgani ming-minglab yurtdoshlarimiz jangavor orden va medallar bilan taqdirlangani – bularning barchasini xalqimizning fashizmga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati va botirligining amaliy namoyishi deb bilamiz” deydi.

Urush boshlangandan keyin, urush bo‘layotgan hududlardan yurtimizga ko‘chirilgan 1 milliondan ortiq kishining 200 ming nafari bolalar edi. Uz tabiatiga ko‘ra, bolajon bo‘lgan o‘zbek xalqi yurtimizga keltirilgan boshpanasiz, ota-onasiz, och-nahor bolalarga tom ma’noda mehribonlik kursatdi, 4,5 ming nafardan ziyod bola o‘zbekistonlik oilalar tomonidan qabul kilindi. Etim bolalarni o‘z farzandlari kabi bag‘riga olib oq yuvib, oq taraganligi, ularni tarbiyalab voyaga etkazganligi, ularga yuksak mehr – muruvvat ko‘rsatganligi dunyo ahlini lol qoldirdi. Uz mohiyatiga ko‘ra, chuqur baynalmilallik va bag‘rikenglik ruhi bilan sug‘orilgan bu harakatda o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik, ko‘ngli ochiqlik, o‘zgalarga hamdardlik kabi milliy xususiyatlari yorqin ko‘rindi.

Bunday misollar xalqimizning Vatan ozodligi, o‘z yurti, o‘z oilasi va farzandlari kelajagi uchun kurashga doimo tayyor ekani, xech qachon hech kimga qaram bo‘lmasligidan dalolat beradi. Bizning tarixiy xotiramizda mana shunday misollarning hamisha saqlanib qolishi farzandlarimizni mardlik va jasorat ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

“Vaqt o‘tadi, zamonlar o‘tadi, lekin Vatan ozodligi va erkinligi, el yurtimizning tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan o‘g‘lonlarning nomlari va xotirasi ko‘pni ko‘rgan, hech qachon yovuz dushman oldida bosh egmagan xalqimizning yodida umrbod, abadiy saqlanadi. Bu fazilat el-yurtimizning ezgu odatiga qadriyatiga aylanib ketgan”. Shu bilan birga “…bu dunyo g‘animat ekanini esdan chiqarmasdan, beshafqat urushda qatnashgan, front ortida o‘zini ayamasdan mehnat qilgan vatandoshlarimizni qadrlash, e’zozlash umrini uzaytirish, ularni eslab, holidan xabar olish, ruhini ko‘tarish – bunday ezgu ishlar barchamizning eng oliyjanob burchimiz bo‘lishi shart” degan edi muhtaram Yurtboshimiz.

SHuning uchun ham, bundan 17 yil oldin “9 – may G‘alaba kuni”ga yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni” deb nom berilib, umuxalq bayrami sifatida nishonlanishi naqadar to‘g‘ri bo‘lganligini hayotning o‘zi tasdiqlab turibdi.

Bugungi kunga kelib mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona tinchliksevar siyosat tufayli yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm surmoqda. Bizda 9 may sanasi – Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanayotgan bir davrda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga 71 yil bo‘lishiga qaramasdan, ming afsuski dunyoda fashizmning ildizi hali ham qurigani yo‘q, turli mintaqalarda hali hanuz qanchadan qancha milliy va etnik nizolar begunoh qon to‘kilishlarga, odamlarning o‘zga yurtlarda sarson-sargardon bo‘lishligiga sabab bo‘lmoqda.  Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jahondagi ayrim kuchlar Ikkinchi jahon urushidagi qonli voqealardan hanuzgacha etarli saboq chikarmagani bugungi kunda yanada yaqqol ayon bo‘lmokda. Ayniqsa, yon atrofimizdagi notinch ahvol, mintaqadagi ayrim davlatlarning turli siyosiy o‘yinlarni boshlayotganligi, ba’zi davlatlar mintaqamizda beqaror va tahlikali vaziyatni ushlab turishga qaratilgan hatti-harakatlari mamlakatimizdagi tinch-osoyishta xayotimizga nisbatan turli taxdidlarning kuchayib borayotganidan dalolat beradi.

Notinch qo‘shni bilan yashash esa kishiga doimo tashvish keltiradi. Inson qaerda bo‘lmasin havotirda bo‘ladi.  “Men, – deydi mamlakat rahbari, – bugungi imkoniyatdan foydalanib, butun xalqimizga qarata aytmoqchiman: mana shunday o‘ta tahlikali zamonda biz tashqi siyosatimizni o‘tkazishda ogoh va sezgir bo‘lib, shu yo‘lda bir musht bo‘lib harakat qilishimiz har qachongidan ham muhimdir. Chunki yon-atrofimizdagi bo‘layotgan voqealar bizdan shuni talab qilmoqda. Mana Afg‘onistonda hali-beri tinchlik o‘rnatilgani yo‘q. Bu mamlakatda o‘tgan yili saylov o‘tdi-yu, uning ijobiy natijalari amalda ko‘rinmayapti. Iroq va Suriyada Iroq va Shom islom davlatini o‘rnatamiz, degan g‘oya bilan yovuz, vahshiy bir kuch paydo bo‘ldi. Ularning jirkanch qiyofasini ommaviy axborot vositalarida berilayotgan lavhalar orqali ko‘rib turibmiz. Ular muqaddas islom dinining butun dunyoda obro‘sini to‘kmoqda. Aslida bu yovuz kuchlarning musulmonchilikka hech qanday aloqasi yo‘q. Vahshiylik, odam o‘ldirish, odamlarni qo‘rqitish, garovga olish islom diniga tamoman yot narsalar.

Bunday kuchlarning yoshlarimizni aldab, o‘z qarmog‘iga ilintirishiga hech qanday imkoniyat bermasligimiz kerak… Onalarimiz o‘z bolalariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi, men senga oq sut berib katta qilganman, meni rozi qilishni istasang, bunday yo‘llarga yurmaysan, degan gaplarni aytib, yoshlarning ko‘zini ochib berishi kerak. Ana shunda bizning yoshlarimiz hech qachon bunday yo‘llarga kirmaydi.

Lekin vaqtni yo‘qotib, loqaydlik va beparvolik kayfiyatiga beriladigan bo‘lsak, biz ko‘p narsani boy beramiz”. [ Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: “O‘zbekiston”, 2015. 277 – 278-betlar]

Darhaqiqat, ulkan mashaqqatlar evaziga qo‘lga kiritilgan asriy orzuimiz bo‘lgan istiqlolni asrash, qo‘lga kiritilgan yutuqlarni bardavom bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq. SHuni his qilib, ogoh bo‘lib yashash bugungi dorilomon kunlar uchun jonini fido qilgan ota-bobolarimiz oldidagi qarzimizdir.  Shuni yurakdan, qalbdan his qilib yashash baxti barchamizga nasib etsin!

 

Sog‘lom tafakkur yohud uni shakillantirishning ayrim masalalari

 29.02.2016

Men mustaqil O‘zbekistonning bir oddiy fuqarosi sifatida hamda hizmat lavozimi nuqtai nazaridan mamlakatimiz rahbarining har bir chiqishini, yaratilgan asarlarini chuqur va har tomonlama o‘rganishga, undan muayyan xulosalar chiqarishga harakat qilaman. Hozirgi O‘zbekiston jamiyatining aksariyat ko‘pchilik fuqarolari ham huddi shunday yo‘l tutishganiga shubham yo‘q. Buni o‘ta zarur va mamlakat hamda millat rivoji yo‘lidagi hayrli ish, deb bilaman.

O‘sha chiqishlar hamda nashr etilgan asarlarning deyarli barchasida o‘ta muhim bir masalaga alohida e’tibor beriladiki, mening nazarimda, bugungi kunning mazmun-mohiyatini uningsiz tasavvur etish mumkin emas. Bu – odamlarimiz tafakkur tarzi va dunyoqarashidagi o‘zgarishlar masalasidir. Muhtaram yurtboshimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bu masala hususida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning hal qiluvchi omili haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqyealarga munosabati, dahldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tabora o‘sib borayotganini ta’kidlash lozim” (“Xalq so‘zi”, 2015, 6 dekabr ).

Haqiqatdan ham, mustaqillik yillarida fuqarolarimizda o‘z dunyoqarashi, tafakkur tarzini isloh qilish borada katta ishlar amalga oshirildi. Eski, sovet davri mafkuraviy qoliplaridan ozod bo‘ldik, o‘zimizni va dunyoni yangidan taniy boshladik. Yangilangan tafakkur tarzimiz bizni demokratik jamiyatda yashashga, o‘qishga, ishlashga o‘rgata boshladi. Milliy mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida endi biz bundan chorak asr avvalgi tafakkurimiz, dunyoqarashimizni isloh qila oldik, deyishga haqqimiz bor.

Ayni paytda, bu boradagi vazifalarni to‘liq ado yetdik, deyishga ham muayyan vaqt borga o‘hshaydi. Aks holda mamlakat rahbari yaqinda Toshkent viloyati kengashining  navbatdan tashqari sessiyasida mavjud holatni chuqur tahlil etgan holda “Yeski tuzimdan qolgan bunday og‘ir muammolarni hal qilishning yo‘li bitta: “olma pish, og‘zimga tush” degan qarashlardan butunlay voz kechishimiz zarur. Buni zamonning o‘zi bugun bizga o‘qtiryapti. Sodda qilib aytganda, dunyoqarashimizni, ishga, hayotga munosabatimizni tubdan o‘zgartirishimiz lozim”, demagan bo‘lardi (“Xalq so‘zi”, 2016, 5 fevral)

Demak, tafakkur o‘zgarishlari haqida gapirganda yutuqlar bilan birga bu borada hali bajarilishi lozim bo‘lgan qator muammolar ham mavjudligini e’tiborga olishimizni zamonning o‘zi talab etmoqda. Shu o‘rinda “Tafakkur” atamasi haqida bir-ikki so‘z aytishni lozim topdik. “Tafakkur” – arabchadan fikrlash, aqliy bilish, degan ma’nolarni anglatadi, U predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlarni aks ettiradigan bilishning ratsional bosqichi hisoblanadi. Tafakkur hissiy bilishdan farq qiladi, u aslida insonning ijodiy faoliyatidan iborat (“Falsafa” qomusiy lug‘at. – Toshkent 2004 – 390 bet)

Soddaroq qilib aytganda tafakkur voqyealikning asl mohiyatini anglashning yo‘li. Uning yordamida predmet va hodisalarning murakkab hususiyatlari o‘rganiladi, voqyea-hodisalarni oldindan ko‘rish, ayniqsa, bashorat qilish imkoni tug‘iladi. Inson tafakkuri mantiqiy hulosalar orqali shakllanadi. Mantiq esa ilm-fansiz mavjud bo‘lmaydi.

YUqoridagilardan shunday fikr kelishi mumkinki, tafakkur inson aql-zakovati, uning voqyea-hodisalar ichida adashib ketmasligi uchun yo‘l ko‘rsatuvchi mash’ala. Shuning uchun ham O‘zbekistonda fuqarolar, ayniqsa yoshlar tafakkurini shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ammo shu o‘rinda muhim bir masala borki, uni tushunmasdan turib muayyan maqsadga erishish mumkin emas. Bu – inson tafakkurini isloh etish bilan bog‘liq masaladir. Bizning nazarimizda inson tafakkurini o‘zgartirishning ikki muhim jihati mavjud. Birinchidan, buning uchun jamiyatda muayyan shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim. Xo‘sh, shart-sharoitlar deganda nimani nazarda tutmoqdamiz? Avvalo, jamiyat, mavjud siyosiy hokimiyat o‘z fuqarolarida tafakkur o‘zgarishlarini amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim.

Agar ushbu masalaga e’tibor berilsa mustaqillik yillarida fuqarolar tafakkurini isloh etishning tashabbuskori yurtboshimiz Islom Karimovning o‘zi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bir qolipdagi sovet mafkurasidan voz kechish, yoshlarimizning siyosiy faolligini, huquqiy savodxonligini oshirish, ular dunyoqarashini o‘zgartirish aslida mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizdagi ustuvor vazifalardan biriga aylandi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, yoshlarga oid davlat dasturlarining tayyorlanishi, ijtimoiy-gumanitar fanlarning isloh etilishi – bularning bari aslida yoshlarimiz tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirish yo‘lidagi dadil qadamlar edi.

O‘zbekistonda fuqarolar tafakkur tarzini o‘zgartirish, uni isloh etish adolatli jamiyat qurish bilan uyg‘unlikda amalga oshirilganligini ham ta’kidlash muhim. “Xalq qachon norozi bo‘ladi, jamiyatda qachon to‘polonlar paydo bo‘ladi? – deydi mamlakat Prezidenti I.Karimov, – Agar o‘ta boylar ko‘payib, ularning boyligi ortaversa va qambag‘allarning hayoti borgan sari nochorlashib ketsa. Bu borada O‘zbekistondagi vaziyat mo‘’tadil ekanini odamlar ko‘rib-bilib turibdi. Jamiyatda adolat buzilsa, boylar o‘rtacha yashayotgan odamlarni va qambag‘allarni o‘ziga teng ko‘rmasa, bunday davlatning umri uzoq bo‘lmaydi. Keskin norozilik odamlarni ko‘chaga chiqib, o‘z talabini hokimyat idoralari oldiga qo‘yishga majbur qiladi. Nega deganda, bugun odamlarning ongi o‘zgaryapti, endi hech kim qul bo‘lib, qaram bo‘lib ishlashga rozi bo‘lmaydi”. (Karimov.I Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. -Toshkent, 2015- 132-bet)

Ushbu iqtibosdan olinadigan xulosa shundan iboratki, inson tafakkuri jamiyatda adolat tantanasi uchun yo‘l ochib beradi. Jamiyatda shakllangan adolat pirovardi narijasida sog‘lom tafakkurni yuzaga keltiradi. Shu asnoda har bir jamiyatning insonparvarlik darajasi sog‘lom tafakkur – adolat- aqlning o‘zaro uyg‘unligida shakllanadi. “Adolat, – deydi buyuk mutaffakir shoir Alisher Navoiy, – nafaqat shohlar, balki oddiy kishilarning ham ziynatidir. Adolatni shior qilgan shohga boshqa biror-bir shox tenglosholmaydi” (Alisher Navoiy. Hikmatlar. -Toshkent, 2014. – 119-bet). Demak, inson tafakkurini isloh qilishning birinchi sharti, ya’ni buning uchun barcha fuqarolarga teng sharoitlar yaratib berish bir tomondan shaxs dunyoqarashini yangilasa, bo‘lak tomondan jamiyatda adolat tantanasiga asos soladi.

Ikkinchidan, tafakkurni isloh qilish uchun zarur bo‘lgan muhim omillardan biri bu – kishilarda sog‘lom tafakkuriy ehtiyojning mavjudligidir. Agar inson shu jamiyatda yashab, o‘qib, ishlab turib o‘zini yangilashga, isloh qilishga ehtiyoj sezmas ekan, bunday holda mazkur muammoni hal etish o‘ta qiyin. Bunday holatda, bizning nazarimizda, ikki jihatga e’tibor berishni muhim, deb hisoblaymiz. Birinchidan, insonni o‘zida o‘zining “Meni”ni topishga undash lozim. Bu juda qiyin va murakkab vazifa. U yoki bu shaxsda uning loqaydligi, beparvoligi, voqyea-hodisalarni tahlil qilishdagi e’tiborsizligi, dangasaligi kabi qator jihatlarni bartaraf etish orqali ushbu vazifani ado etish mumkin. Boshqa tomondan, kishilarda sog‘lom tafakkurni shakllantirish davlat, jamiyat tomonidan olib boriladigan ishlarga  ham bog‘liq. Agar inson ushbu tuzulmalar tomonidan rag‘bat, tashabbusni sezadigan bo‘lsa, bunday holatda unda tafakkur islohotini amalga oshirish muayyan darajada tezlashadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlar ijtimoiy faolligi, siyosiy madaniyatini oshirish borasida olib borilgan keng ko‘lamli ishlar ushbu bazifalarni hal etishga yordam bermoqda.

Mamlakatimiz rahbari tafakkur o‘zgarishlarini fuqarolar, ayniqsa yoshlarimizning davlat siyosati, oldimizga qo‘ygan vazifalarimizni qay darajada anglashi bilan bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratadi. Darhaqiqat, yoshlarimizning siyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy bilim saviyasi tobora o‘sib bormoqda. Ular mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini nafaqat anglab yetmoqdalar. Ayni paytda, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish, sud-huquq, axborot sohasini isloh qilishda faol ishtirok etmoqdalar. “Buning tasdig‘ini, – deb qayd etadi yurtboshimiz, – mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va izchil tus olgani, odamlarimiz o‘zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo‘layotgan barcha voqyea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko‘rish, anglash qiyin  emas” (Karimov.I Mamlakatimiz demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsisiyasi. -Toshkent, 2010. -7bet )

Ma’lumki, tafakkur cheksiz. Uning chegarasi yo‘q. Inson tafakkur tarzining kengayishiga ijobiy ta’sir etadigan omillar juda ko‘p. Ammo mazkur omillar ichida ilm-fanning o‘rni juda alohida. Boshqacha so‘z bilan aytganda aynan ilm-fan inson tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartiradigan, pirovard natijada shaxsning shakllanishiga poydevor quradigan fenomen hodisadir. Tarixdan shu narsa ma’lumki, siyosiy tuzumlar, davlat rahbarlari o‘z mamlakatining rivojini, millat taraqqiyotini qurmoqchi bo‘lsalar, ular albatta o‘z fuqarolari dunyoqarashini kengaytirishga harakat qilganlar. Bu hodisa esa insonga bilim berish orqali, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish asnosida yuz bergan. “Eng muhimi, – deydi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov, – zamonaviy bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo‘lgan, ko‘zi yonib turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani barchamizni quvontiradi” (Karimov I. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – Toshkent, 2015. -253-bet)

Mustaqillik yillarida bu borada katta imkoniyatlar yaratildi. Iqtidorli, este’dodli yigit-qizlarni izlab topishning mexanizmi yaratildi. Yoshlarimiz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tashkil etilayotgan fan olimpiadalari, ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etmoqdalar, g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqdalar. O‘zbekistonni xorij davlatlari mamlakatimizning iqtidorli, iste’dodli yoshlari orqali taniydigan davrga yetib keldik.

Yurtboshimiz sivilizatsiyalar bo‘m-bo‘sh joyda paydo bo‘lmaydi, deb bot-bot takrorlaydilar. Darhaqiqat, milliy tariximizga murojaat qiladigan bo‘lsak buning tasdig‘ini topishimiz mumkin. IX-XV asrlardagi Sharq Uyg‘onish davri bekorga paydo bo‘lgani yo‘q. Uning ildizlarini ming-ming yillar davomida shakllangan xalqimizning tafakkur tarzidan izlash lozim. XIX-asrning ohirlarida ma’rifatparvarlik harakati asnosida yuzaga kelib, XX asr boshlarida jadidchilik harakatiga aylangan davrni O‘zbekistonda yangi uyg‘onish bosqichi sifatida ta’kidlanishi ham bejiz emas.

Ayni shunday, o‘tgan asrning 80-yillari so‘ngida, aniqrog‘i, 1989 yildan mamlakatimizda navbatdagi uyg‘onish davri boshlanganligini uning natijalari bugun o‘zining bo‘y-bastini ko‘rsatayotganini sezmaslik mumkin emas. Ho‘sh, o‘sha uyg‘onish davrining ko‘rinishlari bugun nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Eng avvalo ular yoshlarimizning tafakkur tarzi, dunyoqarashini kengayishida, sog‘lom tafakkuriy va ma’naviy ehtiyojlarining paydo bo‘lishida, iqtidorli, iste’dodli yigit-qizlarimizda ilm-fan sohasidagi sinchkovlik, baxs-munozaraga chanqovligida, ularning ayrim qismidagi beparvolik, loqaydlik holatlarining bartaraf etilishida ko‘rinmoqda.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq, xali, xalqimizning qorni ovqatda to‘ymayotgan, jamiyatda muayyan beqarorlik hukm surayotgan, odamlar ijtimoiy kayfiyatidagi tushkunlik xolatlari kuchayib turgan bir paytda Yurtboshimiz mazkur salbiy ko‘rinishlarni bartaraf qilishning yagona yo‘li kishilar tafakkurini o‘zgartirishdan iborat, deydi. Buning uchun eng avvalo ta’limni isloh qilish lozim edi. O‘shanda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar tufayli “Portlash effekti”ga erishish istagi paydo bo‘lgandi. Mana, bugun o‘sha “Portlash effekti”ga erishmoqdamiz. Bu narsa ta’lim sohasida 2012 yilda Toshkentda o‘tkazilgan, 2014 yil Samarqandda tashkil etilgan va O‘rta asr sharq allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalarda dunyoning yetuk ekspertlari, olim-mutaxassislari tomonidan e’tirof etildi.

Biz yuqorida inson tafakkurining asosi bilimda, deb bejiz aytmadik. To‘g‘ri, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, baxs-munozaralar, turli suhbatlar bularning bari ham kishi tafakkuri, dunyoqarashining kengayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ilm-bilimsiz shaxs tafakkurini tom ma’noda kengaytirish mutlaqo mumkin emas. Ilmning inson, uning ravnaqi yo‘lidagi o‘rni milliy-ma’naviy merosimizda mustahkam o‘rin olgan. Bu haqda buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy shunday deydi: “Ilmi yo‘q kishi xalq ichida o‘zidan boshqani o‘ylamaydigan bir johildir. Bilmaganini o‘rganishga intilgan kishi esa jahon allomasidir“ (Alisher Navoiy. Hikmatlar. – Toshkent, 2014-74-bet)

Ilm o‘z tafakkur tarzini kengaytirishga sog‘lom dunyoqarashini shakllantirishga uringan har qanday kishini avaylab – asraydi, turli balo-qozolardan saqlaydi. Buyuk vatandoshimiz Abu Lays Samarqandiy yozadi: “Kim ilm talab qilinadigan yo‘lni tutsa, Alloh taolo unga jannat yo‘llaridan bir yo‘lni yengil qilib qo‘yadi va Allohning maloykalari tolibi ilm uchun uning qilayotgan ishidan rozi bo‘lib qanotlarini qo‘yadilar, olim uchun osmon va yerdagi hamma narsalar, suvdagi baliqlargacha istig‘for so‘raydi. Olimning obiddan afzalligi badr (to‘lin oy) kechasidagi oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor-dirham meros qodirmadilar. Ilmni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, katta nasiba olibdi” (Al-Faqih Abu Lays Ac-Samarqandiy. Tanbexul g‘ofilin. Toshkent, 2013. -365-bet)

Tafakkurni isloh etish o‘ta qiyin ish. Iqtisodiy muammolarni hal etish, tirikchilik g‘amini yengish mumkin. Ammo tafakkur tarzimizni o‘zgartirish, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishdan og‘ir ish yo‘q. Aslida tafakkur qilish insonning ko‘zini ochmoq bilan tengdir. Tafakkur qilmagan insonning oldida turgan asosiy vazifa-o‘zining moddiy-iqtisodiy ehtiyojini qondirish, faqat bugungi kun bilan yashashdir.

Tafakkurni isloh etish orqali esa inson o‘zini anglaydi. Axir, bu dunyodagi eng og‘ir ish insonning o‘zini o‘zi anglashi ekanligi bekorga bildirilmaganku. Har bir insonning tafakkur tarzi ko‘p omillar natijasida kengaysada, ayni paytda, bu jarayonda tarixning o‘rni beqiyosdir. Bu ayniqsa o‘zbeklar, o‘zbekistonliklar uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega, zero xalqimiz mustabid tuzum zug‘umlarini hali unutgani yo‘q.

Sovet mustabid tuzumi yoshlar tafakkur tarzining kengayishidan mutlaqo manfaatdor emas edi. Shuning uchun ham yoshlar tashbbbuslari rag‘batlantirilmas, ularning ijtimoiy faolligi, siyosiy-huquqiy bilim saviyasini oshirishga qaratilgan har qanday harakat “boshqacha” baholanar edi. Bo‘lak so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston sovet mustabid tuzumi davrida “yopiq” respublika edi. Bunday yopiqlik esa eng avvalo yoshlar, ular dunyoqarashida o‘z aksini ko‘rsatdi. Shu o‘rinda mamlakat rahbarining quyidagi so‘zlarini juda o‘rinli, deb bilamiz: “Ko‘p yillar davomida jamiyat (sovet jamiyati nazarda tutilmoqda: M.A) yoshlarni g‘aroyibotlarga qiziqish, jasoratga intilish, qiyin sharoitlarda o‘zini sinab ko‘rishga tayyorgarlik kabi xususiyatlaridan foydalanib keldi-yu, ammo yoshlarning eng zarur hayotiy masalalarini hal etmadi. Natijada ko‘pgina yoshlarda ijtimoiy himoyasizlik, hech kimga ishonmaslik, kelajakdan umidsizlik tuyg‘usi o‘ralashib qoldi, jinoyatchilik kuchaydi.

Yoshlarga nafaqat haqiqatni gapirish kerak. Quruq so‘zlar, safsatalar ularning me’dasiga tekkan. Yoshlarning ijtimoiy adolatga bo‘lgan ishonchini tiklash vazifasi biz uchun juda muhimdir” (Karimov.I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-Toshkent, 2011.-217-bet)

Shu o‘rinda, mazkur so‘zlar hali mustaqillikka erishilmagan davrda, 1990 yil 5 iyunda qayd etilganiga e’tibor berish lozim. Yurtboshimiz ushbu so‘zlari orqali ikki muhim jihatga diqqatimizni tortyapti: Birinchidan, yoshlarga faqat haqiqatni gapirish kerakligi, ikkinchidan, ularning ijtimoiy adolatga bo‘lgan ishonchini tiklash lozimligi ta’kidlanmoqda. Boshqacha so‘z bilan aytganda mustabid sovet davrida yoshlar tom ma’noda haqiqatni bilishmadi. Aks holda, O‘zbekiston tarixi mustaqillik uchun kurashlar tarixi ekanligini, yurtimiz qadim-qadimdan jahon sivilizatsiyasining muhim o‘choqlaridan biri bo‘lganligini, mamlakatimiz hududida tamaddunlar evolyutsiyasi vorisiylik tamoyiliga ega ekanligini, sovet adabiyotlarida ta’kidlangani kabi xalqimiz oktyabr to‘ntarishigacha yoppasiga savodsiz bo‘lgan, degan aqidalari millatimiz sha’nini bulg‘ovchi bo‘htondan iboratligini, sho‘ro mafkurachilarining “soxta nazariyalari” asosida go‘yoki O‘zbekistonda davlatchilik tarixi 1924 yildan boshlangan, degan “ertaklari”ga ishonmagan, aksincha, 3 ming yildan ortiqroq buyuk davlatchilik tarixiga ega xalq ekanligimizni bilgan bo‘lardilar.

Qolaversa, inson tafakkurining shakllanishi jamiyatning qay darajada ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ijtimoiy adolat eng avvalo shu jamiyatdagi hukmron siyosiy hokimiyat hamda jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlar, ularning ishonchlilik darajasiga bog‘liq. Ijtimoiy adolat ustuvorligi fuqarolarning ijtimoiy kayfiyatida aks etadi. Bunday kayfiyat esa pirovard natijada jamiyat a’zolarining siyosiy rahbariyatga, o‘z lideriga nisbatan sog‘lom, ishonch ruhi bilan sug‘orilgan munosabatini shakllantiradi.

Albatta, ijtimoiy adolat har qanday jamiyatning bardavomligini ta’minlaydigan holat. O‘zbekistonda bu narsa taraqqiyotning amalda o‘zini oqlagan, yorug‘ istiqbolimizni belgilab bergan taraqqiyot yo‘li – “O‘zbek modeli”da o‘z aksini topgan. Hozirgi O‘zbekiston yoshlarining tafakkur tarzi  “O‘zbek modeli” orqali shakllanmoqda, desak to‘g‘ri gapirgan bo‘lamiz. Chunki “O‘zbek modeli” ayrim uzoq va yaqin davlatlarda dabdurustdan, shoshma-shosharlik bilan qabul qilinayotgan “dasturlar”, “ta’limotlar”dan tubdan farq qiladi. Ushbu model o‘zining chuqur ilmiy asoslanganligi, o‘zbek xalqi va mamlakatimizning o‘ziga xos jihatlari, xususiyatlari e’tiborga olingan holda ishlab chiqilganligi va albatta, hayotiyligi bilan ajralib turadi.

Shu nuqtai-nazardan, inson tafakkuri va ijtimoiy adolat tamoyili bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy adolat tamoyili voqyea, hodisalarga to‘g‘ri, xolisona munosabatni talab etadi. Ijtimoiy adolat-yolg‘on g‘oyalarni inkor etadi, og‘ir bo‘lsada, bor haqiqatni gapirishni talab etadi. Mamlakatimiz aholisining muttasil ko‘payib borishi, ular moddiy-iqtisodiy ehtiyojlarining ortib borishi, ayrim iqtisodiy muammolarning mavjudligini, jumladan, suv tanqisligining e’tirof etilishini, yurtimizning o‘ziga xos murakkab geopolitik joylashuvini, turli ichki va tashqi tahdidlarning amalda borligini ro‘y-rost aytilishi nazarimizda, sog‘lom tafakkur tarzining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.

Shu o‘rinda bir mulohazani ta’kidlashni lozim topdik: ayrim hollarda ba’zi uzoq va yaqin davlatlar rahbarlari o‘z mamlakatlaridagi mavjud muammolarni haspo‘slash, ularni atayin berkitish, “xalqning ko‘zini ochishdan qo‘rqish” yo‘lidan bormoqdalar. Ammo bu uzoqqa bormaydigan yo‘l xisoblanadi. Ho‘sh O‘zbekistondachi?! O‘zbekistonda mavjud barcha kamchilik, xato va muammolar ro‘y-rost ko‘rsatilmoqda, ularni bartaraf etish yo‘llari izlanmoqda va topilmoqda. Bu-siyosiy liderning mardligi, jasoratidan dalolatdir. Siyosiy lider yolg‘ondan qo‘rqmasligi, o‘zining to‘g‘riligini gapi bilan emas, amalda isbotlashi lozim. Abu Lays Samarqandiy shunday deydi: “Munofiqni uch narsa bilan sinab ko‘ringlar: gapirsa yolg‘on gapiradi,  va’da bersa, xilof qiladi va ahdlashsa buzadi” (Al-Faqih Abu Lays As-Samarqandiy. Tanbehul g‘ofilin.-Toshkent, 2013.-134-bet)

Demak, jamiyat a’zolari tafakkur tarzining shakllanishida siyosiy liderning o‘rni katta. Uning faoliyati ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘un holda olib borilsa, jamiyat va mamlakatdagi ijobiy va salbiy holatlar o‘zining to‘g‘ri, adolatli bahosini olsa, siyosiy rahbariyatning maqsad-muddaolari xalq tomonidan to‘g‘ri anglab yetilsa-shundagina kishilarda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirish imkoni tug‘iladi.

O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ularning axloqiy sifatlarini boyitish, pirovard natijada, yigit-qizlarning tafakkurini isloh etishda yana bir muhim masala borki, uni unutmaslik muhim. Bu- hozirgi yoshlarimiz tomonidan tanlanadigan yo‘l, maqsad. Darhaqiqat, sog‘lom tafakkur tanlangan to‘g‘ri maqsad natijasida yuz berishi mumkin. “Bugungi kunda, deb qayd etadi mamlakat rahbari,-katta umid, orzu-maqsadlar bilan, Vatanim taraqqiyotiga hissa qo‘shaman, deb belini mahkam bog‘lab maydonga chiqayotgan, azmu shijoatli yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki burchimizga aylanishi kerak” (Karimov I. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir. -Toshkent, 2015.-235-bet)

Xalqimizda har qanday muvaffaqqiyatning asosi to‘g‘ri tanlangan maqsadga va unga olib boradigan yo‘lga bog‘liq, deb bejiz aytilmaydi. Haqiqatdan ham maqsadning to‘g‘ri qo‘yilishiga ko‘p narsa bog‘liq. Shu o‘rinda sovet davriga xos bir holatni eslab ko‘raylik. O‘sha davrda yoshlar, ular ota-onasiga “Farzandingizni nega falon institutga o‘qishga qo‘ydingiz?”, degan savolga farzand ham, uning ota-onalari ham “Diplom kerak bo‘lib qolar!”, degan javobni berar edilar. O‘sha paytlar diplom kult darajasida edi.

Endichi? Endi hozirgi yoshlarimiz uchun diplom uning asosiy maqsadi emas. Diplom-maqsadga erishishning vositalaridan biri xolos! Ho‘sh unda uning maqsadi nima? Maqsad yuqorida, ta’kidlangani kabi Vatan taraqqiyotiga, millat rivojiga hissa qo‘shish, o‘zining “Meni”ni topish, o‘z iqtidori-yu iste’dodini namoyish etish, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarning shunchaki kuzatuvchisi emas, aksincha, uning faol ishtirokchisiga aylanishdir. Ana shu maqsad bugungi o‘zbek yoshlarining tafakkuri tarzini o‘zgartirish, islox etish, unda milliy va umumjaxon manfaatlari uyg‘unligiga erishgan holda evrilishlar sodir etishga undaydigan bebaho kuch-qudratdir.

Yoshlar tafakkur tarzini o‘zgartirishga ko‘mak beradigan maqsad ularni ma’naviy boqimandalikdan  halos etadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bugungi yoshlar nafaqat o‘tmish allomalarimiz-mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan, kashf etilgan ilmiy-ma’rifiy merosining oddiy iste’molchisi, balki, ulardan kuchli ma’naviy-ruhiy quvvat olib, ularning buyuk ishlarini davom ettiruvchilardir. Yana ham boshqacharoq aytganda tafakkur isloxoti natijasida bugungi yoshlar kelajak avlod oldidagi buyuk burchini anglab yetishi mumkin. O‘sha tafakkur yoshlarimizni yangi maqsad sari, yo‘naltiradi, o‘zining milliy burchini anglashga undaydi, uni harakatga keltiradi.

Tafakkurni isloh etish orqali inson ongli ravishda uylashni o‘rganadi. U esa uni to‘g‘ri maqsadga eltadi. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy shunday deydi: “O‘ylab ish qilishlik bilan maqsadga yetiladi, chidamli (og‘ir) bo‘lish bilan ham narsani (hom ishni) pishirish mumkin bo‘ladi” (Alisher Navoiy. Hikmatlar.-Toshkent, 2014.-147 bet).

Ayni paytda, to‘g‘ri maqsadni tanlash qanchalar og‘ir bo‘lishini ta’kidlagan holda, uning to‘g‘riligiga boshqalarni ishontirish ham shu darajada qiyin. “Keng ko‘lamda bilim olib o‘zining maqsad-intilishlarini himoya qila olish, o‘zi tashvishlangan savollar haqida ko‘p so‘rab va bular ustida mulohaza yuritish, insonparvarlik mana shunda o‘z aksini topgan”, deydi Konfutsiy (Konfutsiy. Suhbat va mulohazalar.-Toshkent, 2014-178 -bet). Ba’zan ayrim yoshlarimizda o‘zi tanlagan to‘g‘ri yo‘ldan, maqsaddan og‘ish hollarini ko‘rish mumkin. Buning asosiy sababi esa, bizning nazarimizda, o‘sha yoshlar tafakkur tarzidagi qat’iyatsizlik, birovning asossiz “dalillari”ga javob berish darajasining pastligida, deb bilamiz.

Tafakkur tarzini isloh etish o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ta’bir joiz bo‘lsa ta’kidlash lozimki, tafakkurni isloh qilish ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni isloh etishdan ham qiyin. Ammo, tafakkurdagi islohot pirovard natijada jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning bardavomiyligini ta’minlaydi, ularga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. O‘zbekistonda bugungi kundagi barcha sohalardagi islohotlar rivoji, ularning kundan-kunga kuchayib borishi, shubhasiz, tafakkuridagi islohotlarning natijasidir. Yangi jamiyat barpo etish eski tafakkur, nuqtai nazar va qarashlar bilan amalga oshirilmaydi. Yangicha tafakkur esa insondan o‘zini qiynashni, o‘zini o‘zgartirishni, faqat ma’lum qoliplarda yurish amaliyotidan voz kechishni, Vatan, millat manfaatlarini o‘zining manfaati bilan uyg‘unlashtirish talab etadi. Bu qiyin, ammo zarur jarayon.

 

Tarix fanlari doktori,

Professor Abduxalil Mavrulov

Ijtimoiy kayfiyat va ma’naviyat

02-02-2016

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalarda erishilgan yutuqlar olib borilayotgan islohotlarning natijasidir. SHu tufayli fuqarolarimizda bugungi kundan shukronalik, ertangi kunga mustahkam ishonch paydo bo‘lmoqda. Bularni kishilarimiz rangi – ro‘yida, gap-u so‘zida, hatti – harakatida har qadamda uchratish mumkin. Aslida, ularning bari insonning kayfiyatida aks etmoqda.

Xo‘sh, kayfiyat nima? “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ta’kidlanishicha “Kayfiyat – arabchadan holat, hol, kishidagi ichki kechinma, intilish, uning ta’sirida yuzaga keluvchi ruhiy holat”. Jamiyatning millatidan, jinsidan, yoshidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barchasidagi ichki kechinmalar, ruhiy holatni esa “ijtimoiy kayfiyat” deyish mumkin. Lug‘atlarda, ijtimoiy – gumanitar fanlarda bunday atamani uchratmadik. Ijtimoiy kayfiyat atamasiga yaqinroq “Ijtimoiy mobillik”, “Ijtimiiy moslashuv”, “Ijtimoiy muhit” kabilarni uchratsakda, ammo biz nomini keltirgan tushuncha topilmadi.

SHuning uchun ham O‘zbekistonning hozirgi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy – mafkuraviy, madaniy – ma’rifiy holatini tahlil etgan holda mazkur tushuncha xususida ayrim fikrlarni bayon etishga ahd qildik. Darhaqiqat, ijtimoiy kayfiyat jamiyatdagi katta ko‘pchilikning ijtimoiy – ruhiy holati, muhit haqida, mavjud tuzum to‘g‘risida haqqoniy, adolatli xulosa chiqarishga ko‘mak beradigan tushuncha hisoblanadi. Ijtimoiy kayfiyat o‘zgaruvchanlik tavsifiga ega. Bu narsa mamlakat rahbariyati tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning fuqarolari manfaatiga qanchalar darajada muvofiqligiga bog‘liq.

Jamiyatning ijtimoiy kayfiyati doimo bir xil bo‘lishi mumkin emas. YUqorida ta’kidlaganimiz kabi, bu narsa davlat tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatga, hukmron siyosiy kuch, rahbariyatning xalq manfaati yo‘lida olib borayotgan faoliyatiga, islohotlarning izchilligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ijtimoiy adolat hukm surgan, fuqarolar farovonligi ta’minlangan, ertangi kunga ishonch uyg‘ota olgan jamiyat ijtimoiy kayfiyati ko‘tarinki bo‘ladi. Aks holda, buning teskarisini kuzatish mumkin.

Mamlakat rahbari 1990 yil 5 iyun kuni “O‘tmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan” deb nomlangan ma’ruzasida sobiq sovet mustabid tuzumining asl mazmun – mohiyatini tahlil qilib shunday deydi: “Xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyati obdon oyoqosti qilindi, ona tilining qo‘llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo‘yildi. Hatto, shundoq ham milliy an’analardan ancha olisda bo‘lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir maqbul bo‘lmay qoldi va ularni yangilashga urindilar. Hatto milliy libos ham qoralandi. Kezi kelganda odamlar milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilish, qarindosh – urug‘larni dafn etishga ham cho‘chib qolgan edilar”[1].

O‘zbekiston fuqarolarining mustabid sovet davridagi ijtimoiy kayfiyati yuqorida keltirilgan iqtibos mazmun – mohiyatidan kelib chiqar edi. Haqiqatdan ham, mustaqillikka erishish arafasida kishilarning xarakterida ijtimoiy tushkunlik, hafsalasizlik, sovet mafkurasi tomonidan o‘tkazilayotgan “zug‘um qilish siyosatiga” nisbatan nafrat, mavjud tuzumga ishonchsizlik kayfiyati tobora kuchayib bordi. Aslida, mustaqillik sari dadil qadam tashlashga undagan omillar ham shular edi.

Mana, o‘sha kunlarga ham chorak asr to‘ldi. Mustaqillik inson, uning manfaatlarini himoya qiluvchi, yangi jamiyat barpo etishning, mamlakat va millat taraqqiyotini ta’minlovchi fenomen hodisa sifatida fuqarolar ijtimoiy ongiga allaqachonlar singib ketdi. “Mustaqillik, – deydi I.Karimov, – biz uchun avvalo o‘zligimizni anglash, insoniy qadrimizni, urf – odat va qadriyatlarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimiz, aziz – avliyo va allomalarimizning tabarruk nomlari va merosini, g‘urur va iftixorimizni tiklash, yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash kabi beqiyos imkoniyatlar ochib berganini alohida ta’kidlash zarur”[2].

Ushbu iqtibos O‘zbekiston fuqarolarining bugungi kundagi kayfiyatini belgilab beruvchi omillar hisoblanadi. O‘zbek uchun har doim uning or – nomusi, sha’ni qadrli va muqaddas bo‘lgan. Ular kamsitilgan va toptalgan holatda yurtdoshlarimiz har doim aql – idrokni ishga solganlar, favqulodda holatlarda esa qurol ishlatganlar. Xalqimiz kayfiyati uning sha’ni, or –  nomusi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bunga tarixda misollar ko‘p.

Mamlakatimiz fuqarolarining bugungi kun kayfiyatidagi ko‘tarinkilik, shukronalik, ijtimoiy birlik, o‘zaro munosabatlardagi yaqinlik, bir – biriga elkadoshlik – bularning bari pirovard natijada jamiyatni yanada rivojlantirishga, fuqarolar farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Boshqacha so‘z bilan aytganda, jamiyat rivojlanishining bugungi kuni mamlakat fuqarolarida ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyat mavjudligidan dalolatdir. Xo‘sh, jamiyatda ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyatning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar nimalardan iborat?

Birinchidan, har bir inson intiladigan, kurashadigan, zarur bo‘lsa jonini berishga tayyor bo‘lgan bir holat mavjud. Bu – jamiyatdagi adolat mezoniga amal qilishdir. Haqiqatdan ham, inson doimo adolatga intiladi, birov tomonidan o‘zining kamsitilishi, xo‘rlanishining oldini olishga harakat qiladi. Qisqasi, inson hayoti doimo adolat uchun kurashdan iborat. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ana shu qadriyat mutlaqo o‘z joyini topdi. Bu narsa eng avvalo, davlatimizning bosh qomusini qabul qilishda demokratiya va ijtimoiy adolat tamoyillariga amal qilinganligi bilan belgilanadi.

Darhaqiqat, ijtimoiy adolat O‘zbekiston qonunchilik faoliyatining barcha yo‘nalishlari asosi hisoblanadi. “Konstitutsiyamizda bizning bosh maqsadimiz, – deydi mamlakat rahbari Islom Karimov, – faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat qurish ekani aniq – ravshan belgilab berilgan. Bu maqsad hayotimizda mustahkam qaror topgan oddiy haqiqatdan, ya’ni xalqimiz har qanday qiyinchilikka chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi, degan so‘zlarni yaqqol tushunishdan kelib chiqqan desam, o‘ylaymanki, butun el – yurtimizning fikrini ifoda etgan bo‘laman”[3].

Jamiyat ijtimoiy kayfiyatini shakllantiruvchi, uni ko‘taruvchi eng dastlabki omil adolat tamoyili hisoblanadi. O‘zbek milliy – madaniy merosiga, davlatchilik tarixiga nazar tashlasak, ushbu fikr qanchalar to‘g‘ri ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Buyuk bobomiz Mir Alisher Navoiy shunday deydi: “Mamlakatda adolat o‘rnatmoqchi bo‘lgan kishi xalqning dushmanga qarshi mudofaa qurolini kuchaytirsin”[4]. Demak, qadim – qadimdan adolat mashaqqat bilan qo‘lga kiritiladigan, kuchli himoya qilinadigan, har bir insonga o‘ta zarur bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Adolat tamoyili kishiga uning shu jamiyatning to‘laqonli a’zosi ekanligini anglatib turadi. Adolat mezoni erkinlik fenomeni bilan uyg‘un ekanligini unutmaslik muhimdir. SHu o‘rinda, Jan-Pol Sartrning quyidagi fikri e’tiborli: birorta shaxs qamoqda o‘tirsa ham ichki erkinlikdan uni hech kim mahrum qila olmaydi. Unga hech kim erkin yashash, erkin fikr qilishni, erkin o‘ylashni ma’n qila olmaydi.

Ammo bunday erkinliklar jamiyatdagi mavjud qonunchilik hamda an’anaviy milliy urf – odatlar, milliy tarbiya tizimi doirasida amal qilmog‘i lozim. Aks holda, mazkur erkinliklar insonni boshboshdoqlikka, anarxiyaga undaydi. Mamlakatimizda erkinlik va adolat tamoyillarining ustuvor tavsifga ega bo‘lishi, eng muhimi mavjud siyosiy hokimiyatning adolat tantanasi yo‘lida olib borayotgan amaliy faoliyati ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyatning shakllanishiga imkon yaratmoqda.

Ikkinchidan, jamiyatda mustahkam, ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyatning yuzaga kelishi va shakllanishiga imkon beradigan omillardan yana biri – hukmron siyosiy hokimiyatning mavjud qonunchilikda belgilangan vazifalarni bajarish, turli darajada berilgan va’dalarga amal qilish bilan bog‘liq. Bunga  yaqin va uzoq tarixdan misollar ko‘p. Ko‘pincha qator mamlakatlar rahbarlari, o‘zlarining saylovoldi dasturlarida, ba’zan “do‘ppi tor kelgan” paytlarda “vaziyatdan chiqish” uchun aslida bajarilishi mumkin bo‘lmagan va’dalar beradilar. Va’dalar bajarilmaganidan so‘ng esa xalqning g‘azabiga duchor bo‘ladilar.

O‘zbekistonda esa mazkur masalaga alohida e’tibor berilgan. Siyosiy hokimiyat tomonidan imkoniyat va qiyinchiliklar, muammolar ro‘y – rost aytilmoqda, xalqqa yolg‘on va’dalar berilmayapti. Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasida bundan qariyb chorak asr avval belgilab olingan yo‘l – insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish sobitqadamlik bilan davom ettirilmoqda. Uning mantiqiy davomi sifatida 2010 yilda qabul qilingan mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi amal qilmoqda.

Ayniqsa, iqtisodiy sohadagi vazifalarning bosqichma – bosqich amalga oshishi jamiyat ijtimoiy kayfiyatini shakllantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Masalan, 1997 yildan boshlab hozirgacha yillarga alohida nom berilishi va bu bo‘yicha maxsus davlat Dasturlarining qabul qilinishi, mazkur maqsadlar yo‘lida katta mablag‘larning sarflanishi mamlakat barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Aslida, dunyoda e’tirof etilgan “O‘zbek modeli”ning o‘zi jamiyatda ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishning klassik misoli bo‘la oladi. Bu borada mamlakat rahbarining ko‘rsatayotgan shaxsiy namunasini alohida e’tiborga olish lozim. YAqinda yurtboshimiz Buyuk ipak yo‘lini tiklash hamda O‘zbekistonni jahon mamlakatlari bilan savdo – iqtisodiy aloqalarini yaxshilash, shuningdek, O‘zbekistonda transport infratuzil-masining mukammal tizimini yaratish maqsadida “Angren – Pop” temir yo‘lini qurish to‘g‘risida bergan va’dasi, bugungi kunga kelib real kuchga aylandi. SHubhasiz, berilgan va’daning ustidan chiqish har qanday rahbarning qanchalar darajada yuksak ma’naviyatli, jamiyat, xalq manfaatlari uchun qayg‘urishining darajasini belgilaydi.

Uchinchidan, jamiyatda ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishga ko‘mak beradigan muhim omillardan biri bu – davlat bilan xalq o‘rtasida o‘zaro ishonch hisoblanadi. Davlat o‘z kuch-qudratini, mavqeini,ta’sir doirasini, imkoniyatlarini, mavjud shart-sharoitlarini, ayni paytda barcha sohalardagi muammolarni aniq ravshan tasavvur qila olmasa, ularni ilmiy jihatdan tahlil etolmasa, fuqarolar mazkur holatlarga o‘z munosabatini bildirib, baho bera olmasa – bunday holatda, shubxasiz kelishmovchiliklar, ziddiyatlar yuzaga keladi.

O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan murakkab, ammo bajarilishi aniq bo‘lgan vazifalarni qo‘ydi. O‘z maqsadiga erishishga ishondi. Xalq esa mamlakat rahbariyatiga, hukumatga ishondi. Ana shu ikki xolat O‘zbekistonda barqaror rivojlanishga shart-sharoit imkoniyat yaratdi, pirovard natijada, ijtimoiy kayfiyatda ko‘tarinkilik yuzaga keldi. SHu o‘rinda quyidagi misolni o‘ta asosli, deb bilamiz: Vey hokimligidan bo‘lgan shogird Zigong ustozi Konfutsiydan davlat ishlarini qanday boshqarishni so‘radi. Ustoz  dedi: “Oziq-ovqat to‘kin, qurol-yarog‘ etarli, xalqning esa hukumatga nisbatan ishonchi bo‘lishi kerak”. Zigong yana so‘radi: “Agar shunday zaruriyat tug‘ilib mana shu uch xususiyatning bittasidan voz kechish kerak bo‘lsa, qay birini tanlsh mumkin?” ustoz dedi: “Qurol-yarog‘ni”. Zigong dedi: “Agarda shunday zaruriyat tug‘ilib ikki xususiyatning bittasidan voz kechish kerak bo‘lsa, qay birini tanlsh mumkin?”. Ustoz dedi: “Oziq-ovqatni. Qadimdan kishilar ajaldan qochib qutila olmaganlar. Lekin xalqning ishonchini yo‘qotgan mamlakat o‘zini tik tutib tura olmaydi”[5].

Haqiqatdan ham, har qanday siyosiy hokimiyatning eng kuchli jihati  bu – xalqning ishonchi. Ishonch har doim, har qanday sharoitda ruhiyatni ko‘taradi, maqsad sari intilishni rag‘batlantiradi, g‘oyaning moddiy kuchga aylanishini taminlaydi. Boshqa tomondan, mamlakat barqarorligi, jamiyatning mustahkamligi shu xalqning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ham bog‘liq. “Birovning qo‘liga va yuziga qarab yashaydigan inson va davlatning,  – deydi mamlakat rahbari, – ozodligi butun bo‘lmaydi. Hayotning shafqatsiz qonuni shu: faqat o‘z kuch-qudratiga ishongan xalqgina o‘z murod-maqsadiga etadi”[6]. Demak, bir tomondan, davlat, siyosiy rahbariyat xalqning ishonchini tobora qozonmoqda. Ayni paytda, konstitutsiyamizning 7- moddasida ta’kidlangani kabi,  davlat hokimiyatining birdan – bir manbai sifatida xalqning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchi tobora mustahkamlanmoqda. Bu holat esa o‘z navbatida jamiyatda ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyatni yuzaga keltirmoqda.

To‘rtinchidan, Har qanday mamlakatda, jamiyatda ijtimoiy kayfiyatni shakillantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan omillardan biri – sabr – qanoatdir. Ho‘sh, sabr nima o‘zi? “Sabr – g‘am kulfat, azob – musibatlarga chidash, toqat qilish, o‘z ixtiyori bilan nafsni tiyish, yoqmagan narsa sodir bo‘lganda Alloh taolodan qo‘rqib va uning roziligidan umidvor bo‘lib o‘zini tutishlik. Sabrli bo‘lish kishilarning eng asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi”[7].

O‘zbek xalqi azal – azaldan o‘ta sabr – qanoatli, qiyinchiliklarga chidamliligi bilan alohida ajralib turadi. Ammo, adolatsizlik yuz berganda ushbu xalq uni tiklash yo‘lida hech narsadan qaytmagan. Bunga tarixda misollar ko‘p. Sabr – qanoatli bo‘lish, o‘tgan kundan rozi bo‘lib yashash har bir ma’rifatli insonning burchi va vazifasi hisoblanadi. Sabr – qanoat insonni tarbiyalaydi. Sabr – qanoat shukr so‘zi bilan yonma-yon keladi. SHukrning ma’nosi insonga yahshilik qilgan, muruvvat ko‘rsatgan, unga rahnamolik qilgan, o‘z fazilatlari bilan o‘rnak bo‘lgan shaxsni minnatdorchilik bilan eslash, yodga olishdir.

Husayn Voiz Koshifiy shunday hikoya qiladi: Bir kuni podshoh bilan kengashda o‘tirgan amirlardan birini chayon chaqadi. CHayon shunchalik ko‘p nish uradiki, ohiri nishi ishdan chiqadi. Ammo amir sabr qildi, aftini ham o‘zgartirmadi. Uyiga kelgach ko‘ylagini ichidagi chayonni chiqarib tashladi. Keyingi kun bundan habar topgan podshoh, sen nega chayonni shu zahoti o‘ldirmading, deydi. Amir unga: “Men sendek podshohning aziz hizmatini chayonning nishi sababli buzadigan odamlardan emasman. Agar bugun bazm majlisida chayon nishiga toqat qilolmasam, ertaga jang maydonida dushmanning zaharli o‘qiga qanday sabr qila olaman”,[8] deydi.

Bizning jamiyatda sabr – qanoat qilgan har qanday inson e’zozda. Bu hayotda nimalar bo‘lmaydi, deysiz. Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlasak, jahonning hali u, hali bu burchaklaridagi to‘s-to‘polonlarga e’tibor bersak, millionlab maktab yoshidagi bolalarning ta’lim dargohlariga borish imkoniyati yo‘qligini, 3-4 yil ichida bu dunyoda o‘z vatanidan judo bo‘lgan Vatangadolar safining muttasil ko‘payib borayotganligiga qarasak, O‘zbekistonning bu borada qanday katta yutuqlarga erishganligini ko‘rishimiz mumkin.

Aslida qanoat boylik. Bu boylikka ega inson o‘z yo‘lidan adashmaydi, aql bilan ish tutadi, donishmandlar merosidan o‘git qidiradi, o‘zini o‘zi nazorat qila oladi. Sabr – qanoat insonni tinchlik-hotirjamlikka undaydi, u har birimizni osoyishtalik va osuda turmushga chorlaydi. Bobomiz Alisher Navoiy shunday deydi: “Qanoat otlik boylikning o‘zi podshohlikka teng bo‘lsa-da, odamlardan tama qo‘lini tortish uchun kishi mard bo‘lishi kerak. Lazzat va nafsni tark etish tinchlik – hotirjamlik mevasini beradi, lekin bu niholni ekish uchun oqillik talab qilinadi.”[9]. Agar ushbu iqtibosga e’tibor qilinsa, qanoat boylikka qiyos qilinmoqda. SHuningdek, sabr – qanoatlik kishiga mard kishi sifatida baho berilmoqda. Va albatta sabr – qanoat aql natijasida yuz berishi mumkin. SHukr qilish orqali ijtimoiy kayfiyatda ko‘tarinkilik ruhini uyg‘otish uchun bizda imkoni-yatlar bormi? Albatta bor. Bular mamlakatimiz rahbariyati tomonidan tanlangan to‘g‘ri va adolatli yo‘l, ushbu yo‘lning to‘g‘riligi fuqarolarimiz tomonidan ongli ravishda anglaganligi, ertangi kunga ishonch, bu ishonchni mustahkamlovchi iqtisodiy, ma’naviy – falsafiy bazisning mavjudligidir.

Sabr – qanoat bizni, barchamizni radikal hulosalar chiqarishdan, qo‘qqisdan fikr bildirishdan, kimlarnidir fikri, mulohazasi asosida “harakatga kelish”dan saqlaydi. Sabr – qanoat insondan hissiyotlar quli bo‘lmaslikni ham talab qiladi. Mulohaza, aql, tadbirkorlik, o‘zini boshqara bilish ko‘nikmalari – bularning bari sabr – qanoatning ildizlari hisob-lanadi. Demak, jamiyatda ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishda sabr-qanoatning, shukr qilishning o‘rni katta. O‘zbekistonda fuqarolarning o‘tayotgan har bir kunidan roziligi, shubhasiz ijtimoiy kayfiyatning darajasini ko‘rsatuvchi omildir.

Beshinchidan, Ijtimoiy  kayfiyat jamiyatda yashayotgan aholi katta ko‘pchiligining  xohish-irodasi bilan shakllansada, ayni paytda mazkur xodisaning qay darajada ishonchliligi har bir fuqaroning shaxsiy kayfiyati asnosida yuzaga keladi. Gap shuning ustida ketmoqdaki, ijtimoiy kayfiyat har bir fuqarodan “O‘zi bilan o‘zi gaplashish”ni talab etadi. Biz ko‘pincha jamoaviy xalq bo‘lganligimiz uchun ham ayrim masalalar bo‘yicha hulosa chiqarishda “ko‘chaning gapi”ga quloq tutish ko‘nikmasiga egamiz. Ammo bu – ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keladi. Eng yomoni – “ko‘chaning gapi”ni yagona to‘g‘ri fikr, hulosa sifatida qabul qilish bizni fikrlashish, mulohaza qilishdan to‘xtatadi.

“O‘zi bilan o‘zi gaplashish” esa ko‘proq aql va hissiyotni uyg‘unlashtirishga, bunda aqlga ustuvor ahamiyat berishga undaydi. Ba’zan ayrim fuqarolarimizda sobiq sovet mustabid tuzumini qo‘msash kayfiyatini ko‘ramiz. Ularning o‘sha davr qiyinchiliklari, kishilarni xo‘rlashlari, kamsitishlarini ko‘rmasdan yoki ko‘rmaslikka harakat qilishganini e’tiborga  olmasdan, hozirgi sharoitdagi ayrim kamchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatishlarining guvohi bo‘lamiz. Biz aynan o‘sha odamlar “o‘zi bilan o‘zi gaplashishni” istardik. O‘zbeklarda “Do‘ppini chetga qo‘yib gaplashish” degan ibora bor.

“Do‘ppini chetga qo‘yib gaplashish”, “o‘zi bilan o‘zi gaplashgan” odam vaziyatni to‘g‘ri baholaydi, tevarak – atrofdagi voqea hodisalarni xolis tahlil qiladi, adolatli hukm chiqaradi. Birgina 2015 yilda qishloqlari-mizda namunaviy loyihalar asosida 12 mingta zamonaviy uy-joylar, qariyb 170 ta infratuzilma ob’ektlari, 260 kilometr yo‘l, 285 kilometr elektr, 370 kilometr gaz, 470 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari barpo etilgani, faqatgina “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida barcha manbalar hisobidan 2 trillion 246 million so‘m va 225 million AQSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflanganligini bilmaslik, shubhasiz kishida tushkunlikni yuzaga keltirishi mumkin.[10]

Qolaversa, “o‘zi bilan o‘zi gaplashish” tarixga nazar tashlashni, bugunni kechagi kun bilan taqqoslashni talab etadi. Voqealar, jarayonlardan tashqarida turish fuqaroni shu jamiyatdan begonalashtiradi. SHuning uchun ham O‘zbekistonda fuqarolarning axborot olish imkoniyatlari tobora kengaytirilmoqda. Maqsad bitta – u ham bo‘lsa, odamlarimiz mamlakatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni, islohatlar natijalarini o‘zlari tahlil qilsinlar, adolatli, oqilona hulosa chiqarsinlar.

“O‘zi bilan o‘zi gaplashish” aslida “Kim edigu kim bo‘ldik? Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday marralarni egallashimiz kerak?” degan savolga javob topishga undaydi. “Mamlakatimiz erishgan yutuqlarning tub mohiyatiga etib borish uchun, – deydi mamlakat rahbari Islom Karimov, – bugungi hayotni kechagi hayot bilan solishtirib ko‘rish kerak. YUrtimizdagi mislsiz o‘zgarishlarni o‘z hayoti, oilasi, qishlog‘i, maktabi, ishxonasi misolida ko‘rgan kishiga o‘tgan kunlar bilan bugungi kunning farqi hamda afzalliklari to‘g‘risida tashviqot yurgizishga hojat qolmaydi”[11].

SHu ma’noda ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishda ma’naviy – targ‘i-botning o‘rni hali kattaligini esdan chiqarmaslik lozim. Targ‘ibot ishlarimizda, shubhasiz, katta yutuqlarimiz bor. Ular bilan haqli ravishda faxrlana olamiz. Ammo bu jarayon ijodiy jarayon ekanligi, axborotning kechikib berilishi uning samarasini kamaytirishi yoki yo‘qqa chiqarishi mumkinligini ham yodda saqlash maqsadga muvofiq. Targ‘ibot aniqlikni va o‘z vaqtida berilishni taqozo etadi. Ayrim hollarda targ‘ibotning quruq shiorlardan iborat bo‘lishi, targ‘ibotchi bilimi, nutq madaniyatining pastligi umumiy ishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. SHuningdek, targ‘ibot, tarbiyaviy ishlarda ba’zan himoya usullaridan foydalanish holatlari uchraydi. Fikrimizcha, ma’naviy – ma’rifiy, targ‘ibot – tarbiyaviy ishlar kurashchanlikni, salbiy hodisalarning oldini olishda “vaqtdan o‘zish”ni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida kishilarni xotirjamlikka, ayni paytda, ehtiyotkorlikka undaydi, pirovard natijada, jamiyatda ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyatni yuzaga keltiradi.

Oltinchidan, jamiyatda pozitiv ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishga ayrim holatlar salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ham ta’kidlash lozim. Eng avvalo, hayotdan, turmushdan doimo norozi bo‘lib yuradigan ayrim yurtdoshlarimiz borligini ham yodda tutishimiz kerak, deb o‘ylaymiz. Xo‘sh, ular kimlar? Ularni shartli ravishda ikki toifaga bo‘lish mumkin. Birinchi toifaga jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea – hodisalar haqida etarli ma’lumotga ega emas, tabiatan qiziquvchanligi yo‘q, behafsala kishilarni kiritish mumkin. Ikkinchi toifaga kiruvchilar esa sobiq sovet mustabid tuzumini qo‘msovchilar, yangiliklardan qo‘rqadiganlar, har qanday eksperi-mentlardan ehtiyot bo‘luvchilar, dangasalar, tashabbusni yoqtirmaydiganlar, boqimandalar, voqea – hodisalarni tahlil etishga etarli darajada bilimi yo‘qlardan iborat.

Har ikki toifadagilar, shubhasiz, jamiyatda ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishda o‘z “hissa”larini qo‘shadilar. Ammo ularning ulushi aksariyat hollarda salbiy natija berishi mumkin. Ular bilan ishlashda oila, ta’lim muassasalari, mahalla, jamoat tashkilotlarining hamkorligi o‘ta zarur. Ammo, bizning fikrimizcha, bunday yurtdoshlarimiz bilan ishlashda yakka tartibda – individual tarzda ishlash muayyan ijobiy natija berishi mumkin.

E’tibor qilinishi lozim bo‘lgan yana bir narsa mavjud. Bu – illatni fazilatdan, fazilatni illatdan ajrata bilish, zamon o‘zgarishi natijasida fuqarolar ayniqsa, yoshlarimiz ongi fikridagi evrilishlarni aniqlab olishdan iborat. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlab qilingan ma’ruzada yurtboshimiz mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning hal qiluvchi omili haqida gapirib, avvalo odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, ularning yon – atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora o‘sib borayotganini ta’kidlaydi.

Biroq, ayrim yurtdoshlarimiz yoshlar ongidagi o‘zgarishlarning mazmun – mohiyatini bilmasdan, unga to‘g‘ri baho bermasdan ularni “ayniganlik”da ayblaydilar. Ijtimoiy faollikni betga choparlik, tadbirkorlikdagi faollikni “pulning ketidan quvish”, vaqtga e’tibor qilmasdan ishlashni kattalarga bee’tibor bo‘lib ketganlik bilan izohlaydilar. Asli fazilatli narsalardan illat qidirish va uni “asoslashga” urinish jamiyatda pozitiv ijtimoiy kayfiyatning yuzaga kelishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Albatta, jamiyatda barqaror pozitiv ijtimoiy kayfiyatning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar yo‘q emas. Bu narsa jamiyatda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar natijalarini ko‘ra bilmaslik, tahlil qila olmaslik, yaqin va uzoq tariximizdan taqqoslash asnosida xulosa chiqara bilmaslik kabilarda ko‘rinadi. Ammo mustaqillik yillarida, O‘zbekistonda barqaror ko‘tarinki ijtimoiy kayfiyatning shakllanganligi aksioma. Buni hech kim inkor eta olmaydi. SHubhasiz, bunday ijobiy holat mamlakatning yanada rivojlanishiga, islohotlarning natijadorligini oshirishga, fuqarolar turmush sharoitini yaxshilash, hayot farovonligini kuchaytirishga zamin yaratadi.

 

Tarix fanlari doktori, professor:                      Abduhalil Mavrulov.

[1] Каримов И. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент.: “Ўзбекистон” 2011. – 177- 178 бетлар.

[2] Каримов И. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. – Тошкент.: “Ўзбекистон” 2015.  -71- бетлар.

[3] Халқ сўзи 2015 йил 6 декабрь

[4] Алишер Навоий. Ҳикматлар. – Тошкент.: 2014. -15-бет

[5] Конфуций. Суҳбат ва мулоҳазалар. – Тошкент.: 2014. – 111-бет.

[6] Каримов И. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида ҳизмат қилиш – энг олий саодатдир. – Тошкент.:  2015. – 75-бет.

[7] Ислом энциклопедияси. – Тошкент.: 2004 – 202-бет.

[8] Ҳусайн Воиз Кошифий. Футувватномаи султоний. – Тошкент.: 2011 – 142-бет.

[9] Алишер Навоий. Ҳикматлар. – Тошкент.: 2014. – 46-бет.

[10] Халқ сўзи. 2015, 6-декабр

[11] Каримов И. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. – Тошкент.: “Ўзбекистон” 2015.  -79- бетлар.

 

MA’NAVIYATNING  MUZAFFAR   YO‘LI

Zarurat

          Istiqlolning to‘rtinchi yilida mamlakat ma’naviy taraqqiyoti uchun jiddiy hodisa – Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi (hozirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi) tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (1994 yil, 23 aprel), Vazirlar Mahkamasi Qarori (1994 yil, 8 iyun) asosida umummilliy zarurat taqozosiga ko‘ra tashkil etilgan bu Markaz tom ma’noda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy taraqqiyot va ma’naviy islohotlarning dastlabki jiddiy mevalaridan edi. Markaz tashkil topganiga qadar mavjud bo‘lgan, sobiq tuzumning yakkamafkuraviy andozalari asosida ishlagan “Bilim” jamiyati va bu jamiyat tugatilgandan keyin tashkil topgan O‘zbekiston ziyolilari ilmiy-ma’rifiy uyushmasi yangidan qurilayotgan jamiyatimizning ma’naviy ehtiyojlari va talablariga javob bera olmay qolgan edi. Markaz barpo etilishining o‘ziga xos boshqa zaruratlari ham bor edi.

Birinchidan, O‘zbekiston ma’naviy taraqqiyotida yangi, ma’naviy tozarish, poklanish davri boshlanayotgan edi. Milliy mustaqillik milliy ong erkinligi, tafakkur ozodligi, ma’naviy-ruhiy barkamollikni taqozo etardi. Buning uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek, “jamiyatda insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning imon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch”ni qaror toptirish lozim edi. Mana shu ko‘rsatkichlarga umumxalq miqyosida erishilgandagina ma’naviyat sohasida to‘laqonli mustaqillikka erishiladi, degan nuqtai nazar ilgari surildi o‘shanda.

Ikkinchidan, mustaqil O‘zbekiston uchun totalitar tuzumdan meros bo‘lib qolgan ma’naviy inqirozga xotima yasash, xalqning dunyoqarashi, imon-e’tiqodi, axloq-odobi, ma’naviyati va ma’rifatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlantirish, yakkamafkuraviy tuzumdan ko‘pmafkuraviy jamiyatga o‘tish jarayonida o‘ziga xos bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy targ‘ibot tizimini shakllantirish zarur edi.

Uchinchidan, jamiyatda kechayotgan barcha islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan insonlar ongida ma’naviy-mafkuraviy o‘zgarishlar qilmasdan turib ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlarni amalga oshirib bo‘lmas edi.

To‘rtinchidan, bizning jamiyatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo‘ygan va yangi tashkil topgan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi fuqarolik jamiyati talablariga to‘liq javob berar edi.

Ehtimol, dunyoda har xil targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlar ko‘pdir, ammo inson va jamiyat ma’naviyati masalalari bilan shug‘ullanadigan va shu yo‘l bilan ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashni ko‘zlaydiganlari juda kam. Ko‘p mamlakatlarda bevosita inson va jamiyat ma’naviyati masalalari bilan shug‘ullanadigan ana shunday jamoatchilik markazlarining yo‘qligi talaygina muammolarni keltirib chiqarmoqda.

 Ezgu maqsad va vazifalar

 “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1994 yil 8 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorida quyidagi etti yo‘nalish Markazning asosiy vazifasi etib belgilandi:

–         sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar o‘tkazish orqali o‘zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg‘or g‘oyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga tatbiq etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqarish;

–          jamiyatdagi sog‘lom kuchlar – yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo‘naltirish;

–          millatlararo do‘stlik, hamjihatlikning ahamiyatini, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashni, mintaqamizda yashayotgan millatlarning madaniy, ma’rifiy, ma’naviy taraqqiyot ildizlari mushtarakligini targ‘ib qilish;

–          madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy taraqqiyot yo‘nalishlari bilan bog‘liq omillarni, milliy davlatchilik qadriyatlarini o‘rganish va targ‘ib qilish;

–          jahoniy, umumbashariy boyliklarga ega bo‘lish maqsadida mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, e’tiqod, g‘oyalarni o‘rganish, sog‘lom dunyoqarashni hamda siyosiy madaniyatni shakllantirishda ishtirok etish;

  • jamoat birlashmalari, ilmiy, ijodiy muassasa va tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining o‘zaro samarali hamkorligiga ko‘maklashish;
  • ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir ma’ruzalar, anjumanlar, suhbatlar o‘tkazish.

 Rivojlanish yo‘li

             Markazning rivojlanish tarixini quyidagi uch bosqichga bo‘lish mumkin:

Birinchi bosqich. 1994 yil 23 aprel – 1999 yil 3 sentyabr. Markazning shakllanish davri.

Ikkinchi bosqich. 1999 yil 3 sentyabr – 2006 yil 25 avgust. Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi orqali ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarining o‘zaro muvofiqlashtirilishiga erishish davri.

Uchinchi bosqich. 2006 yil 25 avgustidan keyingi davr. Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga erishish davri.

Endi shu uch bosqich xususiyatlari, shu davrlarda amalga oshirilgan ishlar haqida  to‘xtab o‘tsak.

 Markazning shakllanish davri

(1994 yil 23 aprel – 1999 yil 3 sentyabr)

            1994 – 1999 yillar Markaz uchun shakllanish yillari bo‘ldi. Tashkilot rasman O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Markazda “Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati”, “Umuminsoniy va milliy qadriyatlar”, “G‘oyalar, fikrlar va dasturlar jamg‘armasi”, “Sotsiologik tadqiqotlar” bo‘limlari tuzildi, etuk kadrlar bilan ta’minlandi, ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. SHuningdek, Markazning mahalliy byudjetdan ta’minlanadigan mintaqaviy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan hududiy (shahar va tuman) bo‘limlari tashkil etildi.

Markaz tashkil topganligining birinchi yilida mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlari orasida ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy targ‘ibot ishlarini tashkil etib, sobiq tuzum davridan saqlanib kelayotgan loqaydlik, beparvolik, boqimondalik kabi illatlarga qarshi kurash boshladi. “G‘oyalar, fikrlar va dasturlar jamg‘armasi” bo‘limi milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, to‘ylarimiz va marosimlarimiz to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan eng yaxshi g‘oyalarni to‘plab, “Eng yaxshi g‘oyalar” jamg‘armasini tashkil etdi va shular asosida barcha vazirlik, uyushma, korxona va muassasalarda keng targ‘ibot ishlari olib bordi. 1995 yili Markaz faoliyati bilan baqamti ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqlol va ma’naviyat” kitobi nashrdan chiqib, unda milliy ma’naviyatizning asoslari, mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari asoslab berildiki, Markaz o‘z faoliyatida bu ma’naviy-axloqiy negizlarni uyg‘unlashtirdi.

Bular quyidagilardan iborat edi:

           –           umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

           –           xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

           –           insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

–           vatanparvarlik

Markazning targ‘ibot-tashviqot strategiyasi asoslarini belgilashda shu g‘oyalarga tayanildi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida “Tafakkur” jurnali ham tashkil etildi va uning nishona soni chop etildi.

Jurnal Markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, xalqimiz ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shdi. Haqiqiy ma’noda Markazning yuzi, obro‘siga aylandi. Jurnal sahifalarida urf-odatlarimiz, an’analarimiz, milliy ma’naviy merosimiz va ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, milliy g‘oya va mafkura asoslari to‘g‘risida materiallar berib borilyapti.

Shunday qilib, 1994 – 1999 yillar Markaz shakllanishining ilk yillari bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir minglab anjuman, davra suhbatlari, ma’ruzalar o‘tkazildi, aholimizning turli qatlamlari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

1996 yil Markaz faoliyatida tarixiy burilish yasadi. 1994 – 1995 yillarda Markaz faoliyatini shakllantirishda ayrim viloyat hokimlari, mintaqaviy-hududiy bo‘limlar rahbarlari hamda ba’zi o‘rta bo‘g‘in rahbarlari ongida sobiq tuzum davridan saqlanib kelayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga ikkinchi darajali islohotlar deb qarash hollari uchrab turar edi. Bu esa, tabiiyki, mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning borishiga jiddiy to‘siq bo‘lib, nafaqat ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, balki ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga ham xalaqit berar edi. Shuning uchun ham mamlakat Prezidentining “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 1996 yil 9 sentyabrdagi Farmoni qabul qilindi.

Bu hujjatda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga davlat siyosati darajasida e’tibor berilib, jumladan, shunday deyildi:

“Ayrim katta-kichik rahbarlar eski mustabidlik, zo‘ravonlik mafkurasining sarqitlaridan haligacha qutula olmay, bu borada kechirib bo‘lmaydigan oqsoqlik qilib, ma’naviyatning asl mohiyatini tushunib etmaslik tufayli unga ikkinchi darajali ish sifatida qaramoqdalar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bo‘lgan bunday e’tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro‘yobi uchun mutlaqo ziddir.

Ma’naviyat sohasida olib borayotgan ishlarimizni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida:

  1. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin.

Joylarda ma’naviyat bilan bog‘liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlarining zimmasiga yuklansin.”

Farmonda Markazni tizim sifatida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari rahbarlarini qayta sinovdan o‘tkazish, mintaqaviy bo‘limlar rahbarlari tegishli hokimliklar tavsiyasiga binoan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan tayinlanishi belgilandi.

Mazkur hujjatning yana bir muhim jihati shundan iboratki, yosh avlodni buyuk an’analarimiz, yuksak ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida porloq kelajak egalari etib tarbiyalash maqsadida 1997 yildan boshlab 1 oktyabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb e’lon qilindi. Shuningdek, Markaz muassisligida chop etilayotgan “Tafakkur” jurnalini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan, mualliflik qalam haqi miqdorini amaldagidan ko‘ra oshirish va “Ma’naviyat” nashriyotini tashkil etish vazifalari yuklatildi. “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, uning joylardagi bo‘limlari, xo‘jalik hisobidagi korxonalari hamda “Tafakkur” jurnali  nizomlarida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga qat’iy mos keladigan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha barcha turdagi soliqlardan besh yil muddatga ozod etilishi qayd etildi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzilishi ko‘rsatib o‘tildi.

1996 – 1997 yillarda Markaz mazkur Farmon asosida o‘z faoliyatini shakllantirish borasida bir qator tashkiliy-amaliy ishlarni bajardi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Shu bilan birgalikda, Markaz joylarda minglab ma’ruzalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazib, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishiga munosib hissasini qo‘shdi. Markaz faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida 1998 yil 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi. Qarorda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mohiyatini hamon teran anglamaslik, rasmiyatchilik, tadbirbozlik va kampaniyabozlik illatlarining mavjudligi, tashabbuskorlikning etishmasligi, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb etishda qat’iyatsizlik, kishilar ongini o‘zgartirishning xalqchil va ta’sirchan usullaridan foydalana bilmaslik hollari ko‘zga tashlanayotganligi ta’kidlandi. Sohada faoliyat ko‘rsatayotgan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi hamda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlarining kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi. Quyidagi vazifalar shular jumlasiga kiradi:

  1. Madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi davlat va jamoat tashkilotlari, xususan, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil qilish, o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyatini targ‘ib etish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda ma’muriyatchilik va rasmiyatchilik usullaridan voz kecholmayotganliklari hamda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganliklari ko‘rsatib o‘tilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy fanlar bilan shug‘ullanuvchi barcha muassasalari hamda ommaviy axborot vositalarining bu boradagi ishlari zamon talablariga javob bermayotganligi ta’kidlansin.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklarining joylarda ma’naviyat va ma’rifat bilan bog‘liq ishlarning ahamiyatiga etarli darajada e’tibor bermayotganligi, istiqlol g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda mahalliy ziyolilar, adabiyot, san’at namoyandalari va obro‘-e’tiborli faollarni jalb etishni izchil yo‘lga qo‘ymayotganligi ta’kidlansin. Ular o‘z faoliyatlarini “Nuroniy”, “Kamolot”, “Mahalla”, “Navro‘z”, “Oltin meros”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari va ijodiy uyushmalar bilan muvofiqlashtirgan holda olib bormayotganliklari qayd etilsin”.

Shuningdek, Qarorda davlat idoralari va jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularninig samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi” ma’qullandi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga daxldor tashkilotlarning barcha bo‘g‘inlari rahbarlari 1998 yil 1 noyabrigacha attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilandi.

Shu yili Markaz mintaqaviy va hududiy bo‘limlari ishini biroz bo‘lsa-da jonlantirdi, mamlakatimizning olis shahar, tuman, qishloq va ovullarida “Muloqot” jamoatchi targ‘ibot guruhi targ‘ibotchilari ishtirokida minglab davra suhbatlari, uchrashuvlar va ma’ruzalar tashkil etildi. Markaz muassisligida “Ma’naviyat” nashriyati tashkil qilindi. Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun alohida nashriyotning ish boshlashi mazkur soha faoliyatini yanada jonlantirdi. Nashriyot tezda mamlakatimiz ma’naviy hayotida o‘z o‘rnini topdi. Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy masalalarga oid ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy qo‘llanmalar, risolalar, tavsiyalar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini zamonaviyligi va ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida turkum plakatlar majmuini chop etib, joylarga etkazib berdi. Ayniqsa, “Jadid adabiyoti namoyandalari”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkum plakatlar majmui, shu seriyadagi ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar joylarda ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda ma’rifiy asos bo‘lib xizmat qildi. Nashriyot tomonidan chop etilgan badiiy adabiyotlar ham aholining barcha qatlamlari ong-tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirishga hissa qo‘shdi.

 Ma’naviyat va ma’rifat kengashi orqali ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarining o‘zaro muvofiqlashtirilishiga erishish davri

(1999 yil 3 senyabr – 2006 yil 25 avgust)

Markaz o‘z faoliyatini har qancha kuchaytirmasin, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, yon atrofimizda sodir bo‘layotgan voqelar hamda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari targ‘ibot-tashviqot ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishni talab etayotgan edi. Ana shunday zaruratdan kelib chiqib, bir qator maqsad va vazifalari ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot bilan bog‘liq davlat va nodavlat tashkilotlari, xususan, “Ma’rifatchilar”, “Faylasuflar”, “Tarixchilar” jamiyatlari, “Sog‘lom avlod uchun”, “Mahalla”, “Kamolot”, “Nuroniy”, “Navro‘z”, “Oltin meros”, Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, “Tasviriy oyina” uyushmalari, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi, Madaniyat ishlari vazirliklari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashini ta’sis etdi (1999 yil, avgust).

Shu yili 3 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Shu tariqa amalda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasini o‘zining asosiy shiori etib belgilagan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zo tashkilotlar, “Ma’rifatchilar”, “Faylasuflar”, “Tarixchilar” jamiyatlari, “Sog‘lom avlod uchun”, “Mahalla”, “Kamolot”, “Nuroniy”, “Navro‘z”, “Oltin meros”, Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, “Ustoz”, “Umid”, “Ulug‘bek”, Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Amir Temur, Bobur, “O‘zbekmuzey”, Xalqaro “Ekosan” jamg‘armalari, O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Huquqiy ma’rifat targ‘iboti”, Respublika “Oila”, “Ijtimoiy fikr”, Respublika Baynalmilal madaniy  markazlari, Yozuvchilar, Bastakorlar, “Tasviriy oyina”, “Olima” uyushmalari, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi,  Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Din ishlari bo‘yicha, Matbuot, qo‘mitalari, O‘zteleradiokompaniya, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Ma’naviyat” nashriyoti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Hunarmand” assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, “Jahon adabiyoti”, “Tafakkur” jurnallari, “O‘zbekkino” va “O‘zbekturizm” kompaniyalarining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot yo‘nalishidagi imkon va salohiyatlarini birlashtirish, faoliyatlarini muvofiqlashtirishni o‘zining asosiy maqsadlaridan biri etib belgiladi.

Prezidentning mazkur Farmoniga asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Kengashning joylardagi bo‘limlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi raisi, viloyat, shahar va tuman hokimlari rahbar etib saylandi.

Shuningdek, Farmonda bir qator tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi: Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining qarorlarini joylarda amalga oshirish va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiruvchi tashkiliy guruhga aylantirildi, “Oltin meros” jamg‘armasi, “Ma’naviyat” nashriyoti, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi tashkilotlar etib belgilandi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining mintaqaviy-hududiy bo‘limlari tegishli hudud hokimliklari binosida joylashtirilishi ko‘rsatilib o‘tildi.

Kengash tuzilganidan keyin joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirishda ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Kengash har ikki oyda bir marta o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazib, bu yig‘ilishlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning amaldagi holati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqdi, kerakli amaliy tavsiyalar berildi.

2000 yil 25 avgustda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzurida yana bir jamoatchilik asosida ishlovchi Markaz – Milliy mafkura ilmiy targ‘ibot markazi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Milliy mafkura ilmiy-targ‘ibot markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirish va rivojlantirishga oid qarorlarini ilmiy-nazariy, uslubiy hamda targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishlarida amalga oshiruvchi tashkilot bo‘lib, bosh maqsadi milliy istiqlol mafkurasi va milliy g‘oyaning ilmiy-nazariy asosini takomillashtirish va uni keng jamoatchilikning ongiga etkazishning zamonaviy, ta’sirchan vosita va shakllarini yaratishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, jamiyat, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida milliy g‘oya va milliy mafkuraga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan etuk, dunyoqarashi keng va mustaqil fikrlovchi fuqarolarni kamol toptirishga, milliy mafkura asosida tarbiyalash yo‘nalishida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, ma’ruzalar, suhbatlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, ta’lim-tarbiya muassasalari, aholi turarjoylari, ishlab chiqarish sohalarida ma’naviy-mafkuraviy muhitning ahvolini, ommaning kayfiyati, intilishini hisobga olgan holda mavjud muammolarni, ularni ijtimoiy-siyosiy muhitga ta’sirini tahlil etish hamda mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘llarini topish, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etdi.

Asosan davlat grantlari va xo‘jalik hisobidan faoliyat ko‘rsatgan bu Markaz olti yil davomida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, u Respublika Baynalmilal madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Milliy g‘oya – bizning g‘oya” mavzuida doimiy harakatdagi amaliy seminarlar tashkil etib, turli millat va elat vakillari orasida milliy g‘oya va mafkura tushunchalarini singdirish yo‘nalishida ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Milliy mafkura ilmiy-targ‘ibot markazi amalga oshirgan xayrli ishlardan yana biri shuki, milliy g‘oya va mafkura tushunchalarini aholining ta’lim bilan qamrab olinmagan qatlamlari orasida targ‘ib etish uchun ommabop turkum risolalar nashrini yo‘lga qo‘ydi.

 Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga erishish davri

 (2006 yil 25 avgust – to hozirgacha)

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 2006 yil 25 avgustidagi PQ-451-son Qarori   Markaz rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.

Xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgani hech kimga sir emas. Hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, ularda yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi bu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etgani uchun shu Qaror qabul qilindi.

Mazkur hujjatda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy­ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun bu tizimga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi.

B i r i n ch i s i  –  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga Raislik qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri zimmasiga yuklatildi. O‘n bir kishidan iborat Kengash Boshqaruvi tashkil etildi.

I k k i n ch i s i  –  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi shtati joriy etildi. Respublikamizning barcha mintaqa va hududlarida birinchi rahbar mintaqaviy­hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi hisoblanadi. Yordamchilar amalda ana shu mintaqaviy Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisining o‘rinbosari bo‘lib, joylardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda o‘zaro muvofiqlashtirishda u Jo‘qorg‘i Kenges Raisi va hokimlarga bevosita yordam berib, joylardagi quyidagi tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi.

Qarorda ko‘zda tutilgan  u ch i n ch i  yangilik shuki, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkiliy guruhi – ijroiya idorasi hisoblanmish Respubika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markaziga aylantirildi. Uning tarkibiy tuzilishida ham muayyan o‘zgarishlar qilindi. Qo‘shimcha ravishda yangi Targ‘ibotchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va malakasini oshirish bo‘limi ochildi. Ijtimoiy-siyosiy, huquqiy targ‘ibot bo‘limi Ijtimoiy-siyosiy targ‘ibot bo‘limiga, Ijtimoiy-iqtisodiy targ‘ibot bo‘limi Huquqiy targ‘ibot bo‘limiga aylantirildi.

T o‘ r t i n ch i  yangilik shuki, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzurida shu paytgacha faqat yutib olgan grantlari asosida faoliyat olib borgan Milliy mafkura ilmiy targ‘ibot markazi davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy­amaliy markaziga aylantirildi, unga 9 ta shtat birligi ajratildi. Uning zimmasidagi vazifalar qatoriga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi “Ma’naviyat” nashriyoti, “Oltin meros” jamg‘armasi, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari faoliyatini muvofiqlashtirish ham kiritildi.

Shu tariqa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi amalda ikki qanotga ega bo‘ldi. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi ilmiy-nazariy va uslubiy qanot va Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi esa amaliy-targ‘ibot qanotga aylandi.

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi ilmiy-nazariy, uslubiy-metodik tavsiyalar, dasturlar, ishlanmalar, risolalar, qo‘llanmalar, plakatlar va boshqa nashriy bosma mahsulotlar ishlab chiqish bilan birga, milliy g‘oya va mafkura targ‘iboti bo‘yicha joylarda monitoring olib bordi. Ayniqsa, respublika bosma nashrlarida Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan e’lon qilingan umummilliy bayramlarimiz, milliy qahramonlarimiz, allomalarimiz va shaharlarimiz yubileylariga hamda turli tarixiy sanalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy tavsiyalari keng jamoatchilikning nazariga tushdi. Nashr ettirilgan turli turkum plakatlar joylarda ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy targ‘ibotning ko‘rgazmaliligini ta’minladi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bevosita amaliy targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanib, barcha vazirlik, qo‘mita, korporatsiya, konsern, uyushma, bank, kompaniya, birlashma, agentlik, markazlar, jamoat tashkilotlari, muassasa va korxonalar, qishloq xo‘jaligi mehnatkashlari orasida ma’ruzalar, davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etib, mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tizimini takomillashtirish, ma’naviy­ma’rifiy ishlarni uyushtirish, muvofiqlashtirish, joylarda, tashkilot va muassasalarda bu boradagi ahvolni o‘rganib, ularga yordam ko‘rsatish, shu soha mutaxassislarining malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Birgina 2007 yil davomida Markaz huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” kursida 520 nafar ma’naviyat targ‘ibotchisining malakasi oshirildi.

 Ezgulikka chorlagan tadbirlar

 Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi o‘tgan yillar davomida  bir talay ishlarni amalga oshirdi. Bu erda ularning eng asosiylarini sanab o‘tishni lozim topdik:

  1. “Tarix ma’naviyat ko‘zgusi” mavzuida o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, bu qadimiy xalqning dunyo tamaddunida tutgan o‘rni haqida minglab davra suhbatlari, muloqotlar, konferensiyalar, o‘n minglab ma’ruzalar tashkil etildi.
  2. “Eng qadimgi ma’naviy merosimiz” mavzuida “Avesto” ma’naviy ziyosi va uning yaratuvchilik mehnati hamda tabiatni e’zozlash g‘oyalarini keng aholi qatlamlari orasida targ‘ib va tashviq etildi.
  3. “Milliy qahramonlar ibrati” mavzuida Alp Er To‘nga (Afrosiyob), Shiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy, Sohibqiron Amir Temur singari milliy qahramonlarimizning yurt ozodligi yo‘lidagi mardlik va jasurliklari haqida aholining barcha qatlamlari va ayniqsa, yoshlar orasida adabiy-badiiy kechalar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, ma’ruzalar tashkil etildi.
  4. “O‘zbekiston allomalari” ruknida dunyo fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino singari qomusiy olimlarimizning ibratli hayotlari va qoldirgan bebaho ma’naviy meroslari to‘g‘risida ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, ma’ruzalar o‘tkazildi.
  5. “Davlat, din va jamiyat” mavzuida dinning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida va islom dini arkonlarini shakllantirishda ulkan hissa qo‘shgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Imom Moturudiy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyor singari diniy ulamo, tasavvuf pirlarining asarlari, hikmatlari mazmun-mohiyati targ‘ib etildi.
  6. “Boqiy va navqiron shaharlarimiz” mavzuida dunyo tarixi va tamaddunida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Xiva, Buxoro, Termiz, Nukus, Shahrisabz, Samarqand, Qarshi, Marg‘ilon, Toshkent singari shaharlarimizning shon-shuhrati haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.
  7. Mamlakatimiz va dunyo miqyosida tavallud sanalari keng nishonlangan va xalqimizning ma’naviy ruhi tiklanishida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan diniy- tasavvufiy olimlar, ma’rifatparvarlar, qomusiy allomalarning ibratli hayotlari va qoldirgan bebaho ma’naviy meroslari aholimizning barcha qatlamlariga etkazildi.
  8. “Mustaqillik va ma’naviyat” mavzuida o‘tkazilgan o‘n minglab tadbirlarda mustaqilligimizning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi haqida aholining barcha qatlamlari orasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
  9. “Konstitutsiya, demokratiya va ma’naviyat” mavzuida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, yangi demokratik qadriyatlarning milliy ma’naviyatimiz bilan uyg‘unligi masalalari keng targ‘ib va tashviq etildi.
  10. “Til, taraqqiyot va ma’naviyat” mavzuida milliy mustaqilligimizning ma’naviy asosi bo‘lgan ona tilimizning rivoji, mavqei va ahamiyati to‘g‘risida o‘n minglab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
  11. Markaz tashkil bo‘lgan paytdan boshlab to hozirgacha eng ko‘p targ‘ib etilgan ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarimiz davlatimiz ramzlaridir.O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qabul qilingan kunlar, ayniqsa, mamlakatimiz yoshlari orasida katta bayramga aylandi. “Hilpirayver, Vatan bayrog‘i”, “Gerbimiz – faxrimiz”,

“Madhiyamiz – g‘ururimiz” mavzularida tashkil etilgan o‘n minglab tadbirlar yoshlarni va aholining barcha qatlamlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

  1. “Erk va ozodlik kuychilari” ruknida jadid ma’rifatparvarlari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Munnavarqori kabi ma’rifatparvarlarning ibratli hayoti va faoliyati targ‘ib etildi.
  2. “Bebaho ma’naviy merosimiz” ruknida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ortiqcha dabdabalar va isrofgarchiliklarsiz o‘tkazish yo‘nalishida minglab davra suhbatlari, ma’ruzalar tashkil etildi.
  3. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari bo‘lmish Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo totuvlik, Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini aholining barcha qatlamlari orasida targ‘ib va tashviq etildi.
  4. “Ma’naviyat xonalari (maskanlari)” ni tartibga soldi.

Nodirjon  Qosimov- Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari vazifasini bajaruvchi

Shamsiddin Jumaev- TVXTXQTMOI dotsenti vazifasini bajaruvchi

 

Inson huquqlarini ta’minlashning ma’naviy jihatlari

O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlanadi

Inson hayotga kelibdiki, o‘zini anglay boshlabdiki faqat bir narsaga intiladi. Bu erkinlik. Erkinlik aslida juda ko‘plab bilim sohalari, birinchi navbatda huquqshunoslik va deyarli barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tomonidan ishlatiladigan falsafiy tushuncha hisoblanadi. Boshqa ma’noda erkinlik tushunchasi insonning o‘z hoxish-istagi, mayllari, ehtiyoji bo‘yicha faoliyat yuritishga undaydigan holatdir.
Odatda erkinlik u yoki bu jamiyatning huquqiy xujjatlarida, birinchi navbatda o‘sha mamlakatning Konstitutsiyasi qoidalari bilan ta’minlanadi. Shuningdek, shaxs erkinligi va inson huquqlari tushunchalari ham bir-biri bilan juda uyg‘un. Inson huquqlari -kishilarning insonlik shanu-sharafiga munosib tarzda yashashi va faoliyat olib borishi lozim bo‘ladigan haq-huquqlar majmuini ifoda etadigan tushuncha. Bu huquqlar tabiiy huquqlar va davlat tomonidan qonuniy asosda kafolatlanadigan huquqlarga bo‘linadi. Tabiiy huquqqa yashash huquqini misol qilib keltirish mumkin. Davlat tomonidan kafolatlanadigan huquqlarga saylov huquqi, bilan olish huquqi, nafaqa olish huquqi kabi insoniy huquqlar kiradi. (Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug‘ati.-Toshkent, 2009-208-bet).
Bu yuqorida ta’kidlagan inson huquqlari va shaxs erkinligini ta’minlaydigan eng oliy xujjat-konstitutsiya hisoblanadi. 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tom ma’noda inson huquqlarini, shaxs erkinligini ta’minlaydigan, uni kafolatlaydigan bosh Qonun sifatida qisqa tarixiy davr sinovidan muvaffaqiyatli ravishda o‘tdi. Konstitutsiyamizning “Muqaddima” qismida mamlakatimizda barpo etilayotgan jamiyat insonparvar demokratik huquqiy davlat ekanligi aloxida ifodalangan. Demak, O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy, bosh maqsadi- mamalakatimizda demokratiya tartibotini o‘rnatish, jamiyatda Bosh qomusimiz va qonunning ustuvorligi ta’minlash, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlarini belgilab berish kabilardan iborat.
Shubhasiz, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlashda, fuqarolarda konstitutsiyaga nisbatan hurmatni shakllantirishda katta yutuqlarga erishildi. Kishilarimiz demokratik o‘zgarishlarni, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini nafaqat anglab yetmoqda. Ayni paytda ushbu jarayonda faol ishtirok etmoqdalar. Buning natijasi o‘laroq fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshib bormoqda, ular mamlakat amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, evolyutsion o‘zgarishlarning ham ob’yekti ham sub’yektiga aylanmoqdalar.
Biz bugun, mustaqilligimizning qariyb chorak asri davrida demokratiyaning tom ma’nodagi mazmun-mohiyatini, uning inson huquqlarini kafolatlaydigan muhim omil ekanligini ongli ravishda anglab yetdik. Shu bilan birga inson huquqlarini “Himoya qilish” bahonasida O‘zbekistonga “demokratik o‘yinlar”ni tiqishtirishga bo‘lgan xarakatlarni, xalq manfaatlarini niqob qilib olib qandaydir sohta siyosiy o‘yinlar tashkil etmoqchi bo‘lganlarni ham ko‘rdik. Ammo demokratiyani, inson huquqlarini milliy-mahalliy sharoitlar, xalq mintaliteti, uning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olmasdan, uni umumiy qoida sifatida ataylab tiqishtirish mutlaqo noto‘g‘ri ekanligini ham Yurtboshimiz bot-bot takrorlaydi.“Biz,-deydi mamlakat rahbari I.Karimov,-shuni yaxshi anglashimiz kerakki, demokratiya hech qachon bir hil shakl yoki mazmunda bo‘lmaydi. Demokratiya degani-bu hamisha o‘zgarib turadigan hayot tarzi, jamiyat tizimining rivoji bilan uzviy bog‘liq.
Demokratiya – inson, jamiyat, davlat degan uch sub’yekt o‘zaro bir- birini to‘ldiradigan, bir- birini boyitib, kerak bo‘lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning jamiyat bilan, jamiyatning esa davlat bilan munosabatini,ular o‘rtasidagi muvozanatni anglatadi “(Karimov I. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng buyuk saodatdir. – Toshkent, 2015. – 103 – bet).
Demak, muayyan darajada demokratiya boshbodoqlik, hokimiyatsizlik,insonning ko‘ngliga kelgan narsani amalga oshirishga turtki beradigan narsa emas. Demokratiya inson va jamiyat hayotini tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi, mamlakatdagi barcha sog‘lom kuchlarni birlashtirgan holda fuqarolarning tinch – totuv, farovon yashashiga yordam beruvchi, ularning haq – huquqlarini himoya qiluvchi fenomen hodisadir.
Ushbu satrlarni yoza turib hayolimga o‘z – o‘zidan o‘tgan asrning 80 – yillari ikkinchi yarmi, mustaqillikning ilk kunlari yodimga tushadi. “Demokratiya”, “oshkoralik” shiori ostida ba’zi mansabparast va manfaatparast kuchlarning o‘z g‘arazli maqsadlariga erishish uchun olib borgan “kurashlari”, siyosiy kurash tajribasiga ega bo‘lmagan ayrim yurtdoshlarimizning adashishlari jamiyatda ma’lum darajada muvozanatning buzilishiga olib keldi.
Soxta demokratlarning”urchib ko‘payishi”, ularda mamlakatning istiqboldagi rivojlanishi bo‘yicha ilmiy jihatdan chuqur, puxta ishlab chiqilgan rejalarining mavjud emasligi, bularning ustiga jamiyat fuqarolarida ijtimoiy kayfiyatning tushib ketishi o‘sha yillarda mamlakat va millat taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Ayni paytda, kishilarda vatanparvarlik ruhini ko‘tarish, ma’naviy – ijtimoiy buhrondan chiqish,fuqarolarning mustabid tuzum davrida toptalangan haq – huquqlarini tiklash, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish o‘ta muhim vazifa edi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda qurilishi lozim bo‘lgan jamiyatning mazmun – mohiyatini, uning maqsad – muddaolarini aniqlash o‘ta muhim vazifa sifatida ko‘ndalang turardi. Ana shunday sharoitda jamiyat a’zolarining demokratik jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish, ularning siyosiy bilim saviyasini oshirish, ijtimoiy faolligini ko‘tarish zarur edi. Yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, kishilarda demokratiya jarayonida yashash ko‘nikmasini shakllantirish lozim edi.
Shu o‘rinda mamlakat rahbarining 1991 yil “Rabochaya Tribuna” gazetasi muhbiri savollariga bergan javobida bildirgan quyidagi fikrlarini, mana, oradan chorak asr o‘tganiga qaramasdan, o‘ta dolzarbligini yo‘qotmagan, deb bilamiz: “Men faqat bir narsani – xalqlarning boshiga azob-uqubat keltiradigan va qon to‘kilishiga sabab bo‘ladigan boshboshdoqlik, hokimiyatsizlik va adovat bo‘lishini istamayman. Demokratiyani hamma narsani qilish mumkin deb, o‘zboshimchalik bilan talqin etish ana shunga olib keladi. Men demokratik jamiyatni, eng avvalo qonunga quloq solish deb bilaman. Shaxsning haq-huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini belgilab beradigan yozilmagan qonunlar, ma’naviy qoidalar to‘plami zarur, odam jamiyatdagi mezonlar doirasida o‘ziga erkinlik va cheklashlar darajasini belgilab oladi “(Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent, 2011. – 346- 347 – betlar).
Shuni alohida qayd etish lozimki, mamlakat Prezidentining ushbu fikrlarida bugungi dunyo, jumladan, O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan ilmiy jihatdan asoslangan qator xulosalar mavjud. Birinchidan, demokratiya o‘zi bo‘larchilik, boshboshdoqlik emas. Erkinlik, demokratiya niqobi ostida ish yuritadiganlarning asl aft – basharasi ularning faoliyatida darhol ko‘zga tashlanib qolmoqda. Har qanday demokratiya jamiyat a’zolari tomonidan hissiyot bilan emas, aql bilan ongli anglangandan so‘nggina muayyan natija berishi mumkin.
Ikkinchidan, demokratiya ushbu jamiyat tomonidan qabul qilingan barcha qonunlarga qat’iy amal qilishni talab qiladi. Jamiyat tomonidan qabul qilingan qonunlarga amal qilmaslik esa fuqarolar siyosiy – huquqiy madaniyatining pastligidan, demakki, ushbu mamlakatning hali demokratik islohatlarni amalga oshirishga tayyor emasligidan dalolatdir. Taraqiyotning “O‘zbek modeli” da qonun ustuvorligi tamoyiliga e’tibor qaratilganligining asosiy sababi ham shundan – ya’ni, biz demokratik islohatlarni amalga oshirar ekanmiz, eng avvalo qonun ustuvorligiga erishishimiz lozim.
Uchinchidan, mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar islohot uchun emas, balki inson, uning manfaatlari yo‘lida amalga oshiriladi.Inson manfaatlarining qondirilishi esa uning haq – huquqlarini ta’minlash asosidagini ro‘yobga chiqishi mumkin. Shu ma’noda O‘zbekiston Konstitutsiyasini inson haq – huquqlarini himoya qilishning mukammal andozasi sifatida qabul qilish lozim. Asosiy qomusimizning ikkinchi bo‘limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari”, deb nomlanadi. Bo‘limda 7ta bob bo‘lib, inson huquqlari, erkinliklari va burchlari 35ta moddada o‘z aksini topgan.
Mazkur moddalar jamiyat a’zolarining mavjud mezonlar doirasida o‘ziga erkinlik va cheklashlar darajasini belgilab olishga yordam beradi. Bu yerda biz qiziq holatga duch kelyapmiz:insondagi erkinlik va cheklashlar! To‘g‘ri, inson har doim juda keng erkinliklar egasi bo‘lishining tarafdori. Chunki, u tabiatan ozodlik, erk sari doimo odimlaydi. Ammo, insonning o‘z erkinligini cheklash deganda nimani tushunish mumkin? Hamma gap shundaki, insonning eng zo‘ri, shaxsning eng mukammal darajasiga erishgani – bu o‘z erkinligini cheklay olish qobiliyati va ko‘nikmasiga ega bo‘lganidir. Bu esa faqat va faqat o‘z shaxsiy manfaati va jamiyat manfaatini uyg‘unlashtira olgan hamda yuksak ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan kishilardagina yuz berishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda inson qachonki qonunlar bilan birga ma’naviy qoidalar, mazkur millat tomonidan ming yillar davomida shakllangan axloqiy normalar asosida shakllanar ekan, u,shubhasiz o‘z chegarasini anglay oladi.
Masalaning yana bir nozik jihati mavjud. Gap shundaki, inson huquqlarini ta’minlashda jamiyat tomonidan to‘g‘ri tanlangan g‘oya va maqsad hamda ularning ma’naviy omillar bilan ustunligi alohida ahamiyatga ega. Milliy mafkuramizning bosh g‘oyasi bo‘lmish ozod va obod vatan, erkin va faravon hayot, turmushni barpo etish shaxsiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirmasdan amalga oshirish mumkin emas. O‘zbekistonda jamiyat bosh g‘oyasining milliy va shaxs manfaatlari uyg‘unligi asosida amal qilishi bizning yutug‘imizdir.
Bu o‘z navbatida shaxsning ijtimoiylashuvi, siyosiy-huquqiy madaniyatining oshishi, kishilarda o‘zi mansub bo‘lgan millat va mamlakatga nisbatan mehr-muhabbatining yanada ko‘tarilishini talab etadi. Mustaqillik yillarida ana shu qadriyatlarga ega bo‘lganligimiz juda qadrlidir. Fikrimiz asosli bo‘lishi uchun yaqinda “Ijtimoiy fikr”jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalaridan ayrim misollar keltiramiz. Ijtimoiy so‘rovda O‘zbekistonda fuqarolar haq-huquqlarining himoyalanishi, kishilarning o‘z yurtidan qay darajada fahrlanishi kabi o‘ta muhim masalalar tahlil etilgan. “O‘zbekiston fuqarosi ekaningizdan qalbingizda qanday tuyg‘ular kechadi?” degan savolga respondentlarning aksariyati “Fahrlanish”; deb javob qaytargani ana shundan dalolat beradi. Ushbu ko‘rsatkich yildan-yilga o‘sib borayotir. Xususan, 2010 yilda so‘rovda qatnashganlarning 76,8, 2015 yilda 89,5 foizi shu fikrni bildirgan. Barcha yosh guruhi vakillari O‘zbekiston fuqarosi ekanliklaridan qalblarida iftixor tuyishlarini alohida ta’kidlaganlar. O‘rganish natijasiga ko‘ra o‘zbekistonliklar uchun osoyishtalik, barqarorlik, millatlararo hamda fuqarolararo hamjihatlik istiqlolning eng muhim yutuqlaridandir.1999 yilda respondentlarning 97,1, 2013 yilda 98,6 foizi, 2015yilda esa 99,6 foizi ana shunday fikrni qayd etgan. Yurtdoshlarimiz davlat tomonidan fuqarolarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy sohalardagi o‘zgarishlar, etnik va diniy bag‘rikenglikni millatlararo va fuqarolar totuvligining muhim omillari,deb biladi.
Mazkur so‘rovnomada mamlakat fuqarolari haq-huquqlarining himoyalanishi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va mavjud qonunchilik bilan kafolatlanganligini alohida qayd etganlar. Respondentlarning mutloq katta qismi – 98,5 foizi fuqarolarning O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklari ta’minlanayotganini yuksak baholaydi. (“Xalq so‘zi”, 2015, 27 oktyabr).
Biz yuqorida shaxs haq – huquqlari xalqaro andozalar bo‘yicha u yoki bu mamlakatda qabul qilingan Konstitutsiya va mavjud qonunchilik asosida kafolatlanishi bo‘yicha fikrlashgan edik. Mazkur masalaning O‘zbekistondagi yechimida o‘ziga xoslik bo‘lib, bu narsa inson haq – huquqlari faqat qonunlar bilangina emas, ayni paytda shu jamiyatdagi ma’naviy omillar, yozilmagan qonunlar bilan ham amalga oshirilishida o‘z ifodasini topadi.
Mazkur masalani O‘zbekiston Konstitutsiyasining “Oila” bobidagi 63 -, 64 – , 65, – 66 – moddalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Xususan, 63 – moddada oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi, uning jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga egaligi alohida ko‘rsatib berilgan. Haqiqatdan ham, o‘zbek millati uchun oila, uning sofligi buyuk qadriyat hisoblanadi. Oilaning tinchligi, xotirjamligi jamiyatning tinchligi va xotirjamligi bilan uyg‘unligi bekorga ta’kidlanmaydi.
64 – moddada ota – onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota – onalarining vosiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlashi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantirishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qoida aslida oilani,jamiyatni mustahkamlash,ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, ota – onalarning farzand oldidagi majburiyati aslida milliy qadriyat hisoblanadi. Qadimdan urf bo‘lib kelgan ushbu qadriyat,afsuski, so‘nggi yillarda biroz darz keta boshladi. Buning sababi bir tamondan dunyoning tobora globallashuvi, “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlarda yurtimizga kirib kelishi bo‘lsa,boshqa tomondan, ayrim ota – onalar, ayniqsa yosh ota – onalarning oila, farzand masalalaridagi bilim, tajribaning kamligi, shuningdek, ularning mas’uliyatsizligi natijasidir.
Ushbu moddada davlatning yetim bolalar ustidan qiladigan g‘amxo‘rligi alohida e’tiborli holatdir. Aslida yetim- yesirlarga yaxshilik qilish milliy madaniyatimiz, xarakterimiz mazmun- mohiyatidan kelib chiqadi.Said Ibn Musayyab Umar Ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) aytadi:”Agar yetim urilsa, uning yig‘isi bilan arsh titrab ketadi. So‘ngra alloh taolo aytadi:”Ey farishtalarim, otasi tuproqqa yashirilgan yetimni kim yig‘latdi? Holbuki, Allohning o‘zi buni biluvchiroq. Farishtalar:”Ey Parvardigor, bizda ilm yo‘q,bilmaymiz”, deyishadi. Alloh:”Bas, Men sizlarga guvohlik beramanki, kim Mening yo‘limda yetimni rozi qilsa, Men uni qiyomat kunida o‘zim huzurimda rozi qilaman” deydi. Payg‘ambar (s. a. v.) yana aytadi:”Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan joyni keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman”(Al – Faqih Abu Lays As- Samarqandiy.Tanbihul G‘ofilin. – Toshkent, 2013. – 306 – 307- betlar).
Asosiy qonunning 66-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota- onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburligi belgilab qo‘yilgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda global ziddiyatlar avj olayotgan, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qadriyatlarning qadrsizlanishi yuz berayotgan bir sharoitda farzand va ota- ona munosabatlari o‘ta dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ming afsuslar bilan tan olishimiz lozimki, hozirgi kunda O‘zbekistonda ham ota- ona va farzandlar o‘rtasida ruhiy- ma’naviy kelishmovchiliklar sodir bo‘layotganligini ko‘rish mumkin.
Ammo voyaga yetgan farzandning o‘z ota-onasi oldidagi mas’uliyati, g‘amxo‘rligining qonun darajasida hal etishga e’tibor qaratilishi mamlakatimizda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lmoqda. Bir kishi kelib Payg‘ambar (s.a.v.) ga ”Yo Rasulloh, onam mening oldimda esi yarimta bo‘lib qoldi, men qo‘lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildiraman, yelkamda ko‘taraman. Uning haqqini ado qila oldimmi?.” Payg‘ambar (s. a. v.) aytdilar:”Yo‘q, yuztadan bittasini ham ado qilganing yo‘q! Lekin sen yaxshi kilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko‘p savob olgaysan.”Yana aytiladi:”Agar Allohning ilmida ota-onaga “uf” deyishdan ham ko‘ra hurmatsizlik bo‘lganida edi, Alloh o‘shandan qaytargan bo‘lardi. Ota-onaga oq bo‘lgan kimsa xohlaganicha amal qilsin, zinhor jannatga kirmaydi. Ota-onaga yaxshilik qilgan odam xohlagancha amal qilsin, hech ham do‘zaxga kirmaydi”. (Al-Faqih Abu Lays Al-Samarqandiy. Tanbihul G‘ofilin. – Toshkent, 2013. – 115-116- betlar).
O‘zbekistonda inson haq-huquqlarini himoya qilishning kafolatlanishi tasodifiy hal emas. Bu narsa o‘zbek milliy qadriyatlari, milliy-madaniy merosida allaqachonlar o‘z o‘rnini topgan. Bizning shaxs haq-huquqlarini himoya qilishda jamiyat tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan birga ma’naviy omillarning ham o‘z ahamiyati bor deganda, shubhasiz yuqoridagi holatni nazarda tutganmiz.
Jumladan, jamiyatda ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarda eng avvalo ularning bunday aloqalaridagi bir-biri oldidagi mas’uliyati, ma’naviy majburiyati, ushbu omillarning vorisiylik tamoyiliga egaligi inobatga olinadi. O‘zbek xalqi, umuman, sharq xalqlari milliy-madaniy merosida, uning qaysi tarixiy davr bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu tamoyilga sodiqlikni ko‘rishimiz mumkin. Shu o‘rinda mutafakkir olim va adib buyuk axloq muallimi Husayn Voiz Koshifiy (1442/46 -1505) ning “Futuvvatnomai sultoniy yohud Javonmardlik tariqati” asaridagi quyidagi iqtibosni juda o‘rinli,deb bilamiz. “Agar ota va onaga nisbatan odob necha xil bo‘ladi, deb so‘rasalar, o‘n ikki xil, deb ayt. Birinchidan, kerakli darajada ularning hurmatini saqlash. Ikkinchidan, ulardan dunyo molini ayamaslik. Uchinchidan, qilgan yaxshiliklarni minnat qilmaslik. To‘rtinchidan, ota-ona yuziga tik qaramaslik. Beshinchidan, agar ota va ona chaqirsalar, zudlik bilan huzurlariga kelish. Oltinchidan, ota va ona bilan muloqatda yuzini teskari burmaslik. Yettinchidan,agar gunohga sabab bo‘lmasa, nimaiki buyursalar, bajarish. Sakkizinchidan, ota-ona bilan suhbatda yoki ular huzurida boshqalar bilan gapirganda ovozni ko‘tarmaslik, baqirmaslik. To‘qqizinchidan, ota-ona roziligisiz duosisiz safarga chiqmaslik. O‘ninchidan, har doim ota-ona xursandligini ta’minlash payida bo‘lish. O‘nbirinchidan, ota-onaga marhamatni ibodat deb bilish, ya’niki “jannat onalar qadamining ostida” ekanligini unutmaslik “(Xusayn Vois Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy. Axloqiy muhsiniy.- Toshkent, 2011. – 65- bet).
Yuqorida keltirilgan iqtibos farzandning ota-ona oldidagi burchini mukammal darajada aniqlashtirib berganligi bilan ham muhimdir. Sharq falsafasida doimo ota-ona uchun jonini fido qilishga tayyor turish, imkoni boricha ularning hurmatini joyiga qo‘yish, ularga yaxshilik qilishni oxirating obod bo‘lishini ta’minlovchi omil, deb bilish talab etilgan.
Mavridi kelganda yana shuni ham eslab o‘tish lozimki, shaxs haq-huquqlarini himoya qilishda Markaziy Osiyoda tarkib topib, shakllanib, rivojlangan fiqh ilmining ahamiyati ham katta bo‘lgan. Fiqh- musulmonlarning xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi islom huquqshunosligi, islom ijtimoiy me’yorlari majmuasi hisoblanadi. Azaldan Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, shuningdek, Nasaf shaharlarida fiqh ilmi kuchli rivojlanish bosqichini boshidan o‘tkazgan.
Manbalarda ta’kidlanishicha, qoraxoniylar davlati hukmdorlari, ayniqsa Ibrohim Mahmud Tamg‘ochxon diyonatli kishi bo‘lib, faqihlar fatvosini olmaguncha hech bir jinoyatchini jazolamas, molu mulkini musodara qilmas edi. U diniy olimlarga izzat va hurmat ko‘rsatib, islom qonun-qoidalariga jiddiy rioya qilar ekan.Ta’kidlanishicha, mazkur hukmdor xalq tinchligini saqlash, molu mulklarning dahlsizligini himoya qilishga katta e’tibor qaratib, jinoatchilarni shavqatsizlik bilan jazolar ekan. Tadqiqotchilar xulosalariga ko‘ra o‘sha davrlarda 300ga yaqin faqih (shariat hukmlarini mukammal bilgan, fiqh fani bilan shug‘ullanuvchi olim) mavjud bo‘lib, 150 dan ortiq fiqhiy (huquqiy) asarlar, 20ta fatovo(fatvolar majmualari) yozilib, ulardan 98 foizi Hanafiy mazhabiga tegishli bo‘lgan ekan.(Abdulhakim Shar’iy Jo‘zjoniy. Islom huquqshunosligi.- Toshkent,2002. -180- bet).
Keltirilgan misoldan shunday xulosa qilish mumkinki, Markaziy Osiyoda inson, uning haq-huquqlarini himoya qilishga har doim ustuvor ahamiyat berilgan.Ta’bir joiz bo‘lsa aytish lozimki, yurtimizda qadimdan shaxs haq-huquqlarini himoya qilishni kafolatlovchi tizim mavjud bo‘lgan. Ushbu tizim doimo rivojlantirib, takomillashtirib kelingan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida, uning har bir moddasida inson, uning huquqlari, manfaatlari himoya qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Ayni paytda o‘zbeklar uchun o‘ta qadriyatli masalalarda yana biri – bu ular haq-huquqlarini himoya qilishda ma’naviy omillarning alohida ahamiyatga ega ekanligidir. Shaxs huquqini himoya qilishning ma’naviy omillariga boy, o‘ta ko‘hna milliy-madaniy merosimiz, jumladan, odob-axloq qoidalari, kishilar o‘rtasidagi, shuningdek, alohida olingan shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni kiritish mumkin.
Bir paytlar hozirgi Farg‘ona vodiysi Chin davlatiga qaram bo‘lib turganda imperator vodiy hukmdoridan o‘g‘lini o‘z ixtiyoriga yuborishni talab etadi. Vodiy hukmdori esa o‘zi vassal bo‘lishiga qaramasdan Chin imperatoriga quyidagi mazmunda xat yuboradi:”Men talabingga binoan o‘z o‘g‘limni ixtiyoringga yubormoqdaman. Ammo men sendan o‘g‘limning turmaklangan sochini yoyib yurishga, tilini o‘zgartirishga majbur qilmasligingni, urf-odatlariga rioya qilishga to‘sqinlik qilmasligingni talab qilaman”. Mazkur xat tom ma’noda ajdodlarimizning azaldan o‘z qadr-qimmatini bilgan, haq-huquqlarini tanigan xalq ekanligidan dalolatdir.
Shaxs haq-huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan muhim omil-ma’naviy omildir . Bu to‘g‘rida yuqorida ham fikrlashgan edik. O‘zbek uchun o‘zi tomonidan qilingan aybi, gunohi uchun mahalladan, qo‘ni-qo‘shnilardan, quda-andalardan uyalishdan ham kuchliroq jazo yo‘q. Chunki uning uchun eng muhimi-o‘zining qadr-qimmati, hamiyati. O‘z qadr-qimmatining kamsitilishi, buning uchun birovdan dakki, e’tiroz eshitish uning uchun o‘limdan battar.
Ayni paytda bu borada muayyan yo‘qotishlar ham yuz berayotganligini ham eslash lozim. Umuman, o‘zbek xalqi uchun qonundan ham jamiyat va shaxslar oldidagi ma’naviy mas’uliyat ustuvoroq ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, biror -bir masalada insonning fikr-o‘yi buzilib, noto‘g‘ri yo‘lga kirmoqchi bo‘lsa qonun moddasidan ham avvalroq “mening bu qilig‘imga mahalla, qo‘ni -qo‘shnim, quda-andalarim qanday baho berar ekan”, degan savol ko‘ngliga keladi. O‘zbek uchun or-nomus saqlashdan ham muhimroq narsa yo‘q. O‘zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilish chog‘ida aynan o‘sha narsalar-o‘zbek mentaliteti, uning ma’naviyati, tabiati eng muhim omillar sifatida e’tiborga olingan. Konstitutsiyamizning yuqorida ta’kidlaganimiz kabi, boshqa mamlakatlar konstitutsiyalaridan farq qiladigan jihati ham shunda-u demokratik jamiyatni barpo etishga yordam beradigan huquqiy asoslar bilan inson haq-huquqlarini himoya qilishga kafolatlaydigan ma’naviy omillar uyg‘unligidir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishda muayyan yutuqlarga erishildi.Fuqarolarda siyosiy-huquqiy madaniyat saviyasi muttasil ravishda oshib bormoqda. Eng muhimi-odamlarimizning ijtimoiy faolligi ko‘tarilmoqda. Ular davlat va jamoat ishlarida tobora faolroq ishtirok etmoqdalar, o‘zlarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquqlari, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ongli ravishda anglab yetmoqdalar. O‘z huquqlarini qonun doirasida himoya qilishning kafolati sifatida O‘zbekiston Konstitutsiyasi, mavjud qonunchilik qoidalariga amal qilmoqdalar. Erishgan yutuqlarimizning markazida esa fuqarolarimizda demokratik jamiyatda yashash ko‘nikmasining shakllanayotganligi turadi. Qolaversa, bu jarayonga, shubhasiz, ma’naviy omillar juda kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Qonunlar saltanati bilan ma’naviyat saltanatining uyg‘unligi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga kuch bahsh etmoqda.
Bu buyicha fikrlarni shu yerda yakunlasa ham bo‘lar edi. Ammo qo‘limga mavzuga oid ayrim ma’lumotlar kelib tushdi. Hozirda Inson huquqlari bo‘yicha 400ga yaqin xalqaro hujjatlar mavjud ekan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 27 millionga yaqin inson qullikda. Ba’zi hollarda, bu XXI asr qullari xuddi o‘rta asrlardagi kabi zanjir bilan bog‘langan holda ishlamoqdalar. Afsuski, maskur muammo nafaqat yosh, rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu bilan birga AQSH, Yevropadagi ayrim mamlakatlarda ham ildiz otgan. Iroq, Suriya, Nepal, Sudan, Hindiston, Gaban, Gaiti kabi davlatlarda bu boradagi vaziyat yomonlashmoqda (“Dildagi gap”, 2015, 27 oktyabr)
Barcha narsaning ahamiyati taqqoslash, solishtirish natijasida bilinadi. Tarixan qisqa davr mobaynida O‘zbekistonda inson haq-huquqlarini himoya qilishning kafolatlangan tizimi shakllandi. Bu, shubhasi, asosiy qomusimiz-O‘zbekiston Konstitutsiyasi tufaylidir.

Tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov

Fuqarolarda aqidaparastlikka qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish

Biror-bir kasallik bilan kurashishdan ko’ra uning oldini olish har tomonlama foydali ekanligi ma’lum. Buning uchun esa, inson organizmida har qanday kasallikka qarshi immunitet hosil qilinishi talab qilinadi. Hozirda jamiyat hayotida bir og’ir kasallik singari paydo bo’lgan turli shakldagi tahdidlar ham bizdan, avvalambor, mana shu illatga qarshi xalqimiz, xususan, yoshlarimiz ongida mafkuraviy immunitetni paydo qilishimiz, kuchaytirishimizni shart qilib qo’yadi. Buning uchun fuqarolarni ona vatanga muhabbat, boy va shonli tariximiz, o’z ilmi, bunyodkor g’oyalari bilan dunyo ahlini lol qoldirgan ota-bobolarimizning muqaddas diniga sodiqlik ruhida tarbiyalash muhim omil hisoblanadi. Bu masalada fikr yuritgan Prezidentimiz “G’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerak”ligini alohida ta’kidlaydilar. Binobarin, haqiqiy bunyodkor g’oyaga tayanuvchi yoshlar o’zligini, dunyoni anglaydi, taklif etiladigan vayronkor, zalolatga etaklovchi qarashlarni ilmiy asosda tahlil etish qobiliyatiga ega mustaqil shaxs bo’lib etishadi. Aytish joizki, tarixga nazar tashlansa, insonlarni turli botil qarashlar orqali qaram qilib olishga intilishlar ko’p kuzatilgan. Eng yomoni, botil firqa vakillari o’z qarashlarini islom dinining muqaddas manbalari – Qur’oni karim oyatlari hamda hadisi shariflarga tayanib, ilgari surganlar. Biroq, e’tiborlisi, bu firqalar oyatlar ta’viliga berilgan, bundan tashqari, keltirgan hadislari asosan zaif xarakerga ega. Masalan, ulardan hizbu-t-tahrir ekstremistik tashkiloti a’zolari Qur’on oyatlarini buzib talqin qiladilar hamda “Oli Imron” surasi 104-oyatida kelgan “Sizlardan bir ummat bo’lsin” buyrug’i ma’nosini o’zgartirib, “Alloh taolo sizlardan “hizb” bo’lsin demoqda” deyishadi. Qur’on oyatlarini bu taxlit ta’vil, ya’ni o’z xohishiga binoan sharhlash islomda qattiq qoralanadi. Ahli sunnadan bo’lgan barcha olimlarning fikricha, mazkur oyatdagi “ummat”dan murod “ulamolar jamoasi”dir. Aslida, “ummat” arabcha “imom” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, barchani hidoyat sari etaklovchi – imomning birlamchi vazifasi o’z qavmini Qur’on talimotiga chaqirishdir. “Hizbu-t-tahrir” oqimi esa mazkur oyatdagi “jamoat”ning o’zlari ekanligi iddaosi bilan chiqadilar. Lekin amri ma’ruf, nahiy munkar qilish uchun asosli bilimlari etmasligini tan olmaydilar. Chunki ular o’z xatti-harakatlari bilan musulmonlar o’rtasiga faqat fitna va adovat solmoqda; ular oyatdagi “xalifa” so’zini o’zlaricha talqin qilib, insonlarni chalg’itishga urinadilar va undan murod, aslida, “xalifalik o’rnatish” emas, balki xalifa – o’rinbosar qilish ekanligini unutadilar. Hozir islom niqobi ostida chiqayotgan firqalarning maqsadi, aslida, islomning nomini bulg’ash, yoshlarni shu firqalarga kirgizib, haq yo’ldan adashtirishdir. Shu boisdan ham, ilm ahli va ziyolilar, qolaversa, jamiyat taraqqiyoti, xalq ravnaqiga befarq bo’lmagan har bir fuqaro oldidagi eng muhim vazifa chetdan kirib kelayotgan turli ko’rinishdagi tahdidlarga qarshi kurashni o’z hayotining mazmuniga aylantirishi bo’lib qoldi. Ayniqsa, bu masala echimida bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy, amaliy jihatdan atroflicha o’rganib, qalblarda milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarimizni o’z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi kurasha oladigan fidoyi insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida shunday jumlalar keltirilgan: “Agar biz ahil bo’lsak, el-yurt manfaati yo’lida bir tanu bir jon bo’lib yashasak, o’zimizdan sotqin chiqmasa, o’zbek xalqini hech kim hech qachon enga olmaydi.” Ammo taassuf bilan aytish kerakki, o’zgalar hayoti, yon-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi odamlar ham bor. Achinarlisi, bunday befarqlik va loqaydlik bora-bora beg’amlik, qo’rqoqlik va mutelikka aylanib, insonlarda mas’uliyat hissini yo’qotib, ularni hatto vatanfurushga aylantirishi mumkin. Muayyan hollarda hayotdagi orzu-maqsadlarga mustaqil erishish harakatlarining hamma vaqt ham amalga oshavermasligi, kutilgan natijalarni bermasligi oqibatida yoshlarda infantillik (o’zini nochor, yordamga muhtoj his qilish)dek xususiyat shakllanishi kuzatiladi. Bunday vaziyatda ular o’zlarining maqsad va intilishlarini tushunadigan kishilarni izlay boshlaydilar. Ayni paytda, jiddiy mas’uliyatdan ozod bo’lgan o’smirlar uchun shaxsiy tajribaning etishmasligi xos bo’lib, u soddadillik, ishonuvchanlik va xayolparastlik bilan yonma-yon keladi. Shu asnoda yoshlarda vujudga keladigan “buyuk g’oya”larni o’zida mujassamlashtirgan etakchi bilan hammaslak bo’lishni tanlashga moyillik ularning diniy mutaassib oqimlarning domiga tortilishiga olib kelishi mumkin. Har qanday diniy mutaassib oqim “tanlangan o’lja”sining hayotiy muhim ehtiyojlarini inobatga olgan holda, o’z ta’limotini jozibador qilib ko’rsatishga intiladi. Odamlarning bunday oqimlar ta’siriga tushib qolishi, shuningdek, odatdagi axborot doirasidan tashqariga chiqadigan turli shov-shuvlarga ortiqcha e’tibori bilan ham belgilanadi. Turli axborot manbalarining doimiy ta’siri ostida bo’lgan inson g’ayriilmiy, soxta diniy g’oyalarni qabul qilishga moyilligi keskin ortadi. Prezidentimiz Islom Karimov farzand tarbiyasining ahamiyatiga to’xtalib: “Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo’ylik, haqsevarlikka o’rgatish kerak bo’ladi”, – deb ta’kidlagan edilar. Ta’lim-tarbiya ishlarini sof diniy aqidalarimiz, an’anaviy islom ta’limotiga muvofiklashtirib olib borish foydadan xoli emasligini hayot ko’rsatmokda. Islom fakat ibodatu ruza tutish emas, shuningdek, u hayot, imon, e’tikod, tarbiya, axloq, odob, halollik, poklik, Vatanni sevish, bilim olish, bilim berish, hunar o’rganish, hunar o’rgatish, oxiratni uylab ish tutish bobida oliy darajadagi ta’limot ekanligini ko’pchilik biladi. Shuningdek, u zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi. To’rtinchi xalifa Ali ibn Abu Tolib “farzandlaringizga o’z zamonasining bilimlarini o’rgatinglar” deganda ayni shuni nzarda tutgan edi. Demak, islom nazarida ilm foydali va foydasiz bo’lishi mumkin, xolos. Shu nuqtai nazardan, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida yurtimizdan etishib chiqqan buyuk siymolar qoldirgan boy ilmiy ma’naviy, diniy merosdan keng foydalangan holda tarbiyalash zamon talabi bo’lib qolmoqda. Zero, Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganidek, “Biz quradigan jamiyat O’zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinligini kafolatlash, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insoniy ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlash kerak”. Buning uchun esa, ta’lim tizimining barcha bo’limlarida – umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus ta’limi, oliy o’quv yurtlarida xalqimizning azaliy an’analari, udumlari, tili, dini, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat, insonparvarlik, imon, e’tiqod, mehnatsevarlik tuyg’ularini har bir yosh ongiga singdirish talab etiladi. Binobarin, yurtimiz allomalari ilmiy merosida botil qarashli firqa va oqimlar qarashlariga asosli raddiyalar berilgan. Shu bois, ularni tarjima qilish, tadqiq va tahlil etgan holda xalqimiz, xususan, yoshlarimiz e’tiboriga havola etish faqat va faqat foyda keltiradi. Chunki o’rta asrlarda shakllangan aksar firqalar ilgari surgan botil qarashlar keyingi davr ekstremistik g’oyalar uchun asos vazifasini o’tagani manbalardan tasdig’ini topgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib quydagilarga e’tiborni qaratish lozim: 1. Yoshlarning majburiy ta’lim olishlari jarayonida oila, mahalla hamda ta’lim muassalalarining rolini keskin oshirish. Farzandlarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etishda ularning hamkorligini yo’lga qo’yish. 2. Ta’lim muassasalarida o’qitiladigan ma’naviy, ma’rifiy o’quv mashg’ulotlarida muntazam yurtimizdan etishib chiqqan allomalarning ibratli hayot yo’llari, ular qoldirgan boy ilmiy meros haqida tushunchalar berib borish. Shu tariqa, ularda vatanga, ajdodlar ruhiga, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat va ishonch hissini uyg’otish. 3. Ta’lim muassasalarida turli botil g’oyalar ta’siriga tushib qolgan adashgan insonlar bilan bevosita ish olib boruvchi xodimlar, soha olimlari, ko’zga ko’ringan davlat va dini arboblar bilan muloqotlar, davra suhbatlari tashkil qilish. Ular tomonidan keltiriladigan faktik ma’lumotlar yoshlarga psixologik ta’sir qilib, muayyan chalkash masalalar bo’yicha aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bu amaliy ishlar yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirib, ularning mustahkam ma’naviy immunitetga ega barkamol insonlar bo’lib etishishida zamin yaratishi shubhasiz.

 

2014 yilning 13 iyunida “Yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Respublika Milliy g‘oya ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2014 yil 6 fevraldagi PQ- 2124-son qarorining hamda “Sog‘lom bola yili” davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida 2014 yilning 13 iyunida “Yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferentsiyada muhokama qilinadigan yo‘nalishlar: 1. Yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini shakllantirishning shart-sharoitlari hamda omillari. 2. Yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Yoshlarda ijtimoiy faollik va fuqarolik pozitsiyasini yanada yuksaltirish. Konferentsiyaning rasmiy tillari: O‘zbek, rus. Konferensiyada o‘qiladigan ma’ruza matnlari ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami sifatida chop etilishi munosabati bilan quyida keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan holda 2014 yilning 10 iyuniga qadar qog‘oz va elektron variantda tashkiliy qo‘mitaga etkazilishi zarur (hajmi 3-5 bet). 1. ma’ruza matnining elektron varianti Times New Roman shriftida 14 kegel kattalikda rasmiylashtirishi; 2. matnlar 1,5 intervalda, o‘ng, chap, past va tepa tomonlardan 20 mm qoldirilgan holda bo‘lishi; 3. maqolaning sarlavhasi, uning ostida mualliflarning ismi sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi, elektron manzili ko‘rsatilgandan so‘ng 1 interval tashlab matn keltiriladi; 4. maqolaning qaysi yo‘nalishga mosligi ko‘rsatilishi; 5. belgilangan muddatdan kechikkan mavzular dasturga kiritilmaydi. Shuningdek, yuqoridagi yo‘nalish va talablarga javob bermaydigan ma’ruzalar matni qabul qilinmaydi hamda izohlanmaydi. 6. tashkiliy masalalar va to‘plamni chop etish uchun har bir maqola uchun ekspert xulosasi bo‘lishi, 25 000 so‘m miqdorda badal puli oldindan to‘lanishi zarur. Manzilimiz: Toshkent davlat yuridik universiteti. Toshkent shahri, Sayilgoh-35. Tel: (Q99891) 299-70-29 elektron manzil: kadirov67@list.ru.

 

“Bolam baxtli bo‘lsin desangiz” nomli o‘quv-trening 2014 yil iyun oyida toshkent, sirdaryo, jizzax viloyatlari va toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi bilan birgalikda “Bolam baxtli bo‘lsin desangiz” nomli kitobi asosida Fuqarolar yig’inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilari hamda ota-onalar uchun o‘quv-trening o‘tkazish rejalashtirilgan. Ma’lumki, mafkuraviy kurash tobora murakkablashib borayotgan bugungi kunda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini tinimsiz oshirib borish davr taqozosiga aylangan. Buning uchun avvalo ota-onalar va mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarining bu boradagi bilim va malakalarini muntazam oshirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda bildirgan “Biz sog‘lom deganda, nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham sog‘lom bolani o‘zimizga tasavvur etamiz. Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon, hayotning o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda”, degan fikrlari mahalla, ota-onalar oldiga bugungi g‘oyaviy tarbiyaviy vazifalarni yaqqol ifodaladi. Darhaqiqat, Prezidentimiz ma’ruzasida “bugungi shiddatli zamon”, “yosh avlod tarbiyasi”, “o‘ta muhim va dolzarb vazifalar”ning alohida ta’kidlanishi har bir mahalla maslahatchisidan, ota-onadan nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham sog‘lom bolani tarbiyalash uchun etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab qiladi. Mazkur “Bolam baxtli bo‘lsin desangiz” nomli maxsus o‘quv-trening mashg‘uloti dasturi ana shu o‘ta muhim va dolzarb g‘oyaviy tarbiyaviy vazifani hal qilishga ilmiy-amaliy hissa qo‘shish maqsadida tayyorlandi. O‘quv-trening ikki maqsadni ko‘zda tutadi: Birinchisi: fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarini hozirgi murakkab va tahlikali davrning farzand tarbiyasiga qo‘yayotgan talablar to‘g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish. Ikkinchisi: shu bilimlardan foydalanib, ota-onalarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni bolalarini hayotga tayyorlashga, tarbiyalashga metodik yordam berishdan iborat. O‘quv-trening kursi 6 mavzudan iborat. U “mahalla maslahatchisining ota-onaga pedagogik tavsiyalari” uslubida tayyorlangan. Bu esa bugungi murakkab va tahlikali davrda farzand tarbiyasi muammolarini samimiy, turli pedagogik vaziyatlar orqali tushuntirish va hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yilda qabul qilingan 175-son qarorining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ya’ni mahalla maslahatchi va ota-onalar orqali “Mahalla – Oila – Ta’lim muassasasi”ning amaliy pedagogik hamkorligini mustahkamlaydi. Mashg‘ulotlar tarbiyaviy savollar va ularga javoblar, misol, hikoya, tushuntirishlar asosida hamda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan faol foydalangan holda amalga oshiriladi. Ushbu o’quv-trening 2014 yil iyun oyida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shaharda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Eldor Utamurodov, yetakchi mutaxassis)

 

Fuqarolarda aqidaparastlikka qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish

Biror-bir kasallik bilan kurashishdan ko’ra uning oldini olish har tomonlama foydali ekanligi ma’lum. Buning uchun esa, inson organizmida har qanday kasallikka qarshi immunitet hosil qilinishi talab qilinadi. Hozirda jamiyat hayotida bir og’ir kasallik singari paydo bo’lgan turli shakldagi tahdidlar ham bizdan, avvalambor, mana shu illatga qarshi xalqimiz, xususan, yoshlarimiz ongida mafkuraviy immunitetni paydo qilishimiz, kuchaytirishimizni shart qilib qo’yadi. Buning uchun fuqarolarni ona vatanga muhabbat, boy va shonli tariximiz, o’z ilmi, bunyodkor g’oyalari bilan dunyo ahlini lol qoldirgan ota-bobolarimizning muqaddas diniga sodiqlik ruhida tarbiyalash muhim omil hisoblanadi. Bu masalada fikr yuritgan Prezidentimiz “G’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerak”ligini alohida ta’kidlaydilar. Binobarin, haqiqiy bunyodkor g’oyaga tayanuvchi yoshlar o’zligini, dunyoni anglaydi, taklif etiladigan vayronkor, zalolatga etaklovchi qarashlarni ilmiy asosda tahlil etish qobiliyatiga ega mustaqil shaxs bo’lib etishadi. Aytish joizki, tarixga nazar tashlansa, insonlarni turli botil qarashlar orqali qaram qilib olishga intilishlar ko’p kuzatilgan. Eng yomoni, botil firqa vakillari o’z qarashlarini islom dinining muqaddas manbalari – Qur’oni karim oyatlari hamda hadisi shariflarga tayanib, ilgari surganlar. Biroq, e’tiborlisi, bu firqalar oyatlar ta’viliga berilgan, bundan tashqari, keltirgan hadislari asosan zaif xarakerga ega. Masalan, ulardan hizbu-t-tahrir ekstremistik tashkiloti a’zolari Qur’on oyatlarini buzib talqin qiladilar hamda “Oli Imron” surasi 104-oyatida kelgan “Sizlardan bir ummat bo’lsin” buyrug’i ma’nosini o’zgartirib, “Alloh taolo sizlardan “hizb” bo’lsin demoqda” deyishadi. Qur’on oyatlarini bu taxlit ta’vil, ya’ni o’z xohishiga binoan sharhlash islomda qattiq qoralanadi. Ahli sunnadan bo’lgan barcha olimlarning fikricha, mazkur oyatdagi “ummat”dan murod “ulamolar jamoasi”dir. Aslida, “ummat” arabcha “imom” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, barchani hidoyat sari etaklovchi – imomning birlamchi vazifasi o’z qavmini Qur’on talimotiga chaqirishdir. “Hizbu-t-tahrir” oqimi esa mazkur oyatdagi “jamoat”ning o’zlari ekanligi iddaosi bilan chiqadilar. Lekin amri ma’ruf, nahiy munkar qilish uchun asosli bilimlari etmasligini tan olmaydilar. Chunki ular o’z xatti-harakatlari bilan musulmonlar o’rtasiga faqat fitna va adovat solmoqda; ular oyatdagi “xalifa” so’zini o’zlaricha talqin qilib, insonlarni chalg’itishga urinadilar va undan murod, aslida, “xalifalik o’rnatish” emas, balki xalifa – o’rinbosar qilish ekanligini unutadilar. Hozir islom niqobi ostida chiqayotgan firqalarning maqsadi, aslida, islomning nomini bulg’ash, yoshlarni shu firqalarga kirgizib, haq yo’ldan adashtirishdir. Shu boisdan ham, ilm ahli va ziyolilar, qolaversa, jamiyat taraqqiyoti, xalq ravnaqiga befarq bo’lmagan har bir fuqaro oldidagi eng muhim vazifa chetdan kirib kelayotgan turli ko’rinishdagi tahdidlarga qarshi kurashni o’z hayotining mazmuniga aylantirishi bo’lib qoldi. Ayniqsa, bu masala echimida bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy, amaliy jihatdan atroflicha o’rganib, qalblarda milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarimizni o’z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi kurasha oladigan fidoyi insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida shunday jumlalar keltirilgan: “Agar biz ahil bo’lsak, el-yurt manfaati yo’lida bir tanu bir jon bo’lib yashasak, o’zimizdan sotqin chiqmasa, o’zbek xalqini hech kim hech qachon enga olmaydi.” Ammo taassuf bilan aytish kerakki, o’zgalar hayoti, yon-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi odamlar ham bor. Achinarlisi, bunday befarqlik va loqaydlik bora-bora beg’amlik, qo’rqoqlik va mutelikka aylanib, insonlarda mas’uliyat hissini yo’qotib, ularni hatto vatanfurushga aylantirishi mumkin. Muayyan hollarda hayotdagi orzu-maqsadlarga mustaqil erishish harakatlarining hamma vaqt ham amalga oshavermasligi, kutilgan natijalarni bermasligi oqibatida yoshlarda infantillik (o’zini nochor, yordamga muhtoj his qilish)dek xususiyat shakllanishi kuzatiladi. Bunday vaziyatda ular o’zlarining maqsad va intilishlarini tushunadigan kishilarni izlay boshlaydilar. Ayni paytda, jiddiy mas’uliyatdan ozod bo’lgan o’smirlar uchun shaxsiy tajribaning etishmasligi xos bo’lib, u soddadillik, ishonuvchanlik va xayolparastlik bilan yonma-yon keladi. Shu asnoda yoshlarda vujudga keladigan “buyuk g’oya”larni o’zida mujassamlashtirgan etakchi bilan hammaslak bo’lishni tanlashga moyillik ularning diniy mutaassib oqimlarning domiga tortilishiga olib kelishi mumkin. Har qanday diniy mutaassib oqim “tanlangan o’lja”sining hayotiy muhim ehtiyojlarini inobatga olgan holda, o’z ta’limotini jozibador qilib ko’rsatishga intiladi. Odamlarning bunday oqimlar ta’siriga tushib qolishi, shuningdek, odatdagi axborot doirasidan tashqariga chiqadigan turli shov-shuvlarga ortiqcha e’tibori bilan ham belgilanadi. Turli axborot manbalarining doimiy ta’siri ostida bo’lgan inson g’ayriilmiy, soxta diniy g’oyalarni qabul qilishga moyilligi keskin ortadi. Prezidentimiz Islom Karimov farzand tarbiyasining ahamiyatiga to’xtalib: “Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo’ylik, haqsevarlikka o’rgatish kerak bo’ladi”, – deb ta’kidlagan edilar. Ta’lim-tarbiya ishlarini sof diniy aqidalarimiz, an’anaviy islom ta’limotiga muvofiklashtirib olib borish foydadan xoli emasligini hayot ko’rsatmokda. Islom fakat ibodatu ruza tutish emas, shuningdek, u hayot, imon, e’tikod, tarbiya, axloq, odob, halollik, poklik, Vatanni sevish, bilim olish, bilim berish, hunar o’rganish, hunar o’rgatish, oxiratni uylab ish tutish bobida oliy darajadagi ta’limot ekanligini ko’pchilik biladi. Shuningdek, u zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi. To’rtinchi xalifa Ali ibn Abu Tolib “farzandlaringizga o’z zamonasining bilimlarini o’rgatinglar” deganda ayni shuni nzarda tutgan edi. Demak, islom nazarida ilm foydali va foydasiz bo’lishi mumkin, xolos. Shu nuqtai nazardan, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida yurtimizdan etishib chiqqan buyuk siymolar qoldirgan boy ilmiy ma’naviy, diniy merosdan keng foydalangan holda tarbiyalash zamon talabi bo’lib qolmoqda. Zero, Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganidek, “Biz quradigan jamiyat O’zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinligini kafolatlash, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insoniy ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlash kerak”. Buning uchun esa, ta’lim tizimining barcha bo’limlarida – umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus ta’limi, oliy o’quv yurtlarida xalqimizning azaliy an’analari, udumlari, tili, dini, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat, insonparvarlik, imon, e’tiqod, mehnatsevarlik tuyg’ularini har bir yosh ongiga singdirish talab etiladi. Binobarin, yurtimiz allomalari ilmiy merosida botil qarashli firqa va oqimlar qarashlariga asosli raddiyalar berilgan. Shu bois, ularni tarjima qilish, tadqiq va tahlil etgan holda xalqimiz, xususan, yoshlarimiz e’tiboriga havola etish faqat va faqat foyda keltiradi. Chunki o’rta asrlarda shakllangan aksar firqalar ilgari surgan botil qarashlar keyingi davr ekstremistik g’oyalar uchun asos vazifasini o’tagani manbalardan tasdig’ini topgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib quydagilarga e’tiborni qaratish lozim: 1. Yoshlarning majburiy ta’lim olishlari jarayonida oila, mahalla hamda ta’lim muassalalarining rolini keskin oshirish. Farzandlarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etishda ularning hamkorligini yo’lga qo’yish. 2. Ta’lim muassasalarida o’qitiladigan ma’naviy, ma’rifiy o’quv mashg’ulotlarida muntazam yurtimizdan etishib chiqqan allomalarning ibratli hayot yo’llari, ular qoldirgan boy ilmiy meros haqida tushunchalar berib borish. Shu tariqa, ularda vatanga, ajdodlar ruhiga, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat va ishonch hissini uyg’otish. 3. Ta’lim muassasalarida turli botil g’oyalar ta’siriga tushib qolgan adashgan insonlar bilan bevosita ish olib boruvchi xodimlar, soha olimlari, ko’zga ko’ringan davlat va dini arboblar bilan muloqotlar, davra suhbatlari tashkil qilish. Ular tomonidan keltiriladigan faktik ma’lumotlar yoshlarga psixologik ta’sir qilib, muayyan chalkash masalalar bo’yicha aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bu amaliy ishlar yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirib, ularning mustahkam ma’naviy immunitetga ega barkamol insonlar bo’lib etishishida zamin yaratishi shubhasiz.

 

Faxriylar – faxrimiz

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Toshkent viloyatining YUqori CHirchiq tumanidagi “Ariran” qariyalar uyida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir shunday nomlandi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda nuroniylar, san’atkorlar, Janubiy Koreyaning “Kofih” xalqaro xayriya fondi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish, yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, salomatligini asrash, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘zining yuksak samaralarini berayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2011 yil 30 maydagi “2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida 2014 yili fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ayrim oilalarning ijtimoiy sharoiti, psixologik muhiti atroflicha o‘rganildi. 75 ming nafarga yaqin aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

YUrtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining bir oiladek ahil-inoq hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Koreys millatiga mansub, yordamga muhtoj qariyalar uchun mo‘ljallangan “Ariran” qariyalar uyida 40 nafarga yaqin yoshi ulug‘ insonlar istiqomat qiladi.

– O‘zbekistonning kuch-qudrati va iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishda millatlar va turli diniy konfessiyalararo ahillik, tinchlik va totuvlik, jamiyatda ustuvor bo‘lgan mehr-oqibat, bag‘rikenglik muhiti muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Janubiy Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasining O‘zbekistondagi filiali direktori Song YOng Gin. – SHu bois “Ariran”da keksalar o‘zlarini o‘z uyidagidek his qiladi. Buning uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan.

– O‘zbek xalqining samimiyligi, bag‘rikengligi, mehr-oqibati butun dunyoga mashhur, – deydi Aleksandra Xe. – Mana shunday diyorda yashayotganimdan g‘ururlanaman. Hozir yoshim 94 da. O‘ylab qarasam, umrimning so‘nggi 25 yilini chinakam insonlardek yashabman. Bu erda o‘zimni shu qadar yaxshi his qilayotganim, ko‘plab do‘stlar ortirganim uchun yillar g‘irrilab o‘tib ketgandek tuyuladi.

Tadbirda “O‘zbegim yoshlari” ansambli tomonidan taqdim etilgan madaniy dastur barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.