Markaz haqida

RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MARIFAT KENGASHI

MILLIY G’OYA VA MAFKURA ILMIY-AMALIY MARKAZI

 Mamlakatimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi PQ-451-son Qarori asosida Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi (bundan buyon Markaz deb yuritiladi) ana shunday ijtimoiy-siyosiy zarurat talabidan kelib chiqqan holda xalqimizning o‘zi tanlagan taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay olg‘a borishiga erishish, bizning milliy manfaatlarimizga zid bo‘lgan turli buzg‘unchi va yot mafkuraviy tazyiq va tahdidlardan himoya etish maqsadida tuzildi

Markazning asosiy maqsad va vazifalari

1. Milliy g‘oya va mafkura masalasi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish.
2. Xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma’naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy xatarlarga qarshi samarali kurash olib borish bo‘yicha ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish.
3. Fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur, sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, turli ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratish.
4. Mamlakatimizda milliy g‘oya va mafkura targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning monitoringini olib borish va shu asosda umumiy xulosalar hamda zaruriy tavsiyalar ishlab chiqish.
5. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalari va mexanizmlarini jamiyatimiz aholisining mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarini ishlab chiqish, ularni hayotga joriy etish yuzasidan davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash.
6. Mamlakatimizdagi barcha vazirlik va idoralar, tashkilot va muassasalar, xo‘jalik sub’ektlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlarining malaka oshirishini tashkil etish.
7. Yuqorida belgilangan mavzular doirasidagi ilmiy tadqiqotlar, monitoring natijalarini markaziy nashrlar, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, milliy g‘oya va mafkura yo‘nalishida tayyorlangan kitob hamda risolalarni davlat byudjeti, ilmiy grantlar, homiylik yordamlari asosida muntazam chop etish.
8. Hayotimizning ustuvor masalalariga bag‘ishlangan ijtimoiy-siyosiy mavzudagi adabiyotlarni tanlash va nashrga tavsiya etish bo‘yicha belgilangan tartibda xulosa berish.
9. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi muassisligida faoliyat yuritayotgan “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari, “Oltin meros” jamg‘armasi, “Ma’naviyat” nashriyoti faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish.
10. Jamiyat, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida milliy g‘oya va milliy mafkuraga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquklari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan etuk, dunyoqarashi keng va mustaqil fikrlovchi fuqarolarni kamol toptirishga, mafkuraviy tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
11. O‘zbek xalqi ongini mustabid o‘tmish asoratlari: ma’naviy mutelik, fikran qaramlik, g‘oyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan forig‘ etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos ko‘nikmalar bilan quvvatlantirish, ayni paytda ozodligimiz, taraqqiyotimizga tahdid soluvchi tashqi va ichki g‘animlarning turli niqobdagi xatarli niyatlaridan o‘z vaqtida ogohlantirib va muhofaza etib, har bir fuqaroda o‘z irodasi, xalqining kuch-qudrati, Vatanning erkin kelajagiga komil ishonch, sobit imon tuyg‘usini kamol toptirishga xizmat qilish.
12. Ta’lim-tarbiya muassasalari, aholi turar-joylari, ishlab-chiqarish sohalarida ma?naviy-ruhiy muhitning ahvolini, ommaning kayfiyatini, intilishini hisobga olgan holda mavjud muammolarning, ularning ijtimoiy-siyosiy muhitga ta’sirini tahlil etadi hamda bartaraf etishning mafkuraviy yo‘llari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalar berish.
13. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning peshqadam olimlaridan iborat ilmiy metodik kengashlar va seminarlar tashkil etib, unda ma’naviyat, mafkura, ta’lim-tarbiyaga oid chop etiladigan ilmiy ishlar, risolalar, dissertatsiyalarni, o‘quv dasturlari, qo‘llanmalari va darsliklarni muhokamadan o‘tkazadi.
14. Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarining mafkuraviy xaritalarini ishlab chiqadi va tuzadi.