Yunusobod tumanida Adabiyot bog‘i barpo etiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bo‘zsuv kanali bo‘yida barpo etiladigan ushbu bog‘ loyihasi bilan tanishdi.

Bog‘da kitob o‘qish uchun maxsus joylar, favvoralar, amfiteatr, ko‘rgazma pavilyonlari, sport va sog‘lomlashtirish zonalari, kamonchilar va havaskor baliqchilar klublari tashkil etiladi, zamonaviy attraksionlar o‘rnatiladi. Bog‘ hududga tutash Shahidlar xotirasi xiyoboni bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerni madaniyat va ma’naviyat maskaniga aylantirish, yoshlar, kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bog‘ni barpo etishda tabiiy relyefdan oqilona foydalanish, turli daraxt va gulzorlarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

 Anvar Samadov, O‘zA
Вы можете оставить комментарий, или ссылку на Ваш сайт.