Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq vakillari bilan uchrashuvlarida so‘zlagan nutq va ma’ruzalaridan iborat bo‘lgan “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobida erishish lozim bo‘lgan ana shu oliy maqsadga tomon olib boruvchi rivojlanish yo‘llari ko‘rsatilgan.

Shavkat Mirziyoyev: zamonaviy yangi ko‘priklar, keng va ravon yo‘llar xalqimiz manfaatiga xizmat qiladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalarini tutashtiruvchi yangi ko‘prik bilan tanishdi. Bo‘zsuv kanali ustidan qurilgan mazkur ko‘prik Toshkent xalqa yo‘li va Amir Temur shohko‘chasida tirbandlikni kamaytirish, haydovchi va yo‘lovchilar ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotishining oldini olishni ta’minlaydi.

Xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining amaldagi ifodasi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Istiqlolning har bir yili ulug‘ bunyodkorlik ishlari, mamlakatimizning har tomonlama yuksalish dovonlari bilan mustaqil Vatanimiz tarixiga zarhal harflar bilan bitilmoqda. Go‘zal poytaxtimiz Toshkent shahri ham tarixiy jozibasini saqlagan holda yangilanib, uzoqni o‘ylab tuzilgan reja asosida izchil rivojlanib, zamonaviy megapolisga aylanmoqda. Muhtasham inshootlar, turar […]

O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tabrigi

Aziz vatandoshlar! Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Muhtaram do‘stlar!

Baxtli-saodatli xalqimizning eng qadimiy va fayzli bayrami

Mamlakatimiz bo‘ylab Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tmoqda Qorli-qirovli kunlar ortda qoldi. Ko‘ngillar ko‘klam sururidan yayramoqda. Ona zamin uzra bahoriy nasim esa boshladi. Tabiatda mo‘jizaviy uyg‘unlik kuzatilmoqda: kechagina oppoq qordan qaddi-basti egilgan, qahraton sovuqda diydiragan dov-daraxtlar bugun kurtak yozdi. Nozik novdalarga gul bitdi, qiyg‘os gullagan bog‘lar kapalak va bolarilarga oshyon bo‘ldi.