12 yanvar – “Vatanga qasamyod” monumenti ochilgan kun

«Vatanga qasamyod» monumenti yoshlarimizni ona yurtga mehr-muhabbat, sadoqat, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Vatanni ko‘z qorachig‘idek asrash, uni himoya qilish mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas va sharafli burchidir.

Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi buyukdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Videokonferensiya shaklida o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolari, senatorlar, viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sog‘liqni saqlash tizimi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Aziz va muhtaram vatandoshlar! Betakror diyorimizga yangi – 2017-yil kirib kelmoqda. Siz, muhtaram otaxon va onaxonlar, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimiz, butun xalqimizni yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonch tilayman.