2017-yil 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi Fuqarolar va respublika jamoat tashkilotlarining ko‘plab murojaatlarini hisobga olib, dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017-yil nishonlanishi munosabati bilan: 2017-yil 2-yanvar – dushanba dam olish kuni deb e’lon qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                 […]

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.

Poytaxtimizning maydon va xiyobonlarida Yangi yil tomoshalari boshlandi

Mamlakatimizdagi madaniyat va istirohat bog‘lari, maydon va xiyobonlarida Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi. Mustaqillik maydoni, ko‘chalar, ko‘plab bog‘lar ko‘zni qamashtirguchi o‘yinchoqli zumrad archalar bilan bezatildi.

Ma’naviy merosimiz targ‘ibotchilari

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi tomonidan o‘tkazilgan nomoddiy madaniy merosni targ‘ib etish borasidagi ijodiy ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.

Milliy ma’naviyatimiz fidoyisi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. “Erkin Vohidov ijodi va milliy ma’naviyat” deb nomlangan mazkur tadbirda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, so‘z san’ati muxlislari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.