Inson qadri va erkinliklari ifodasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu g‘oyalar ifodalangan. Inson qadri va sha’ni, uning erkinligi Bosh qomusimizning 13-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” […]

Tarixi ibrat, ajdodi buyuk yurt

Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda. Istiqlolning dastlabki yillari edi. Yangi o‘quv yilini yangi fanlar, yangi o‘zgarishlar bilan qarshi oldik. Buni qarangki, yuqori sinflar uchun ilk bor O‘zbekiston tarixi fani kiritilibdi. Ochig‘i, o‘shanda olgan birinchi saboq hech esimdan chiqmaydi.

Poytaxtimizdagi Ma’rifat markazi ochilganiga besh yil to‘ldi

“…Har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo yuksak madaniyati, ma’rifat va ma’naviyati, barkamol yoshlari bilan kuchlidir…” Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2011-yil 16-noyabr kuni Toshkent shahrida bunyod etilgan Ma’rifat markazi binosi bilan tanishish chog‘ida aytgan ushbu so‘zlarda naqadar teran ma’no mujassam.

Muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Mamlakatimizda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Saylov uchastkalarida saylovchilarga ovoz berish uchun barcha qulay shart-sharoit yaratilgan. Milliy saylov qonunchiligimizda mamlakatimiz fuqarolarining saylov bilan bog‘liq huquqlari kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egaligi, ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi qonun bilan kafolatlanishi […]

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari malaka oshirdi

O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan media soha xodimlari malakasini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, YeXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Hududiy davlat organlari axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalarining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasidagi ushbu seminarda Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, […]