Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli do‘stlar! Avvalo, siz, azizlarni – yurtimizdagi barcha jurnalistlar, teleradio, nashriyot va matbaa sohasi vakillarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida so‘zlagan nutqi

Muhtaram davlat rahbarlari, Hurmatli majlis ishtirokchilari, Avvalo, delegatsiyalar rahbarlarining ShHTning o‘tgan davrdagi faoliyati asosiy yakunlari bo‘yicha bildirgan fikrlarini qo‘llab-quvvatlayman. Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganidan buyon o‘tgan 15-yil davomida haqli ravishda nufuzli xalqaro tashkilotlar qatoridan munosib joy oldi, barqaror taraqqiyot, tinchlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, mintaqaviy va global darajada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning ta’sirchan […]

Iqtidorli yoshlar tanlovi

O‘rta Chirchiq tumanida “Yurt kelajagi” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, madaniyat va sport ishlari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tanlovda 300 dan ortiq yosh ishtirok etdi.

“Eng ulug‘, eng aziz”

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Badiiy akademiya, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovini e’lon qiladi.

Madaniyat xodimlari malaka oshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh xodimlarga sertifikatlar topshirildi. Tadbirda akademiya rektori M.Aliyev, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar ma’no-mazmunini teran anglaydigan, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, tashabbuskor, faol, izlanuvchan kadrlarni tayyorlash […]