Sog‘lom ona va bola – jamiyat taraqqiyotining asosiy omili

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi 2016 yilning 29 aprel kuni soat 1400da “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturidagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Sog‘lom ona va bola – jamiyat taraqqiyotining asosiy omili” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdi.

Mahalla – ma’naviyat maskani

M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahar filialida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirishdagi ustuvor vazifalar” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlarni milliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini alohida […]

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:

Tarixiy asarlar milliy g‘oya targ‘ibotiga xizmat qiladi

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida ma’rifatparvar bobolarimizning milliy ta’lim, matbuot, adabiyot va san’atni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, yosh tadqiqotchilar, talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

2016-yil 15-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yilning 15-yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholashga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.