Yangi umid, yangi orzular ayyomi

Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida bayram tantanalari boshlandi Ertakmonand bezatilgan maydonda bolalarning shodon kulgisi yangraydi. Hamyurtlarimiz chehrasida quvonch, xorijlik mehmonlar ko‘zlarida havas porlaydi. Kamalakrang chiroqlar, zarrin bezaklar bilan yasatilgan muazzam archa atrofida kuy-qo‘shiqlar yangraydi, quvnoq o‘yinlar, teatrlashtirilgan tomoshalar qiziydi. Turli attraksionlar, arg‘imchog‘u mo‘jaz o‘yingohlar bolalar xizmatida. Rastalarda kichkintoylar uchun turli o‘yinchoqlar, shirinliklar, bayram sovg‘alarining savdosi avjida.

Porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ifodasi

28-dekabr – Mustaqillik va ezgulik monumenti ochilgan kun Bundan o‘n yil muqaddam Mustaqillik maydonida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan xalqimizning ezgu intilishlari ifodalangan, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol g‘oyalarini, milliy g‘urur va iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini chuqurroq singdirishga xizmat qiladigan Ezgulik arkasi bunyod etilib, Baxtiyor ona haykali o‘rnatildi.

Ona sog‘lom – millat bardavom

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi» mavzuida videomuloqot bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot, Milliy g‘oya va mafkura […]

Mahalla – ma’naviyat beshigi

Nukusda “Qadriyatlar beshigisan – aziz mahallam” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mahalla mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda 16 […]

Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmaniston betarafligining 20-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun 11-12-dekabr kunlari ushbu mamlakatda bo‘ldi. Tashrifning asosiy voqealari 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz xorijiy davlatlar rahbarlari bilan birga Betaraf Turkmaniston maydoniga tashrif buyurdi. Ushbu mamlakatning betarafligi timsoli bo‘lgan Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 1995-yil 12-dekabrda Turkmanistonning […]