O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2015 yil 5-dekabr shanba dam olish kunini 2015 yil 7-dekabr dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida: 2015 yil 5-dekabr shanba dam olish kuni 2015 yil 7-dekabr dushanba kuniga ko‘chirilsin; 2015-yil 5-dekabr shanba kuni ish kuni deb […]

Mamlakatimizda hozirgi globallashuv davrida xavfsizlik masalalarini kuchaytirish, aholini, ayniqsa yoshlarni ogohlik va daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etish va shukronalik kayfiyatini oshirish to‘g‘risida

     2015 yil 18 noyabr kuni “Mamlakatimizda hozirgi globallashuv davrida xavfsizlik masalalarini kuchaytirish, aholini, ayniqsa yoshlarni ogohlik va daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etish va shukronalik kayfiyatini oshirish to‘g‘risida” yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “O‘zdonmahsulot” AK, “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

Inson huquqlarini ta’minlashning ma’naviy jihatlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlanadi      Inson hayotga kelibdiki, o‘zini anglay boshlabdiki faqat bir narsaga intiladi. Bu erkinlik. Erkinlik aslida juda ko‘plab bilim sohalari, birinchi navbatda huquqshunoslik va deyarli barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tomonidan ishlatiladigan falsafiy tushuncha hisoblanadi. Boshqa ma’noda erkinlik tushunchasi insonning o‘z hoxish-istagi, mayllari, ehtiyoji bo‘yicha faoliyat yuritishga undaydigan holatdir.      Odatda erkinlik u yoki […]

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘qitilishining dolzarb masalalari

    Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz hamda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi bilan hamkorlikda 2015 yilning 3 noyabr kuni “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘qitilishining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika amaliy seminarini o‘tkazdi.