Insonparvarlik va adolat tayanchi

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yosh avlodni har tomonlama yetuk, kelajakda o‘z bilim va qobiliyati, intellektual salohiyati bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, yoshlarda huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirish, o‘qituvchilarning pedagogik salohiyati, mahoratini oshirish g‘oyat muhim […]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

2015-yil 19 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan shu yil 16-yanvarda respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Til – millatning qiyofasi

O‘zbek tili dunyo tillari orasida o‘ziga xos mavqega ega ekanligini ta’kidlash joiz. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asaridagi qaydlar o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotiga doir muhim ma’lumotlar sifatida ahamiyatlidir. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asarlari, Atoiy, Sakkokiy, Sayfi Saroiy, Lutfiy, Alisher Navoiyning boy ilmiy-adabiy merosi o‘zbek tilida yaratilgan nodir manbalar hisoblanadi. […]

“Umumta’lim muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘qitilishining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika amaliy seminari

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi hamkorligida 2015 yilning 13 oktyabr kuni “Umumta’lim muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘qitilishining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika amaliy seminari o‘tkazildi. Mazkur seminar umumta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixi va eng yangi tarixini yuqori saviyada o‘qitish masalalarini muhokama qilish va […]

Yangi tariximizni o‘rganishga bag‘ishlandi

Mamlakatimizda tarixni o‘rganish, xususan, yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan kechirgan voqea-hodisalarni ilmiy asosda chuqur tahlil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi hamkorligida «Umumta’lim muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘qitilishining dolzarb masalalari» mavzusida o‘tkazilgan seminarda ushbu masalalar diqqat markazida bo‘ldi. Unda tarixchi […]