O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga

Qadrli ustoz va murabbiylar! Avvalambor, siz, azizlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman. Bu dunyoda har qaysi ongli inson – qayerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo‘llagan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylari oldida hamisha […]

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik ramzi ekanini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy […]

Nima qildik Vatan uchun?

Termizda “Nima qildik Vatan uchun?” yoxud “Biz, yoshlar giyohvandlik va terrorizmga qarshimiz!” shiori ostida tashkil etilgan yoshlar festivalining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish hamda “O‘zbeknavo” estrada birlashmalari hamkorligida o‘tkazilgan festivalda madaniyat va san’at sohasi […]

Madaniyat maskanlari yoshlar nigohida

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan muzeylar haftaligi doirasida O‘zbekiston davlat san’at muzeyida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tarixiy haqiqatning o‘rni va ahamiyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarimizning boy va betakror merosini asrab-avaylash, chuqur o‘rganish, yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Yosh avlod kamoloti yo‘lida

Istiqlol yillarida yosh avlodni intellektual salohiyati yuksak, ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom va malakali kadrlar qilib tayyorlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.