Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

111

 Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!  Muhtaram mehmonlar!  SHu kunlarda tabiat uyg‘onib, bahor kelishi bilan ona yurtimiz – O‘zbekistonimiz zaminiga Navro‘zi olam kirib kelmoqda.  Hammamiz orziqib kutadigan, yangilanish va yasharish, shodu xurramlik ramzi bo‘lgan ana shunday eng ko‘hna, olijanob bayram bilan siz, azizlarimni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Faxriylar – faxrimiz

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Toshkent viloyatining YUqori CHirchiq tumanidagi “Ariran” qariyalar uyida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir shunday nomlandi.  “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda nuroniylar, san’atkorlar, Janubiy Koreyaning “Kofih” xalqaro xayriya fondi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  Tadbirda mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish, yoshi ulug‘ […]