Poytaxtimizning maydon va xiyobonlarida Yangi yil tomoshalari boshlandi

Mamlakatimizdagi madaniyat va istirohat bog‘lari, maydon va xiyobonlarida Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi.

Mustaqillik maydoni, ko‘chalar, ko‘plab bog‘lar ko‘zni qamashtirguchi o‘yinchoqli zumrad archalar bilan bezatildi. Batafsil »

Ma’naviy merosimiz targ‘ibotchilari

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi tomonidan o‘tkazilgan nomoddiy madaniy merosni targ‘ib etish borasidagi ijodiy ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi. Batafsil »

Milliy ma’naviyatimiz fidoyisi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

“Erkin Vohidov ijodi va milliy ma’naviyat” deb nomlangan mazkur tadbirda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, so‘z san’ati muxlislari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Batafsil »

Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchilari

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari vazifasini bajaruvchi N.Qosimov va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning bebaho madaniy merosi, milliy-ma’naviy qadriyatlari qayta tiklanib, zamon talablari darajasida yanada boyitilib, rivojlantirilganini ta’kidladi. Batafsil »

Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

Muhtaram Senat Raisi va senatorlar!

Hurmatli Spiker va deputatlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, siz, azizlarga, sizlarning timsolingizda butun xalqimizga murojaat qilib, menga yuksak ishonch bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylagan barcha vatandoshlarimga chin qalbimdan yana bir bor minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. Batafsil »