“MILLIY G‘OYA – BIZNING G‘OYA” MAVZUIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2016 yil 25 avgust. Toshkent.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi.

Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi xaqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan tushunchalarni o‘zimizga tasavvur qilishimiz kerak, deb o‘ylayman.

Islom Karimov.

2016 yil 25 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-451-son qarori qabul qilinganiga roppa-rosa o‘n yil bo‘ldi.
Batafsil »

“Prezidentga maktublar” kitobining to‘rtinchi jildi nashrdan chiqdi

“Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan “Prezidentga maktublar” kitobining navbatdagi – to‘rtinchi jildi chop etildi.

Ushbu kitobdan 2013 – 2016-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari tomonidan kelgan xatlar va ularga javob maktublaridan ayrim namunalar o‘rin olgan.
Batafsil »

Taraqqiyotning o‘zbek modeli to‘g‘risida

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida «Uzbekskaya model» razvitiya: velikoye vozrojdeniye» («Taraqqiyotning «o‘zbek modeli»: buyuk yuksalish») deb nomlangan kitob-albom nashrdan chiqdi.

Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan ushbu nashr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pravda Vostoka» gazetasi ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan materiallardan jamlangan. Ularda mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti mazmun-mohiyati ochib berilgan. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan va davlatimizning tarixiy yutuqlariga asos bo‘layotgan islohotlar ko‘lami yorqin misollarda ifoda etilgan.
Batafsil »

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:

1. 2016-yilning 1-oktabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar oshirilsin.
Batafsil »

Men seni sevaman O’zbekiston!

Kecha, bugun, ertaga va umuman, har kuni sevaveraman!
Bu shunchaki havoyi gaplar emas. Bunga arzirli vatanim, unga doimo fidoyi bo‘lishga tayyor turgan millatdoshlarim borligi uchun sevaman.
Shunday yurtni sevmay bo‘ladimi?! Ana shu yurtda yashayotgan fidoiy insonlarni sevmay bo‘ladimi?!
Tasavvur qiling-a, bizni ko‘rolmaganlar bizda ahvol yaxshi emasligi, sharoitlar og‘irligi haqida ko‘p va xo‘b gapirishdi. Ammo Rio olimpiadasi bizda sharoitlar qanday ekanini ko‘rsatib berdi. Batafsil »