Amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil rivojlantirish – xalqimiz farovonligini yuksaltirishning muhim omilidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 22-23-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tashrifning birinchi kuni qishloq xo‘jaligi korxonalari tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish, viloyat eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi loyihalar bilan tanishib, mutaxassislar, tadbirkorlar, […]

Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksportga mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning raqobatdoshligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida:

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizdagi olijanob fazilatlarni, shukronalik, mehr-oqibat, hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy an’analarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:

Aholi turmush farovonligini yuksaltirish – asosiy vazifamizdir

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 16-iyun kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanida bo‘ldi.

Xalq roziligi – faoliyatimiz mezonidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10-iyun kuni Samarqand viloyatida bo‘ldi.